Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Математикани ўқитишда интегратив ёндошув

    Ж. Эргашев

    Ушбу монография ахборот-коммуникация технологиялари воситала­ридан фойдаланиб касбий фанлар ва информатика ва ахбо­рот техноло­гияла­ри интеграциясини ташкил этиш механизмларини яратишга бағишланган.Монография умумий ўрта таълим мактаблари, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари математика фани ўқитувчилари, педа­гогика олий таълим муассасалари математика ўқитиш методикаси таълим йўналиши бакалавриат ва магистратура босқичларида таълим олаёт­­ган талабалар ва шу йўналишда илмий-тадқиқот олиб бораёт­ган катта илмий ходим-изланувчи ва мустақил тадқи­қотчиларга мўлжалланган.

    Матрицалар назариясининг танланган боблари

    В. Миладжонов

    Mazkur o'quv qo'llanma universitetning yuqori kurs talabalari va magistrlari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda matritsalar naza-riyasining matritsalar algebrasi, kompleks simmetrik, kososimmetrik va ortogonal matritsalar, manfi ymas elementli matritsalar, xos qiymatlar regulyarligi va lokalligining har xil kriteriylari, matritsali tenglamalar, kvadratik shakllar va ularning tatbiqlari, yirik masshtabli sistemalar turg'unligining umumiy masalasi kabi boblar bayon etilgan.

    Физика ўқитиш методикаси фанининг самарадорлигини ошириш йўллари

    Г. Карлибаева

    "Fizika o'qitish metodikasi fanining samaradorligini oshirish yo'llari nomli o'quv-uslubiy qo'llanma uzluksiz ta'lim tizimida fizika o'qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishga bag'ishlangan. Unda Davlat ta'lim standartlari asosida fizikani o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash bo'yicha umumiy ko'rsatmalar, tematik rejalashtirish va dars o'qitishning bir nechta texnologik jarayoni keltirilgan va tavsiya qilingan. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmadan pedagogika oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari hamda umumta'lim maktablari, AL va KHK lari fizika o'qituvchilari foydalanishlari mumkin."

    Физика. Масалалар тўплами

    В. Ветрова

    "Fizikadan masalalar to'plami" o'quv qo'llanmasi umumiy fizika kursi bo'yicha masalalar to'plami texnika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning fizika fanidan masalalarni mustaqil bajarishlari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaning tuzilishi talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ishlarini tashkil etishda qo'llash ko'zda tutilgan. O'quv qo'llanma talabalar mustaqil ishlarni bajarishda ham foydalanishi mumkin. Shu maqsadda har bir mavzuning boshlanishida o'quv dasturiga mos bo'lgan va talabalarni tavsiya etiladigan adabiyotlardan foydalangan holda nazariy materiallarni o'zlashtirishga yo'naltiruvchi nazorat savollari keltirilgan. O'quv qo'llanmada masalalar shartlari o'rniga umumiy fizika kursi bo'yicha masalalar to'plamlarida keltiriladigan katta miqdordagi aniq masalalarni shaklantirishga asos bo'luvchi umumiy holatlar ifodasini keltirish ushbu o'quv qo'llanmaning eng farqli hususiyati hisoblanadi.

    Умумий физика курсининг «Механика» бўлимидан масалалар тўплами

    В. Мамадалиев

    O'quv-uslubiy qo'llanmada umumiy fizika kursining mexanika bo'limiga doir masalalarni oddiydan murakkabga qarab tartiblashtiril­gan. Qo'llanmadan foydalanish qulay bo'lishi uchun masalalar yechim­laridan namunalar keltirilgan, hamda jadval ma'lumotlari ilovada berilgan.Qo'llanmadan «Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi», «Matematika o'qitish metodikasi», «Informatika o'qitish metodikasi», «Mehnat ta'limi» bakalavr ta'lim yo'nalishlari talabalari, fan o'qituv­chilari hamda mustaqil o'rganuvchilar ham foydalanishlari mumkin

    Физикадан типик масалалар ва уларнинг ечимлари, 1 қисм

    Эркинжон Мухтаров

    Mazkur qoilanma Akademik litsey va kasb-hunar kolleji o'quvchilari, oliy o'quv yurtiga kiruvchilar uchun moijallangan boiib, undan umumiy o'rta ta'lim maktablari hamda AL va kasb-hunar kollejlari fizika fani o'qituvchilari hamda oliy o'quv yurti talabalari ham foydalanishlari mumkin. Qoilanmada fizika kursining mexanika boiimiga oid asosiy formulalar, tushunarli tarzda yechilgan na'munaviy masalalar va mustaqil yechishga tavsiya etilgan masalalar keltirilgan.O'zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab rivojlangan davlatlar darajasiga yetish uchun Respublika hukumati tomonidan qator qonunlar qabul qilinib, ishlab chiqarish, iqtisod, ta'lim va boshqa ko'plab sohalarda ijobiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, jahon standartlariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash maqsadida «Ta'lim to'g'risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi (1997 yil 29 avgust). Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqildi.O'zbekiston Respublikasining ravnaqi, iqtisodiy mustaqillikka toTa erishishi va mustaqillikni yanada mustahkamlash kelajak avlodning-yuksak madaniyatli, chuqur va puxta bilimli yoshlarning qo'idadir. Bu esa yoshlarni o'z bilimlarini kengaytirishlarini va yangidan-yangi kasblarni egallab, yetuk mutaxassislar bo'ib yetishishlarini uchun o'z bilimlarini muntazam boyitib borishlarini taqozo etadi. Buning uchun yurtimizda yoshlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.Ushbu qo'lanma muallifining asosiy maqsadi qo'lanma orqali yoshlarning fizikadan olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlashga ko'mak berishdan iborat.Qo'lanmada mavzuga oid nazariy materiallar, olingan nazariy bilimlarni tatbiq qilish uchun tipik masalalarning yechilishi, so'ngra mustaqil yechish uchun masalalar berilgan.Fizika masalalarning hajmi katta bo'ganligi sababli qo'lanma uchi qismga bo'ib nashrga tayyorlanda. Qo'lanmaning birinchi va ikkinchi qismlarida fizikaning «Mexanika» bo'imiga doir masalalar keltirilgan.Muallif ushbu qo'lanmaning qo'1 yozmasi bilan tanishib chiqib, o'z maslahatlari bilan uning sifatini yaxshilashda amaliy yordam bergan Andijon davlat universiteti, fizika kafedrasi professor-o'qituvchilariga o'z minnatdorchiligini bildiradi.

    Оддий дифференциал тенгламалар системасини асимптотик интеграллаш

    А. Алишев

    Ushbu monografiyada sekin o'zgaruvchi koeffitsiyentli chiziqli bo'lmagan birinchi va keyingi tartibli, ikki parametrga bog'liq bo'lgan chiziqli, shuningdek, chetlanuvchi argumentli neytral tipdagi differensial tenglamalar sistemasini asimptotik yechimlarini tuzish masalasi qaralgan.Bunday tenglamalar sistemasiga astrofizika, mexanika, avtomatik tartibga keltirish, optimal boshqarish, gidromexanikaning ko'pgina masalalari keltiriladi.Ish fizika va mexanikaning turli masalalarini yechishda asimptotik metod va uning tatbiqlari bilan qiziquvchi oliy o'quv yurtlari o'qi­tuvchilari, metamatiklar, injener-texniklar, ilmiy ish bilan shug'ulla­nuvchilar va magistrantlar uchun mo'ljallangan.

    Тафаккур драмаси

    Жаъфар Термизий

    Таниқли давлат ва жамият арбоби, сиёсатшунос, тарихнавис, файласуф ва жамиятшунос олим, маҳоратли публицист ва адиб, сиёсий фанлар доктори, профессор Жўраев Нарзулла Қосимович табаррук 70 ёшга тўлди. Ушбу монография ана шу қутлуғ сана муносабати билан тайёрланган.Китобда профессор Нарзулла Жўраевнинг ибратли ҳаёти ва самарали илмий ижоди ҳақида мухтасар тарзда маълумот бериш билан бирга унинг сиёсий, ижтимоий ва фалсафий қарашлари ҳам қисқача таҳлил ва тадқиқ этилган.Китоб тадқиқотчилар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

    Ижтимоий-маънавий тараққиётда тарихий шахсларнинг роли

    Б. Ходжаева

    Монографияда ижтимоий-маънавий тараққиётда муҳим из қолдирган буюк шахслар, уларнинг маънавий жасорати, ҳаёти тадқиқ этилган. Монография файласуфлар, маънавият ва таррақиёт масалалари билан қизиқувчи тадқиқотчилар, мутахассислар ва кенг ўқувчиларга мўлжалланган.***The monograph is about the great people who had significant contribution to the social and spiritual development of mankind. Moreover, this is about their lives and spiritual audacity. The monograph is dedicated to the philosophers, researcher who are interested in spirit and issues of development? Specialists and wide range of readers.

    Ўзбекистон Республикаси давлат хавфсизлик хизмати фаолиятининг ҳуқуқий асослари

    Азизхон Саидакбарович Пулатов

    Мазкур монографияда Ўзбекистон Республикасида давлат хавфсизлигини таъминлашда ижро этувчи ҳокимият органлари тизимида етакчи ўринни Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг профессионал салоҳиятинига тегишли эканлиги, ўз ваколатлари доирасида давлат бошқарувини амалга оширишда давлат хавфсизлик хизматининг ягона марказлаштирилган тизими ҳисобланиши ва Ўзбекистон Республикасида давлат хавфсизлиги соҳасида асосий функцияларини бажариши, шу жумладан давлат хавфсизлик тушунчаси, принциплари, ҳуқуқий ҳолати, ҳуқуқий асослари, истиқлол йилларда тарихий шаклланиши, Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат хавфсизлигини таъминлашда ўрни ва роли, шунингдек контрразведка, экстремизм, терроризм, разведка, коррупция, уюшган жиноятчиликка қарши курашиш ва ахборот хавсизлигини таъминлашида ҳуқуқий асослари ёритилган.–В монографии сделан вывод, что ведущее место в системе органов исполнительной власти в деле обеспечения государственной безопасности Республике Узбекистан принадлежит профессиональный потенциал СГБ Республики Узбекистан, которая представляет собой единую централизованную систему органов СГБ, осуществляющую в пределах своей компетенции государственное управление в области обеспечения безопасности Республику Узбекистан путем осуществления своих основных функций, также рассмотрена понятие государстенной безопастности, принципы, правовой статус, правовые основы, историческое образование в годы независимости, место и роль Президента Республики Узбекистан в обеспечении государственной безопастности, а также правовые основы в борьбе контрразведкой, экстремизмом, терроризмом, разведывательная деятельность, борьба с организованной преступностью и коррупцией и обеспечение информационной безопасности.