Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Ботаника дарслари 5-синф

    Ж. Толипова

    Mazkur o'quv qo'llanma ta'limning dolzarb muammosini, ya'ni botanika darslarini tashkil etish muammosini hal etishga qaratilgan. Biologiya o'qituvchilarining ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda ushbu uslubiy qo'llanmaning o'rni benihoya katta. O'quv qo'llanmada botanika o'quv fani rejasi asosida 68 soatlik dars ishlanmalari kerltirilgan. Har bir dars ishlanmasi pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan. Qo'llanmada biologiya o'qituvchilari foydalanishlari uchun botanika faniga doir qiziqarli materiallar, mantiqiy masalalar, o'yin mashqlari, dars jarayonida ijodiy muhitni yaratishga, o'quvchilarning botanikaga qiziqishlarini orttirishga yordam beradigan didaktik materiallar to'plami keltirilgan.

    Биозарарлантириш асослари

    А. Хамраев

    "Darslik birinchi navbatda oliy o'quv yurtlarining biologiya, tabiatshunoslik va o'simliklarni himoya qilish fakultetlari, tegishli o'rtamaxsus o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lsada, ammo undan kimyo sohasidagi talabalar va muayyan darajada texnologlarni tayyorlashda ham foydalanish imkoniyati yaratilgan. Darslikda texnika, mahsulot va materiallarni mikroorganizmlar, kemiruvchilar va boshqa organizmlardan himoyalash bilan bog'liq keng ilmiy va amaliy masalalar muhokama qilinadi. Ilk bor turli materiallar: sintetik buyumlardan boshlab yer osti inshootlari va san'at asarlarini biozararlovchi organizmlar ma'lum bir tizim shakliga solindi. Biozararlovchi organizmlardan muhofaza qilishning ekologo-toksikologik asoslariga muhim ahamiyat qaratildi."

    Органик кимё

    Хамид Хужаниёзов

    Darslik 5140500 Kimyo yo'nalishi bo'yicha Davlat ta'lim standarti va оrganik kimyo fani dasturi asоsida tayyorlangan bo'lib, оrganik kimyoning barcha bo'limlarini o'z ichiga оladi. Unda оrganik birikmalarning turli sinflari, ularning nоmlanishi, izоmeriyasi, оlinish usullari, fizikaviy, kimyoviy хоssalari va ishlatilishi bayon qilingan. Оrganik reaksiyalarning meхanizmlari zamоnaviy bilimlar asоsida talqin etilgan. Unda 150dan оrtiq Nоbel mukоfоti sоvrindоrlari va o'zbek оlimlari ilmiy ishlarining natijalari to'g'risida ma'lumоtlar berilgan. Оrganik birikmalar tuzilishini kimyoviy va spektral usullarda aniqlashga katta e'tibоr qaratilgan. Har bir bоb охirida mavzuga оid savоl va tоpshiriqlar berilgan. Оrganik kimyo darsligi universitetlar va bоshqa оliy o'quv yurtlarining kimyo yo'nalishidagi talabalariga mo'ljallangan. Undan maktab, akademik litsey, kоllejlarning iqtidоrli o'quvchilari, оlimpiada qatnashchilari, yosh o'qituvchilar, hamda ilmiy tadqiqоt institutlarining хоdimlari ham fоydalanishlari mumkin.

    Нефт маҳсулотларининг физик ва кимёвий таҳлили

    З. Алимова

    ""Neft mahsulotlarining olinishi, ishlatilishi va sifatini tahlili" fanidan tayyorlangan ushbu o'quv qo'llanmada neft va neftdan olinadigan yonilg'i, moylash materiallari, maxsus suyuqliklarining kimyoviy tarkibi, olinishi, yonilg'i va moylash materiallarining asosiy xossalarini aniqlash va tahlil qilish usullari hamda shu xossalarning avtomobil ishlash sharoitiga qarab o'zgarishi ularning asosiy markalari shuningdek, bu materiallardan texnikada oqilona foydalanish va me'yorlash haqida ma'lumotlar mujassamlangan. O'quv qo'llanma talabalarga avtomobil ishlash jarayonida yonilg'i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarning sifatini aniqlash va ishlatilishini o'rganish, shu bilan birga, yonilg'i va moylash materiallarini tejashga, ulardan ratsional foydalanishga va ularni qo'llash vaqtida tashqi muhitga ta'sirini bilib olishlarida yordam beradi."

    Буровые промывочные и тампонажные растворы. Часть-2

    В. Зозуля

    Другие соавторы: А.М.Магрупов

    Буровые промывочные и тампонажные растворы. Часть-1

    В. Зозуля

    Другие соавторы: А.М.Магрупов

    Аҳоли яшаш жойларини кўкаламзорлаштириш

    А. Каимов

    "Darslikda O'zbekistonda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlash-tirish, daraxt, buta va manzarali o'simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari, ko'kalamzorlashtirish tarixi, daraxtzorlarning mikroiqlimga ta'siri, rejalashtirish turlari, har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish, daraxtlarni me'yorlashtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Har xil obyektlar: istirohat bog'lari, o'rmon parklar, ko'cha, kasalxona, maktab, bolalar bog'chasi, yo'llar, sanoat korxonalari xududini ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liq kompleks masalalar yoritilgan. Shu bilan birga ko'kalamzorlashtirishda ishlatiladigan daraxt va buta turlariga ta'rif berilgan. Xududni texnologik tayyorlash, ekilgan ko'chatlarni parvarishlash agrotexnik ishlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Darslik oliy ta'limning o'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan."

    Аҳоли яшаш жойларини кўкаламзорлаштириш

    А. Каимов

    "Darslikda O'zbekistonda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlash-tirish, daraxt, buta va manzarali o'simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari, ko'kalamzorlashtirish tarixi, daraxtzorlarning mikroiqlimga ta'siri, rejalashtirish turlari, har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish, daraxtlarni me'yorlashtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Har xil obyektlar: istirohat bog'lari, o'rmon parklar, ko'cha, kasalxona, maktab, bolalar bog'chasi, yo'llar, sanoat korxonalari xududini ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liq kompleks masalalar yoritilgan. Shu bilan birga ko'kalamzorlashtirishda ishlatiladigan daraxt va buta turlariga ta'rif berilgan. Xududni texnologik tayyorlash, ekilgan ko'chatlarni parvarishlash agrotexnik ishlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Darslik oliy ta'limning o'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish va landshaftli qurilish bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan."

    Химия таъриф, тушунча ва терминлар

    А. Бусев

    Китоб ўрта мактаб ўқувчилари учун ёзилган бўлиб, справочник характерга эга. Справочник қўлланма материали мактаб химия курси программасидаги ўзгаришларга мослаштирилган.Китобда анорганик, органик, аналитик химияга ва химиявий ишлаб чиқаришларга доир тушунча, таъриф ва терминлар алфавит бўйича берилган. Ҳозирги илмлар даражасини акс эттирган ҳолда қўлланмага радиохимия, полимерлар, сийрак металлар химияси, шунингдек биохимия ва геохимияга тааллуқли терминлар киритилган.Китоб ўқувчиларнинг ўқув адабиёти ва илмий-оммабоп адабиёт билан мустақил ишлашига ёрдам беради.

    Биоорганик кимё

    А. Ибрагимов

    O'quv qo'llanmada Bioorganik kimyo fanining asosiy bandlari oliy o'quv yurtlarining kimyo yo'nalishi dasturiga mos ravishda yozilgan. Oxirgi yarim asr davomida biopolimerlar sohasida erishilgan yutuqlar natijasida qo'lga kiritilgan imkoniyatlar ko'r­satilgan. Bioorganik kimyoga, xususan, quyi molekulyar biore­gul­yatorlar sohasining rivojiga o'zbek olimlarining qo'shgan hissasiga e'tibor qaratilgan. Risoladan oliy o'quv yurtlari kimyo va biologiya yo'nalishlarining yuqori bosqich talabalari, magistrant va dokto­rantlar, o'qituvchilar, barcha kimyo fanini kasb qilgan mutaxassislar foydalanishi mumkin.