Қор одам. Ганс Христиан Андерсен

Читать онлайн.
Название Қор одам
Автор произведения Ганс Христиан Андерсен
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-08-854-2



Скачать книгу

beso‘naqay qushlarni umrida birinchi ko‘rishi ekan, shu vajdan ularning qanotlari to‘mtoq bo‘lib ko‘rinibdi. Qushlar go‘yo birov xafa qilganday, zo‘r hayajon va hadik bilan yugurib yurishgan ekan. Xelga buning sababini so‘rab, birinchi marotaba tuyaqushlar haqidagi Misr afsonasini eshitibdi.

      Qadim zamonlarda tuyaqushlar o‘z chiroyi bilan dovrug‘ taratishgan ekan: ularning qanotlari uzun va baquvvat bo‘lgan ekan. Kunlarning birida kechki payt boshqa ulkan o‘rmon qushlari tuyaqushga: «Og‘ayni, ertaga, xudo xohlasa, daryoga suv ichgani boramiz!» – deyishibdi. Tuyaqush bo‘lsa: «Xohlasam uchib boraveraman!» – deb javob qaytaribdi. Sahar paytida qushlar uchib ketibdi. Ular tobora yuqoriga ko‘tarilaverishibdi, parvardigorning ko‘zi – quyoshga yaqinlashib qolishibdi. Tuyaqush bo‘lsa hammaning oldida yolg‘iz o‘zi kerilganicha yorug‘lik manbaiga tomon o‘z qudratiga ortiq bino qo‘yib, uchib boraveribdi; u «Xudo xohlasa» demay, nuqul «xohlasam» der ekan. Bundan g‘azablangan qasos farishtasi laqqa cho‘g‘ quyosh yuzidan yupqa pardani pastga tortibdi – o‘sha zahotiyoq tuyaqushning qanoti olov tekkanday kuyib tushibdi, u behol adoyi tamom bo‘lib, yerga qulabdi. O‘shandan beri u, hamda uning avlod-ajdodi ortiq osmonga ko‘tarila olmabdi! Ular hozir ham biror narsadan qo‘rqishsa, jon talvasasida yugurishaverar ekan, yugurishganda ham tor doiradan chiqishmas ekan, bu narsa insonlar uchun saboq bo‘lishi kerak.

      Xelga boshini g‘amgin quyi solibdi, yo dahshatdan, yo oydin kechada oppoq devorga tushib turgan aksini ko‘rib bema’ni xursandchilikdan xarsillab yugurayotgan tuyaqushlarga qarabdi, unda jiddiy bir kayfiyat paydo bo‘libdi. Ha, unga baxt to‘la umr nasib bo‘ldi, lekin oldinda uni nimalar kutyapti? «Xudo xohlasa» eng oliy baxt!

* * *

      Erta bahorda, laylaklar shimolga uchishi oldidan Xelga tilla uzuk olib, unga o‘z nomini yozibdi, o‘ziga tanish laylakni huzuriga chaqiribdi. U kelganda uzukni laylakning bo‘yniga taqib qo‘yibdi, uni asrandi qizning sog‘-salomatligi, baxtiyor onasini hamisha eslab yurganining nishonasi sifatida vikingning xotiniga yetkazishni iltimos qilibdi.

      «Buni ko‘tarib borish ancha qiyin! – o‘ylabdi laylak. – Ammo oltin hamda kishi sha’nini yerga urmaslik kerak! Olib borsam, «Laylak baxt keltiradi!» – deb aytishadi shimoldagilar».

      – Sen oltin olib boryapsan, men esa tuxum! – debdi xotini. – Lekin sen uni faqat bir marta olib borasan, men esa har yili tuxum qo‘yaman! Taqdirlanish nimaligini ikkovimiz ham bilmaymiz! Shunisi alam qiladi!

      – Ongimizning o‘zi ham yetarli, xotinjon! – debdi laylak.

      – Biroq, buni bo‘yningga osib ololmaysan-ku! – javob qilibdi moda laylak. – Senga ozuqa ham, hamroh shamol ham yordam berolmaydi!

      Shunday qilib ular uchib ketishibdi.

      Tamarind chakalakzorlarida sayrab yurgan jajjigina bulbul ham shimol tomonga uchishga hozirlanibdi, ilgarigi Xelga Yovuz botqoqlik yaqinida uning sayrashlarini ko‘p eshitgan ekan. U bulbulga ham topshiriq beribdi. Xelga oqqush kiyimida uchgandan beri qush tilida gapirishni o‘rganib olgan ekan, tez-tez laylaklar va qaldirg‘ochlar bilan suhbat quribdi, ular ham buni yaxshi tushunibdi. Bulbul ham uning gaplarini yaxshi uqibdi: qiz undan daraxt shoxlari va toshlaridan qad ko‘targan qabr joylashgan Yutlandiya yarim orolidagi qora qayin o‘rmonida istiqomat qilishni tayinlabdi va undan sayroqi qushlarni qabrga qarab turishga, qabr ustida uchib, tinimsiz sayrashga undashni iltimos qilibdi.

      Bulbul o‘qday uchib ketibdi, vaqt ham shamolday tez o‘ta boshlabdi.

* * *

      Kuz faslida ehrom cho‘qqisida o‘tirgan lochin katta karvonning yaqinlashib kelayotganini ko‘ribdi: ustiga xazina yuklangan tuyalar, yasangan-tusangan qurolli chavandozlar arab tulporlarini gijinglatib kelishayotganmish; quyuq yollari ingichka oyoqlarigacha o‘sib tushgan kumushrang otlar kishnab o‘ynoqlarmish. Aslzoda mehmonlar, ular orasida yosh va go‘zal arab shahzodasi uyalari hozir bo‘sh turgan laylaklarning xojasi, qudratli podshoning saroyiga kelishibdi. Bu payt laylaklar hali shimolda bo‘lib, qaytish vaqtlari ham yaqinlashib qolgan ekan.

      Laylaklar saroyda xursandchilik avjiga chiqqan, to‘y boshlangan kuni qaytib kelishibdi. Shoyi kiyimlarga burkangan, qimmatbaho bezaklar taqqan Xelga kelin, yosh arab shahzodasi kuyov emish. Ular to‘y dasturxoni to‘rida, bobosi va onasining o‘rtasida o‘tirishganmish.

      Biroq, Xelga kuyovning qorachadan kelgan, qat’iyatli yuziga ham, yuziga husn bo‘lib turgan mayin qo‘ng‘ir soqoliga ham, kelinga mehr bilan boqib turgan o‘tli qora ko‘zlariga ham qiyo boqmabdi. U nigohini yulduzlardan bezak taqqan osmonga tikibdi.

      Osmonda to‘satdan qanotlarning shovqini eshitilib qolibdi – laylaklar qaytib kelibdi. Xelganing eski qadrdonlari yo‘lda juda charchaganiga, judayam hordiq chiqargilari kelib turganiga qaramay, ayvonning panjarasiga qo‘nishibdi, ular ikkisi ham saroyda dabdabali to‘y bo‘layotganidan xabardor ekan-da. Mamlakat chegarasiga yaqinlashishlari bilanoq bu xushxabar ularga yetib borgan ekan. Xelga ularning tasvirini saroy devoriga chizishga amir qilgan ekan, bo‘lmasam-chi, laylaklar uning umr tarixi bilan chambarchas bog‘langan-ku.

      – Judayam chiroyli! – debdi laylak.

      – Nihoyatda chiroyli! – debdi xotini ham, – bundan ortig‘ini umid qilmasa ham bo‘ladi!

      Xelga laylaklarni ko‘rgach, o‘rnidan turib, ularning yelkasini silash uchun ayvonga chiqibdi. Keksa laylak bosh egib ta’zim qilibdi, bolalari esa uyada o‘tirib juda ham quvonib ketishibdi.

      Xelga yana osmonga nigoh tashlabdi, tobora yorqinroq nur sochayotgan yulduzlarni tomosha qilibdi. Birdan u o‘zi bilan yulduzlar oralig‘ida judayam tiniq, havodan ham musaffo kimsa uchib yurganini ko‘ribdi. Mana, u Xelgaga yaqinlashibdi, qarasa, o‘ldirilgan xristianmish. U ham samoviy uyidan mana shunday tantanali kunda uchib kelibdi!

      – Samoviy nur hamda go‘zallik oddiy kishilar tasavvur qilgan hamma narsadan yuqori turadi! – debdi u.

      Xelga undan yalinib, o‘zini hech bo‘lmasa bir lahzaga o‘sha yoqqa olib ketishini iltimos qilibdi. Shu paytgacha hech kim bunchalik yalinmagan ekan. U samoviy hashamatga hech bo‘lmasa bir marta ko‘z qirini tashlash uchun izn so‘rabdi.

      U qizni yoniga olib, nur, yorug‘lik va go‘zallik maskani sari uchibdi. Ajoyib, totli sado va fikrlar faqat Xelganing tevaragida emas, balki uning ikki dunyosida, qalbining eng chuqur yerlarida ham eshitilib, jilva qilibdi. U tatib ko‘rgan shirin hislar hech ta’rifga sig‘masmish.

      – Qaytish vaqti yetdi! Seni qidirishyapti! – debdi u.

      – Yana bir lahza! – deb yalinibdi qiz, – yana bir lahza!

      – Qaytish vaqting yetdi! Hamma mehmonlar tarqab ketishdi!

      – Yana bir lahza! Oxirgisi…

      Mana, Xelga yana o‘zini ayvonda ko‘ribdi, biroq… bog‘ va saroy xonalaridagi hamma chiroqlar o‘chibdi, laylaklar ko‘rinmasmish, mehmonlar, kuyov ham yo‘q emish; mana shu uch daqiqa ichida ularning hammasini shamol uchirib ketgandaymish.

      Xelga dahshatga tushibdi, katta kimsasiz zaldan boshqasiga o‘tibdi. U yerda chet el jangchilari uxlab yotganmish! U o‘zining yotoqxonasiga olib kiradigan yon tomondagi eshikni ochibdi, boqqa chiqib qolibdi. Hamma narsa boshqacha bo‘lib ketganmish. Ufq qizarib, tong ota boshlabdi.

      Qiziq, samoda o‘tkazilgan uch daqiqa yerdagi bir tunga baravar kelibdi-ya! Shu payt Xelganing ko‘zi laylaklarga tushibdi, ularni yoniga chaqiribdi, laylak esa boshini baland ko‘tarib, uning gaplariga quloq solibdi va yaqinlashibdi.

      – Sen bizning tilda gapiryapsanmi? – deb so‘rabdi laylak. – Senga nima kerak? Hoy notanish qiz, o‘zing qayerliksan?

      – Axir, men Xelgaman! Nahotki meni tanimayotgan bo‘lsang? Bundan uch daqiqa burun sen bilan anavi ayvonda gaplashdim-ku!

      – Yo‘q, aldayapsan! – debdi laylak. – Bularning hammasini tushingda ko‘rgan bo‘lsang kerak!

      – Yo‘q, yo‘q! – debdi qiz va unga vikingning qasri, yovvoyi botkoqlik va bu yoqqa uchib kelishlarini eslatibdi.

      Laylak ko‘zlarini pirpiratib turib shunday debdi:

      – E-he,