Эътиборингизга ҳавола этилаётган «Коинот оқимлари» романини ўқир экансиз, беихтиёр собиқ шўро даврида пахта яккаҳокимлиги элимиз бошига солган оғир оқибатларни эсга оласиз. Асарда ерлик фазогир-тадқиқотчи пахтанинг олий нави – кирт етиштириладиган Флорина сайёрасини муқаррар хавфдан огоҳ этади… Ушбу роман Жюль Верн каби илмий фантастика усталарининг асарларини севиб ўқийдиганлар ва барча адабиёт мухлисларига мўлжалланган.
Mashhur turk yozuvchisi Aziz Nesinning asarlari o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish.Ushbu kitobdan uning «G'aroyib bolalar» romani va bir-biridan mazmunli hikoyalari o'rin olgan.Roman avval sinfdosh bo'lgan, keyin biri boshqa shaharga ko'chib ketgan o'n yoshli Zaynab va Ahmadning bir-biriga yozishmalari asosiga qurilgan.Yosh bola nigohi orqali kattalarning nojo'ya xatti-harakatlari, o'zaro munosabatlaridagi yolg'on, munofiqlik, soxtaliklarga qanchalik haqqoniy baho berishi, ich-ichidan ularga qarshi isyon kotarishi hayotiy voqealar asosida ifoda etiladi.Aziz Nesinning e'tiboringizga havola etilayotgan to'plamdan o'rin olgan hajvga, chuqur falsafiy mazmunga yo'g'rilgan hikoyalari ham o'quvchilar tarbiyasiga, dunyoqarashiga faqat ijobiy ta'sir etishi bilan o'ziga xos.
O'zbekistonda turizm faoliyati mustaqillik yillardanoq davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Turizm sohasining rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me'yoriy hujjatlar qabul qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog'onalarga ko'tarish, yurtimizni j ahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun, awalo, turizm xizmat bozorini shakllantirishga huquqiy zamin yaratish lozim boTmoqda. Bunda turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u yigirma birinchi asr jahon xo'jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta'kidlash kerak.
Ushbu o'quv qo'llanmadan madaniyat va san'at sohasining rivojlanish tarixi va zamonaviy konsepsiyalari, soha boshqaruvi ilmiy muassasalari, mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasi boshqaruvining rivoj lanishi, Istiqlol davrida soha taraqqiyotida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifi y islohotlar va boshqaruvning nazariy asoslari hamda boshqa mavzular o'rin olgan.O'quv qo'llanma O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institute Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish va Kasbiy ta'lim yo'nalishlari bakalavriati talabalari hamda Madaniyat va san'at sohasi menejmenti magistrantlari uchun mo'ljallangan.
Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston davlat konservatoriyasida tahsil olayotgan magistrant talabalar uchun mo'ljallangan. Unda fanning predmeti va mazmuni, uning o'ziga xos xususiyatlari, ilmiy bilish va fanlarning vujudga kelishi, taraqqiyot bosqichlari yoritib berilgan. Shu bilan birga Markaziy Osiyo ilm-ma'rifat markazi ekanligi, ilmiy bilimlar yuzaga kelishi va shakllanishi haqida G'arb va Sharq qarashlarining mohiyati, fanlarning metodologik masalalari bayon etilgan.
Mazkur o'quv qo'llanma sog'lom turmush tarzini tarbiya vositasi yordamida qaror toptirish yo'lidagi islohot maqsadlarini o'z ichiga olib, umumiy o'rta ta'lim maktablarining rahbarlari va o'qituvchi-o'quvchilariga uslubiy yordam sifatida xizmat qiladi. Shu jumladan, ushbu soha bo'yicha izlanuvchi tadqiqotchilar hamda bo'lajak o'qituvchilar uchun ham qulay vositadir.
Bolalar adabiyoti, aslida, biroz qiyinroq yo'nalish. Uning soddaligi va ravonligi, o'quvchini rom qilish mahorati kattalar adabiyotiga qaraganda ko'proq mehnat talab qiladi. Mashhur bolalar yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev shunday degan edi: «Bolalar adabiyotini yozish uchun bola bo'lish kerak». «Shaytonni tutgan Shertoy» deb nomlangan mazkur kitobi bilan bu yo'nalishga dastlabki qadamini tashlagan yosh ijodkorga O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyev oq yo'l tiladilar. Shaytonni tutgan Shertoy sarguzashtlarida har bir voqea ortida hayotiy haqiqat yotadi. Bolani aldash oson-u, ammo ishontirish oson emas, degan shior bilan qissa yozgan Abror Qo'shnazarovning mazkur kitobi, asosan, maktab o'quvchilariga mo'ljallangan…
Мазкур китобда милоддан аввалги VII-VI асрларда битилган «Му-Тянзи чжуан» («Тангри ўғли Му ҳақида баён») номли асарнинг давримизгача сақланиб келган матни ва VI-VП асрда яшаган Сюан Цзангнинг «Да Танг Шиюй жи» («Буюк Танг сулоласи давридаги Ғарбий мамлакатларга оид хотиралар») деб аталган саёҳатномаси ҳамда X асрнинг иккинчи чорагида битилган «Шин Тангшу» («Танг [сулоласи]нинг янги тарихи») каби 3 та ёзма манбаларда келтирилган Марказий Осиё тарихига оид маълумотларнинг айрим қисмлари илк бор ўзбек тилига ўгирилган ва керакли изоҳлар билан таъминланган ҳолда келтирилди.Шу билан бирга, китобда хитой манбаларида тилга олинадиган этник атамалар юзасидан амалга оширилган тадқиқотлар ўқувчилар эътиборига ҳавола этилди.Китоб Марказий Осиё, хусусан, Ўзбекистон тарихининг манбавий асосини бойитишда ҳамда қатор номаълум қолган масалаларга аниқлик киритишда муҳим илмий аҳамият касб этади. У мутахассислар, олий ўқув юртларининг ўқитувчилари, талабалари ва кенг доирадаги китобхонлар учун фойдалидир.
В монографии на базе малоизученных китайских источников прослеживается история включения Восточного Туркестана в сферу влияния Цинской империи, рассматриваются ряд вопросов международных отношений в Центральной Азии и внешняя политика цинского Китая в середине XVIII в. Вводятся в научный оборот новые материалы из китайских источников по ряду вопросов истории Восточного Туркестана и его связей с соседними странами.Для востоковедов, историков, педагогов, студентов, а также широкого круга читателей.