Заҳарли газандалар. Я. Давлатов

Читать онлайн.
Название Заҳарли газандалар
Автор произведения Я. Давлатов
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-4113-6-4



Скачать книгу

avval yerga yopishtirib ichi kovak yarim zoldir shaklida to‘r yasaydi, keyin shu bo‘shliqqa tuxum qo‘yadi, so‘ngra yarim zoldir uyaning ustini berkitadi va asta-sekin pilla devorini o‘z ipagi bilan mustahkamlab chiqadi. Dastlab pilla oq rangda, keyinchalik sarg‘ishroq ranga kiradi. Bir dona pilla qo‘yish uchun 30-40 daqiqa vaqt kerak bo‘ladi. Qoraqurt ipagi juda pishiq va yumshoq bo‘ladi. Pilla ichidagi tuxumlar soni har xil bo‘ladi. Birinchi qo‘yilgan pilla hajmi jihatidan keyingilardan farq qilib unda 400-450 ta tuxum bo‘ladi. Bitta qoraqurt o‘rta hisobda 1200-1600 dona tuxum qo‘yadi. Aytganimizdek tuxum pilla ichida bo‘ladi. Oradan 7-8 kun o‘tgach tuxumdan jajji qoraqurtchalar chiqadi, ma’lum vaqt o‘tgach ular po‘st tashlaydi, yoshligida po‘st tashlash tez-tez ro‘y beradi, organizm voyaga yetgan sari bunday jarayon sekinlashadi, chunki po‘st tashlash organizmning o‘sishi bilan bog‘liq. Bir yashar qoraqurtchalar pilla ichida hayot kechiradi, ikki yoshlisi yarim umrini pilla ichida, qolganini ochiqda, uch yoshlisi esa erkin hayot kechira boshlaydi. Ana shu davrdan e’tiboran jinsiy tafovut ko‘zga tashlana boradi, ya’ni erkagi 2-3 mm, urg‘ochisi 5-6 mm kattalikda bo‘ladi.

      Qoraqurt chaqqanida uning zahari kishi tanasiga qon orqali juda tez tarqaladi. Qoraqurt chaqqan joyda ikkita qizil dog‘ bo‘lib, u 3-5 daqiqagacha saqlanadi va kuchli og‘riq boshlanadi, bemor oyog‘ida turolmaydi, oyoq qo‘llari jingak bo‘ladi, boshi aylanadi, qayt qiladi, qattiq og‘riq dastidan bemor hatto qichqira boshlaydi. Qoraqurt chaqqanida uning zaharidan tayyorlangan maxsus zardobdan foydalaniladi. Shunda bemor 2-3 kundan keyin tuzalib ketadi.

      Urg‘ochi qoraqurt zahari erkaginikidan kuchli bo‘ladi. Shunisi qiziqki, qoraqurt zahri qo‘y va echkilarga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun ham ko‘pincha qoraqurtlarga qarshi kurashish maqsadida ular tarqalgan yerlarda qo‘y-echkilar boqiladi. Ular qoraqurtlarni va ularning inlarini bosib yanchib tashlaydi.

      Zaharli o‘rgimchaklar ko‘p uchraydigan o‘tloq-yaylovlarda joydan-joyga ko‘chib yuradigan cho‘ponlar, odatda tunaydigan joyidan avvalo qo‘ylarni bir necha marta haydab o‘tadi, shundan keyin yerga namat, qo‘y terisi to‘shaydi, uning tevarak atrofiga suv sepadi, aylanasini jun arqon bilan o‘rab oladi. Qoraqurtdan saqlanishning yana bir chorasi oddiy pashshaxona, ular pashshaxona ichiga kira olmaydi.

      Har xil jinslarni yaqinlashish holatini o‘rgimchaklarning pushtida oilasi vakillarida ko‘rish mumkin. Erkak o‘rgimchak urg‘ochiga yaqinlashganida og‘zida o‘ziga xos nikoh sovg‘asi – o‘rgimchak tollalari bilan yaxshilab o‘ralgan chivinni olib keladi. Odatda faqat harakatdagi hasharotlarga tashlanadigan urg‘ochi o‘rgimchak bu gal chivinni qabul qiladi. O‘rgimchak chivin tanasidan barcha suyuqliklarni so‘ra boshlaydi, ayni paytda juftlashish ham davom etadi. Qizig‘i shundaki tajribada erkak o‘rgimchak hasharot topolmasa, bir chimdim xas xashakni o‘zini to‘ri bilan o‘rab urg‘ochisiga keltiradi. Odatda erkagi ana shu holatda ham urchib ulguradi. Lekin qalbaki sovg‘a oshkor bo‘lib qolsa, erkagi qocholmasdan qo‘lga tushishi va yem bo‘lishi mumkin.

      Janubiy Amerikada tarqalgan qoraqurtning urg‘ochisining zahari nihoyatda kuchli hisoblanadi, uning zahari shu yerda yashaydigan chinqiroq ilon zahariga qaraganda 15 marta kuchli ekan. Qoraqurt tishlagan joyda ikkita kichkinagina qizil dog‘ paydo bo‘ladi va tez yo‘qolib ketadi, 10-15 daqiqadan so‘ng paydo bo‘lgan kuchli og‘riq qorin, bel, ko‘krak qafasi bo‘ylab tarqaladi, oyoqlar karaxt bo‘lib qoladi. Kuchli ruhiy bezovtalik boshlanadi, o‘lim vahimasi bosadi. Bosh aylanish, bosh og‘rishi, nafas qisishi, tomir tortish va qayt qilish hollari tez-tez kuzatiladi. Bemorning beti ko‘kara boshlaydi, yurak urishi pasayadi, aritmiya, siydikda qon paydo bo‘ladi, qattiq og‘riq tufayli uyqusi kelmaydi, 3-5 kundan so‘ng terisida toshmalar paydo bo‘ladi va bemor asta-sekin tuzala boshlaydi. Og‘ir hollarda tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmaganda 2-3 kundan so‘ng odam halok bo‘lishi mumkin. Qaraqurt chaqishiga qarshi eng yaxshi davo antisivorotka hisoblanadi, u Toshkentdagi vaksina va sivorotka institutida tayyorlanadi.

      Uxlab yotgan odamlarni qoraqurtdan himoyalash uchun aytganimizdek, pashshaxonadan foydaliniladi, uni tarang tortib chekkalari to‘shak ostiga tiqiladi. Qoraqurt ko‘p tarqalgan joylarga geksoxloran sepish kerak. Qoraqurtning chaqishidan odatda yirik hayvonlar ko‘proq! talofat ko‘radi, xususan tuya va otlar undan juda ham ta’sirlanadi odatda ular halok bo‘ladi.

      Oq qoraqurt (L.pallidus). Avgust oyining oxirlarida O‘zbekiston va Turkmanistonning janubida ba’zan bir necha kvadrat kilometrga yoyilgan maydonlarda oq qoraqurt manzilgohlarini uchratish mumkin. Quyosh botishida kunga qarab o‘tirsangiz ko‘z oldingizda minglab uyalar yarqirab ko‘rinadi. Jinsiy yetilgan urg‘ochi o‘rgimchaklar dumaloq uyalarning bo‘yi 15-20 santimetrgacha bo‘ladi. Bu uyalar nihoyatda nozik bo‘lib, faqat uchi biroz qalinroq. Xuddi shu qalin joyda o‘rgimchak berkinib yotadi. Erkaklari juda kichik to‘g‘nag‘ich boshichalik keladi.

      O‘rgimchak uyasida uzoq turmaydi. Uyaga chang kirsa yoki oziq qoldiqlari qolsa, qoraqurt darhol uni tark etib, boshqa in yasashga kirishadi. Tashlandiq uyalar esa oqarib ko‘zga yaqqol tashlanib qoladi va shamoldan xuddi mitti bayroqchalardek hilpirab turadi. Xuddi shu holat o‘tkinchilar diqqatini tortadi. Qoraqurt ana shu oq bayroqchalar panohida begona ko‘zlardan berkinib turadi. Avgust oxiri-sentyabir boshlarida urg‘ochi oq qoraqurt bir necha dona pilla tashlaydi. Buning uchun u butalarning ich-ichiga joylashib oladi.

      Oq qoraqurtning zahari juda o‘tkir. Bittasining zahari bir necha minut ichida ikki eshakni o‘ldirishga kuchi yetadi. Lekin eng qizig‘i shuki, bu hasharot odam terisini tishlab ololmasligi sababli uni chaqa olmaydi.

      Oq qoraqurt mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Ba’zan o‘zidan o‘n marta katta bo‘lgan chayon, chigirtka, qo‘ng‘iz, qurt, hatto maydaroq kaltakesaklarni ham bemalol tushiraveradi. U yaylovlarda zararli hasharotlarni qirishi bilan qishloq xo‘jaligiga ma’lum darajada foyda keltiradi.

      Qora qoraqurt ham, oq qoraqurt ham bitta ajdoddan tarqalgan. Shundayki evolyutsiya jarayonida bu o‘rgimchaklarning ayrimlari o‘simlik ildizlari ostiga, yoriq va kovak joylarga joylashib olgan, lekin bu joylarda ko‘zga tashlanmaslik uchun qora tusga kirish zarur bo‘lgan. Qora qoraqurtlar shu zayilda tarqalgan bo‘lishi mumkin. Boshqa jinsdoshlari esa butalarning uchiga chiqib olishgan. Ular orasidagi qora o‘rgimchaklar kushandalar nazariga tushib, qirilib ketgan, boshqalari esa sharoitga moslashib, ko‘zga tashlanmslik uchun oq tusga kirgan, boshqacha aytganda, darvincha tabiiy tanlanish yuz bergan.

      Bunday evolyutsion o‘ziga xoslik faqatgina qoraqurtlar olamigagina xos emas. O‘zbekistonda qoraqurtning yana ikkita turi uchraydi, neger deb ataluvchi qora turi yoriq va kovaklarda hayot kechiradi, uning yaqin qarindoshi lineatus o‘rgimchagi esa oppoq bo‘lib, buta uchlariga va pastroq daraxtlarga uya qurib yashaydi.

      Janubiy rus tarantuli (Lycosa singoriensis). Yirik o‘rgimchak, bo‘yi 35 mm gacha, tanasi jun tolalar bilan qalin qoplangan. Rangi to‘q jigarrangdan deyarli qora ranggacha. Odatda yashab turgan joy tuprog‘ini rangida bo‘ladi. Cho‘l va o‘rmon cho‘llarda tarqalgan. Yels va Qozon shaharlari kengligida uchraydi. Tuproqdagi chuqur inlarda yashaydi. Tunda ovga chiqadi, kunduz kunlari inida yotadi. Xeliseri bilan odamni tishlaganda shish paydo bo‘ladi va ancha joyga tarqaladi, og‘riq bir kechayu kunduz davom etadi, bemor o‘zini og‘ir xis qiladi, uyquga tortadi, sovuq qotadi, yurak tez uradi va ter bosadi. Zahar tarkibida toksik polipeptidlar va fermentlar gialuronidaza, proteazalar arginin efirlarining esterazalari mavjud. Shuningdek, tarantul zahari tarkibida spirmin, spermidin, putressin, kadaverin kabilar topilgan.

      Barcha hayvonlarga zahari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘g‘imoyoqlilarni falanj qilib qo‘yadi, sutemizuvchilarning ichki a’zolarida gemorragiya va nekroz alomatlari kuzatiladi. Sichqonlar uchun LD50 15 mg/ kg, zahar tarkibidagi toksin M-11,780, 104 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan, beshta disulfid bog‘lar bilan barqarorlashgan. Ana shu toksin silliq muskullarga ta’sir etib ularni qisqartiradi.

      Butli o‘rgimchak (Araneus diadematus). Yirik o‘rgimchak urg‘ochisi 25 mm gacha, orqa tomoni qizg‘ish, och qizil yoki jigarrang tusda bo‘ladi, yelkasida but shaklida aniq oq dog‘lari bor. Uzoq shimolgacha keng tarqalgan. Daraxt, butalarda hayot kechiradi, inida g‘ildiraksimon to‘r to‘qiydi.

      Odamni chaqqan