Заҳарли газандалар. Я. Давлатов

Читать онлайн.
Название Заҳарли газандалар
Автор произведения Я. Давлатов
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-4113-6-4



Скачать книгу

kirpining ninasi juda xavfli. Exinotriks kalmarining zahari undan ham kuchli hisoblanadi. Uning ninalari egiluvchan, ingichka va mo‘rt bo‘ladi. Odam taniga kirgan nina maydalanib ketishi natijasida chidab bo‘lmaydigan darajada og‘riq kuzatiladi.

      O‘ziga xos zaharlash qobilyatini tropik dengizlarda yashaydigan toksapneyste degan jonivorda ko‘rish mumkin. Uning uzun shisha singari mo‘rt ninalari nashtar urganida ancha chuqurga – muskullar orasiga botib ko‘pincha u yerda sinib qoladi. Nina sanchilganda zahar ham yuboradi. Yapon olimi Fudjivara mazkur kirpini o‘rganayotganida uning barmog‘iga nashtar uradi, shu onda qattiq og‘riq paydo bo‘lib u butun badanga tarqaydi, so‘ngra odamning labi, tili va butun beti shol bo‘ladi, keyinroq oyoqlari karaxt bo‘lib qoladi. Olti soatdan so‘ng barcha noxush holatlar o‘tib ketadi.

      Oddiy dengiz kirpisi (Strongylocentrotus droebachiensis). Ohakli plastinkalarning o‘zaro mahkam jipslashganligi tufayli qopqoq hosil bo‘ladi. Kirpining tanasi tashqi tomonidan qimirlab turadigan ninalar bilan qoplangan. Ularning bo‘yi bir necha santimetrga yetadi. Bundan tashqari uning tanida mo‘ychinakka o‘xshash moslamalari bo‘lib u kirpining tanasini yot narsalardan ozod qilishga xizmat qiladi. O‘sha moslamalarning ba’zi birlari zaharli bez bilan taminlangan bo‘lib. himoya vazifasini bajaradi. Dengiz kirpilarining yiriklari eniga 200 mm ga yetadi. Exinus degan turi ovqatga ishlatiladi, uning eni 170 mm ga teng.

      Ninatanlilarning skelet tarkibi kalsiydan tashkil topgani bois ularning o‘lib ketgan formalari yaxshi saqlangan. Bunday jarayonga 50 million yil bo‘lgan, hozir ana shunday qazilmalardan 20 mingta turi tavsiflangan.

      Zaharining kuchini barcha hayvonlarda: qorinoyoqli va boshoyoqli mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar, kaltakesak va quyonlarda sinab ko‘rilganda ularning katta miqdordagi zahardan halok bo‘lishi aniqlandi. Zahar qaynatilganda o‘z kuchini yo‘qotadi. Kirpi ninalarini maydalab, undan tayyorlangan eritmani sigir, ot, cho‘chqa va qo‘y qoni eritrosidlariga ta’sir etdirganda ular hammasi gemolizga uchraydi. Elektroforez usuli bilan zaharni tarkibiy qisimlarga ajratganda 6-7 fraksiya borligi aniqlandi. Odam qonidagi A va O guruhi eritrotsitlarini eritib yuboradi, quyon, dengiz cho‘chqasi, ho‘kiz, qo‘y va baliq eritrotsitlariga ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi.

      Dengiz kirpilarining zaharli apparati ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: qisqichlar bilan ta’minlangan pedisellar va zaharli bezlar hamda qisqichlari bo‘lmagan ninalar toksik modda ishlab chiqaradigan hujayralari bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishdagi zaharli apparatga ega bo‘lgan kirpilar juda xavfli hisoblanadi, chunki bir yo‘la ko‘p miqdorda nashtar uradi. Demak, dengiz kirpilari zahari tarkibida gemolitik aktiv moddalar, xolinegrik ta’sir ko‘rsatadigan noradrinalin, gistamin kabilar ham uchraydi.

      Ana shu komponentlar miqdori barcha kirpi turlarida har xil nisbatda bo‘ladi.

      Amur dengiz yulduzi (Asterias amurensis). Yirtqich bo‘lib, dengiz kirpilari, mollyuska va boshqa umurtqasizlarni ovlaydi. Amur oddiy dengiz yulduzi 300 mm gacha kattalikda bo‘ladi, Yapon dengizida, Tatar bo‘g‘ozida, janubiy Saxalin qirg‘oqlarida 50-60 m chuqurlikda keng tarqalgan. Qurib qolgan dengiz yulduzini yegan it va mushuklar halok bo‘ladi, jo‘jalarga berganda ular o‘sishdan to‘xtab qoladi, quyonlarga ukol qilganda ular zaharlanadi. Kalamushlar esa banday zahardan mutlaqo ta’sirlanmaydi.

      Umuman olganda, ninatanlilar tarkibidagi biologik aktiv moddalardan dengiz yulduzi va dengiz bodringi tarkibidagi keng spektrli fiziologik aktiv saponinlar birmuncha yaxshi o‘rganilgan.

      Yapon dengiz bodringi (Cucumaria japonica). Uzunchoq yoki chuvalchang shakliga ega, Yapon dengiz bodringi yaxshi o‘rganilgan, bo‘yi 50 sm, qoramtir yoki noparmon rangda bo‘ladi. Yapon va Oxot dengizlarining uncha chuqur bo‘lmagan va o‘rtacha chuqurliklardan ovlanadi. Qopqonsimon paypaslagichli turida maxsus a’zolari bo‘lib, ular ko‘p miqdordagi bezli yopishqoq naychalardan iborat hamda kengaygan ichakning orqa qismida kloakada joylashadi. Bezovta bo‘lganida orqa chiqaruv teshigidan ana shu a’zolarini tashqariga chiqazib tashlaydi va ular yopishqoq oq mayda tolalar singari dushmanni o‘rab oladi, ba’zan uni qimirlatmay ham qo‘yadi. Zaharli modda ana shu tolalardagina emas, balki hayvonning tana devorlarida ham bo‘ladi. Odamni jarohatlangan terisiga tushgan ana shunday moddalar og‘riq va yallig‘lanish reaksiyasini chaqiradi.

      II BOB. ZAHARLI BO‘G‘IMOYOQLILAR

      2.1. O‘RGIMCHAKSIMONLAR (ARACHNIDA) SINFI

      O‘rgimchaksimonlar sinfining vakillari o‘rgimchak va chayonlar asosan tirik jonivorlar, hasharotlar bilan oziqlanadi. O‘ljani xitin qobig‘ini teshib, uning ichiga ovqat hazm qilish so‘lagini yuboradi. Ana shu suyuqlik tarkibidagi proteolitik fermentlar ta’siridan o‘ljaning ichidagi a’zolarining so‘rilishi va hazm bo‘lishi yengillashadi. O‘rgimchaklar o‘z o‘ljasini xeliserlari yordamida nafaqat ushlab turadi, balki xeliserni tirnoqsimon uchi bilan o‘ljani falaj qilib qo‘yadigan zahar yuboradi. O‘rgimchak va chayonning zaharli bezlari morfologik jihatidan farq qilsa-da, kelib chiqishi bilan birbiriga o‘xshashdir.

      2.2. CHAYONLAR (SCORPIONES) TURKUMI

      Hozirgi vaqtda chayonlarning 750 ga yaqin ziyodroq turlari mavjud bo‘lib, ular dunyoning barcha issiq mintaqalarida tarqalgan.

      Chayon zahari rangsiz cho‘ziluvchan suyuqlik, kislotali reaksiyaga ega, solishtirma og‘irligi 1092. Osh tuzida yaxshi eriydi, kislota va ishqorda o‘z kuchini yo‘qotadi.

      Chayonlar yerda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilarning o‘ta qadimiy turkumi hisoblanadi. Ularning o‘rtacha o‘lchami 50-100 mm, yiriklari 200 mm ga yetadi, nashtar uradigan quroli dumining uchida qappayib turgan dum bo‘g‘inida joylashgan. Bir juft zahar ishlab chiqaradigan bezi naycha tomir bilan ta’minlangan bo‘lib, zahar soladigan nishga ulanadi. O‘lja qarshilik ko‘rsatadigan bo‘lsa, chayon unga bir necha bor nashtar uradi va uni falaj qilib qo‘yadi.

      Ko‘krak, bosh qismi bir butun kosacha bilan qoplangan, o‘rtasida bir juft yon tomonlarida bir necha juft ko‘zlari joylashgan, kutikula esa mum qavati bilan qoplangan, bu esa o‘z navbatida suvni kam miqdorda bug‘lanishini ta’minlaydi.

      Tutqinlikda chayonlar bir necha oylab och yashashlari mumkin, bir yarim yilgacha oziqlanmasdan yashagan holatlar qayd etilgan. Necha yil umr ko‘rishi haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da, u bir necha yil yashasa kerak. Chayon pushtining rivojlanish jarayonida qiziq anamaliya hodisalari qayd etilgan. Masalan, pushtning dumini ikkita bo‘lib o‘sishi. Bunday chayonlar odatdagidek voyaga yetganicha yashaydi. Odam uchun chayoning zahri xavfli bo‘lmasa-da, ba’zan fojeali yakunlanish holatlari uchrab turadi. Odatda bunday hodisalar issiq mamlakatlarda yashaydigan bolalar orasida qayd etilgan. Chayon odamni chaqqanda odatda o‘sha joyda qattiq og‘riq va shish paydo bo‘ladi, kishini uyqu bosadi, sovuq qotadi, ba’zan harorat ko‘tariladi. Odatda 1-2 kundan keyin alomatlar o‘tib ketadi.

      Chayonning o‘zini-o‘zi o‘ldirishi haqida uncha to‘g‘ri bo‘lmagan fikrlar ham uchrab turadi. Odatda bunday hodisani asoslab berish uchun quyidagicha tajriba o‘tkazildi. Yonib turgan ko‘mir cho‘g‘ini aylana qilib terib chiqiladi va uning o‘rtasiga chayon qo‘yib yuboriladi. Otash halqasidan chiqib ketishga bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng u halok bo‘ladi. U o‘ziga nish urgani yo‘q. Chayonning zaharli nishi uning ustidagi kosachasini teshib o‘ta olmaydi. Bundan tashqari boshqa zaharli hayvonlar singari chayonlarda ham o‘z zahariga qarshi immunitet borligi aniqlangan. Aslida otash halqasiga tushgan chayon olov alangasidan halok bo‘ladi.

      Chayonlar asosan tunda faol hayot kechiradi, kunduz kunlari qorong‘i joyda bekinib yotadi. Urg‘ochi chayon tirik bola tug‘adi va bolani erkak chayon ikki hafta davomida yelkasida olib yuradi, lekin ularni oziqlantirmaydi, keyin bolalari mustaqil hayot kechirishga o‘tadi. Chayonlarning yirik turlarining uzunligi 17 sm ga yetadi, ular asosan tropiklarda tarqalgan. Chayonlar hamisha hujumga tayyor holda dumlarini gajak qilib yuradi. Chayon o‘z g‘animini panjalari bilan qisib olib, nashtar uradi. Uning zahari tarkibiga ko‘ra kobra zahariga o‘xshash bo‘lib, asabga ta’sir etadigan komponentlari bor. Chayonlar kechqurunlari chiroq yoki gulxan yorug‘iga kelgan hasharotlarni tutib olish uchun bu yerga keladi. Bitta chayon