Название | Кинода режиссура ва драматургия |
---|---|
Автор произведения | А. Митта |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978–9943–4497‒2‒5 |
О‘ldirilgan qizning singlisi u о‘ldirilgan uyga yashirincha kirib oladi. U qotil hozir ham uyda yashirinib turganini bilmaydi. Biz esa bilamiz. Bu «Ruhiyat» dan bir holat. Saspens.
Nima, Xichkokgacha hech kim saspens haqida bilmasmidi? Bо‘lishi mumkin emas. Shekspir drama san’ati haqida hamma narsani bilgan va ulardan foydalangan, albatta saspensdan ham. Aynan о‘z о‘rnida – taranglik kuchaygan paytda foydalangan.
Romeo Julyettaning о‘limi haqida eshitib, uning tobuti tomon uchadi. U Julyettaning о‘zini о‘lganga solib yotganini bilmaydi. Biz esa buni bilamiz va u sevgilisining oldida uning uyg‘onishiga bir on qolganida о‘lishini kо‘rib, umidsizlikka tushamiz va unga rahmimiz keladi.
Saspens haqidagi dastlabki tasavvurni men hali bolaligimda, bolalar teatrida kо‘rgan edim. Bо‘liq kо‘krakli ayol kо‘rinishidagi quyoncha sahna bо‘ylab sakrar va:
– Qanday ajoyib uycha! Unda men tulkidan yashirinaman. U yerda meni yeya olmaydi!– der edi.
Quyon tulkivoy tomga chiqib olganini va ichiqoralik bilan tishlarini g‘ijirlatayotganini bilmas edi. Zaldagi tomoshabinlar buni kо‘rib turardi va tashvishga tushishardi. Ular quyon tomonida edi, u bilan ma’naviy birlikda edilar. Birinchi qatordagi qizcha kaftini og‘ziga qо‘ygan holda quyonga aytib turardi:
– Quyoncha, uychaga kirma. Tomda tulkivoy yashirinib olgan. Ammo quyon eshitmaydi. U sahna bо‘ylab sakraydi va о‘rmonda qanday ajoyib uycha topib olgani haqida qо‘shiq kuylaydi. Shunda, chamasi beshinchi qatordagi, ikki bola qattiqroq uni ogohlantiradi:
– Ey, quyon! Yuqoriga qaragin! Tomga!
Ammo quyon eshitmaydi. Hozir u uyga kiradi, ana, eshik tutqichini ham ushladi. Shunda mening yonimdagi sakkiz yoshlardagi sepkilli, uch-tо‘rt tishlari tushgan bola о‘rnidan sakrab turib, butun zalga eshitiladigan qilib baqira boshladi:
– Ey, g‘ilay, о‘laksa, qochsangchi! Tomda tulki bor!
Mana shu narsa saspensdir. Qahramon xavf ostida. Biz undan kо‘ra kо‘proq narsa bilamiz va u haqida tashvishga tushamiz. Bu ochiq saspensdir.
Shuningdek, yopiq saspens ham bor. Xavf-xatar borligini bilamiz, ammo u qayerda yashiringanligini bilmaymiz, qahramon ham buni bilmaydi. U maqsad sari yetib borishi lozim, ammo u raqiblarni yengib о‘ta oladimi?
Bu hissiy, masalan, futbol saspensidir. Biz ular uchun ishqibozlik qiladigan yaxshi bolalarning olijanob va sevimli komandasi chempionatda g‘olib bо‘lishini istaymiz. Ularga yomon bolalardan tashkil topgan raqiblar komandasidagi «yaramas»lar xalaqit qiladilar. Qancha qon tо‘kildi, qancha mushtlashuvlar va jarohatlar bо‘lib о‘tdi! Bularning hammasi saspens tomoshabinlarni о‘ta kuchli hayajonga keltirgani uchundir. U tomoshabin quvvatining aql bovar qilmas qо‘zg‘atuvchisidir.
Maykl Korleone otasining qotillarini jazolash uchun bir о‘zi dushman lageriga jо‘nadi. Biz restoran hojatxonasida u foydalanishi kerak bо‘lgan tupponcha yashiringanini bilamiz. Qotillar esa bilmaydilar. Voqealar qanday davom etadi?
Maykl Korleone unitaz bachogi orqasida yashiringan tо‘pponchani topdi. Hozir u qotillarga о‘q uzadi. Qotillar unga nimalardir deydi, u javob beradi, sо‘nggi marta dushmanlarni о‘ldiribgina otasining hayotini saqlab qolishiga ishonch hosil qiladi. Ammo bizni sо‘zlar emas, balki bu sahnadagi futbol hayajonga soladi. Qanday qilib Maykl о‘zining ikki tо‘pini dushman kallasiga uradi? Biz Maykl bilan birgalikda xavf-xatar, tahlika va butunlay noaniqlik yо‘lidan boramiz. Keyingi daqiqada nima bо‘lishini hech kim ayta olmaydi. Tahlika shu yerda va ayni tobda tajovvuz qilayapti. Dushmanlar qahramonga nisbatan kuchli. Ammo u yengib chiqishi kerak! Biz shuni istaymiz! Bu saspens.
Biroz oldin qurolsiz Maykl kasalxonadagi yaralangan otasini ziyorat qiladi va otasi himoyasiz ekanligining, tansoqchilar olib tashlanganining guvohi bо‘ladi. Ha demay, unga qotillar keladi. Maykl paltosining yoqasini kо‘taradi, qо‘llarini chо‘ntaklariga tiqadi: u xuddi qurollangan qо‘riqchiga о‘xshaydi. Bizgina uning qurolsiz va himoyasiz ekanligini bilamiz. Dushmanlar buni bilishmaydi. Bu chigaldan u qanday chiqib ketadi? Shunday daqiqalarda film bizlarni о‘z iskanjasiga oladi va tom ma’noda ekran tomon sudraydi. Biz о‘sha yerdamiz, qaynoq muhabbatimiz sohibi bо‘lgan Mayklning vujudidamiz, u uchun о‘zimizga qayg‘urgandek qayg‘uramiz. Bularning hammasini bizdagi saspens amalga oshiradi.
Xufya sevishganlar bir-birlarining og‘ushida о‘zlarini baxtli sezishadi. Ular qahramon ayolning eri safarini tо‘xtatganini, ularga yaqin… shunday yonlarida… kalitni eshik qulfiga tiqmoqchi bо‘lib turganini bilishmaydi. Latifadagi holatmi? Yо‘q, biz kuladigan ahvolda emasmiz, biz tarang ahvoldamiz. Bu saspens. U qahramon ayolni va bizni baxtiyorlikdan umidsiz holatga tushiradi.
Qahramon dushman idorasida muhim bir hujjatni qidirmoqa. Shu paytda qarovul binoni nazoratdan о‘tkazayapti. Harakatlarda saspens kо‘rinadi.
Qizil Shapkacha о‘rmon bо‘ylab buvisinikiga bormoqda. Bо‘ri bо‘lsa tishlarini g‘ijirlatganicha, archalar orasidan uni kuzatib borayapti – bu saspens. Bolalarning kо‘zlari hayajondan chaqnaydi. Shapka kiygan buvi Qizil Shapkachani kо‘rpa ostida kutib oladi. U buning buvi emas, bо‘ri ekanligini bilmaydi. Bolalar esa bilishadi, qо‘rquvdan dag‘dag‘ titrashadi va bundan keyin nima bо‘lishini bilishni istashadi. Bu saspens.
«Bahorning 17 lahzasi» filmining afsonafiy muvaffaqiyatini saspens ta’minlaydi – qahramon hamisha uning kuch-qudratidan aql bovar qilmaydigan darajada kuchli bо‘lgan xavf-xatar markazida bо‘ladi. Biz unga ishonamiz, uni sevamiz, uning taqdiridan xavotirga tushamiz. Dushman qancha kuchli bо‘lsa, saspens shuncha kuchli bо‘ladi.
Saspens – bu seni ta’qib qiluvchi kishining nafasi sezilib turadigan holat – notо‘g‘ri qо‘yilgan bir qadam seni halokatga olib keladi. Boshqa shahardan telefon orqali qilingan о‘lim tahdididan tomoshabin anchagina kam saspens quvvatini oladi. Ufqda paydo bо‘lgan quyun – qiziqishdan boshqa narsa uyg‘otmaydi. Quyun qahramon uyining tomini uchirib ketsa, siz yaxshigina saspens olasiz.
Qutilish uchun imkoniyat qancha kam bо‘lsa, saspens shuncha kuchli bо‘ladi. Siz qahramonning dramatik holatidagi alternativ (qarshi) omilni kuchaytira borib, saspensning oshib borishini rejalashtirishingiz mumkin. Saspens – boshqariladigan omil.
Sizning: eh, qanchalik jо‘n, deb ensangiz qotayapti! Yо‘q! Saspens – kino poetikasining aynan yuragida turuvchi narsa. Unda kino tilining barcha qoidalari va shartliliklari о‘ta ishonarli tarzda amal qiladi.
EYZENSHTEYNNING SEHRLI VAQTI
Saspens, bizning xohishimizga kо‘ra, vaqtni qisqartiradi yoki chо‘zadi. Xichkok: saspensning hal qiluvchi paytida vaqt chо‘zilishi kerak, deb ogohlantiradi. Har bir soniya kerak bо‘lsa о‘nlab marta chо‘zilishi mumkin. Bu narsa tomoshabinni emotsional jalb qilish uchun yordam beradi.
Bu qanday sodir bо‘ladi? Biz vaqtni montaj paytida, bir onning о‘zini turli kо‘rish nuqtalaridan kо‘rsatish orqali chо‘zamiz. Xichkokda, uning deyarli har bir filmda bunday sahnalar mavjud.
Ammo biz bu narsani birinchi marta Xichkokda kо‘rgan emasmiz. Buni Eyzenshteyn «Potyomkin» bronenosetsi filmidagi «Odessa zinapoyasida otishma» sahnasida kо‘rsatgandi. U yerda otishma bir necha kо‘rish nuqtalaridan kо‘rsatilishi tufayli bir necha daqiqalik vaqt 5-6 daqiqaga chо‘zilgan edi. Bundan tashqari, u yerda shartli makon ham ishga solingandi. Voqelikdagi zinapoya uning ekrandagi talqiniga nisbatan 10-12 marta qisqa edi.
Demak, kino tilining shiddatli jilolaridan faqat kо‘ngilxushlik sanoatidagina qо‘llanilmas ekan. Amalda, san’at va kо‘ngilxushlik о‘rtasida aniq bir chegara yо‘q-ku.
«Ekipaj» filmida men shartli, uzaytirilgan vaqtdan kо‘p marta foydalanganman. Masalan, zilzila epizodida, samolyot olov qurshovida qolgan maydonda uchib borayotganida. Ekranda montajdan keyin u texnologik haqiqatdagiga