Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Читать онлайн.
Название Кинода режиссура ва драматургия
Автор произведения А. Митта
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978–9943–4497‒2‒5



Скачать книгу

Keyinchalik ssenariy bо‘yicha durdona asar yaratadi.

      Filmning falsafasi ziyon kо‘rmadi. Garchi omma idrokiga moslashtirilgan bо‘lsada, mazmunning chuqurligiga putur yetmadi. Film о‘zi uchun nima kerak bо‘lsa shunga – shakl sifatida dramatik peripetiyalar tuzilmasiga ega bо‘ldi. Chunki dramatik peripetiyalar film yaratish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Uning yordamida bayon qilingan voqealar tugallangan shakl sifatida namoyon bо‘ladi. Xudo drama mayli bilan siylagan dramaturglar bu shaklni intuitiv –ichki tuyg‘u bilan his qiladilar.

      DRAMATIK PERIPETIYA VOQEAGA BО‘LGAN QIZIQISHNI ORTTIRADI

      Bir safar men bunday «bexosdan»larning universal ta’siri haqidagi fikrim bilan og‘aynim, taniqli fantast Kir Bulichyev bilan о‘rtoqlashdim. U shunday dedi:

      – O, men hamisha shunday ishlayman. Faqat menda boshqa formula, «bexosdan» emas, balki «bu onang emas».

      – Bola uyga keladi, eshikni taqillatib, qichqiradi:

      – Oyi, oching – bu men!

      – Eshik sekin ochiladi, ammo bu onasi emasdi.

      – Unda kim edi?

      – Halitdan qiziqa boshladingmi?

      Bir kutilmagan narsadan boshqasiga tomon boruvchi dramatik peripetiyalar zanjiri – qiziqarli hikoya borishi mumkin bо‘lgan eng maqbul yо‘ldir.

      Barcha sarguzashtlar nimalardan iborat? Dramatik peripetiyalardan.

      Qahramonlar bilan turli hodisalar bо‘lishi mumkin. Muallif bо‘lishi mumkin bо‘lmagan xavf-xatarlarni о‘ylab topadi. Tuzilma bо‘lsa dramaning birdan-bir hujayrasi: xavf-xatar – baholash – qutulishni, ya’ni: baxtsizlik – baholash – baxt formulasini takrorlaydi.

      «Yо‘qolgan kema qidiruvchilari»ning boshini, Indian Jonsning Janubiy Amerikadagi sarguzashtlarini esga oling. Bir daqiqa ichida u о‘n marta muqarrar о‘lim xavfi ostida bо‘lishga va xavf-xatarni bir zumda baholab, yana ajalga rо‘baru bо‘lish uchun undan qochib qolishga hamda darhol keyingisiga duch kelishga ulguradi. Siz: bu «sanam»ning yо‘lida, deyishingiz mumkin.

      «Chо‘qintirgan ota»ning mijozi va og‘aynisi, kinoaktyor, xonanda va sо‘nib borayotgan kinoyulduz umidsizlik girdobida. Yangi filmdagi bosh rol uni yana yulduzga aylantirishi mumkin. Ammo u bu rolni ololmaydi.

      Don Korleone bu ishni tо‘g‘rilash uchun Gollivudga о‘z advokatini yuboradi. Biz allaqachon Korleone oilasi – ta’siri kuchli qavm ekanligini bilamiz va bu ishdan muvaffaqiyat kutamiz. Ammo bexosdan advokatni pavilondan qо‘pol tarzda haydab solishadi. Muvaffaqiyatga intilgan edi, ammo kutilmaganda – omadsizlik.

      Buning orqasidan taniqli Gollivud rejissori bu surbet advokatning kim ekanligini aniqlashni sо‘raydi. Bexosdan advokatni juda katta e’tibor bilan qabul qilishadi. Omadsizlik bо‘lgandi, bexosdan – muvaffaqiyat. Rejissor hurmatli mehmonga uyni, bog‘ni, bebaho sevimli toychog‘i saqlanadigan otxonani shaxsan о‘zi kо‘rsatadi.

      Ammo tushlik paytida advokatni muvaffaqiyatsizlik kutayotganligi aniq bо‘ladi. Aktyor hech qachon rol ololmaydi. Rejissor uni pastga urgan, sharmanda qilgan va bor budidan ayirgan bu yaramas aktyor haqida gapirganda g‘azab otiga minadi. Advokat xafa bо‘ladi, u mag‘lubiyatga rozi bо‘lganday edi.

      Ammo tunda rejissor bexosdan о‘z yotog‘ida qonga belangan holda uyg‘onadi. Uning oyoqlari ostida toychoqning, uning sevimli bebahosining kesilgan boshi yotardi. Larzaga tushgan rejissor dahshatdan qichqirib yuboradi. Karleone g‘alaba qiladi – aktyor rol oladi. Muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizlik – muvaffaqiyat – muvaffaqiyatsizlik. Bu mohiyatan baxt – baxtsizlikning о‘zidir.

      «Chо‘qintirgan ota» – «boy berilgan qalblar» faoliyat kо‘rsatadigan film. «Tanishlarimiz» haqidagi filmlarda dramatik peripetiyalar qanday zohir bо‘ladi? O, aynan mana shu joyda ularning tо‘liq tantanasi namoyon bо‘ladi. Biz bu qahramonlarni juda yaxshi tushunamiz. Ularning barcha quvonch va alamlari hech bir qiyinchiliksiz dramatik peripetiya zanjiriga о‘rilib ketadi. Yuzlab seriyali «sovun kо‘piklari» nima bilan ushlab turiladi? Dramatik peripetiyalar (mojarolar) shodasi bilan. Har daqiqada yangi «bexosdan» yuz beradi. Har safar, tomoshabin personajning yо‘ldagi kutilmagan yangi tо‘siqdan kо‘ngli chо‘kkanida va tо‘siq topqirlik bilan yengib о‘tilganida, u qahramon bilan ruhiy yaqinlashadi.

      Bu filmlarda dramatik peripetiyalar uchun maksimum yoki ortiqcha miqdor mavjud emas. Minimum mavjudmi? Minimum bor.

      Dramatik holatning uch pardali rivojlanishida har bir parda keyingisiga burilish nuqtasi orqali о‘tadi. Mana shu nuqta aynan о‘tkir, yorqin ifodalangan dramatik peripetiyadir.

      «Ayol hidi» – zamirida ikkita ajoyib bayon qilingan kuchli peripetiya yotuvchi filmdir.

      Kо‘zi ojiz polkovnik (bu rol uchun Al Pachino «Oskar» bilan mukofotlangan) yosh kotib-yetaklovchi hamrohligida katta shaharga boradi. Bu xayirli safarga о‘xshab kо‘rinadi. Ammo bexosdan polkovnik о‘z-о‘zini о‘ldirmoqchi ekanligi ma’lum bо‘ladi. Unga yashashning keragi yо‘q. Yosh kotibi u bilan kurashadi va gо‘yo vaqtincha natijaga erishadi. Ammo yigitchaning о‘ziga kollejda adolatsiz sud xavf soladi. U tomonidan qutqarib qolingan polkovnik sudda sо‘zga chiqib, yigitni himoya qiladi. «Baxt sari» peripetiyai polkovnikni hayotdagi tо‘la mag‘lubiyatdan tо‘laqonli baxtiyorlikka kо‘taradi. U bir necha ming yigitchalarning guldiros qarsaklariga sazavor bо‘ladi. Uning prinsiplari yosh avlod uchun muhim va foydali bо‘lib chiqadi. Bundan tashqari, bu prinsiplar kelajakda uning umr yо‘ldoshi bо‘lishi mumkin bо‘lgan ayolni ham qoyil qoldiradi.

      Biz dramatik peripetiyalar yо‘nalishlari bо‘yicha harakat qilar ekanmiz, orqamizdan tomoshabinni goh umidsizlik girdobiga, goh tо‘liq baxtiyorlik chо‘qqilariga ergashtirib boramiz. Filmda asos bо‘lib xizmat qiluvchi ikkita peripetiya bor edi, ammo bundan tashqari film davomida kо‘plab mayda peripetiyalar ham sodir bо‘ladi. Ba’zan umidvorlikdan umidsizlikka, baxtiyorlikdan baxtsizlikka tomon g‘ira-shira zohir bо‘luvchi burilishlar ham personajlarning bо‘ronli dengizdagi kemasini chayqatib tashlaydi. Gо‘yoki ularning hech biri hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Biz qanchalik kо‘p hayajon qо‘zg‘atishni istasak, bizga shunchalik kо‘p peripetiyalar zarur bо‘ladi. Mumtozlar buni yaxshi tushunar edilar.

      AXBOROTLAR MINIMUMIDA MAKSIMUM EMOTSIYALAR

      Shekspir, agar unga kerak bо‘lsa, eng kam axborotlar bilan peripetiyalar orqali hissiyotlar bazmini vujudga keltirar edi. Mana, misol uchun, kichkinagina, о‘tkinchi bir sahnacha, unda enaga Julyettaga Romeoning shahardan haydalganligi haqida aytadi. Hamma xabar ikki jumlaga jamlangan: «Tibald о‘ldirildi. Romeo quvildi». Bu xabardan Shekspir nimalar chiqarib olganini kо‘ring.

      Dastlab Julyetta baxtiyor, u haligina maydonda yuz bergan fojiadan xabarsiz. U seviklisi bilan uchrashish orzusida. Enaganing «О‘ldirildi! О‘ldirildi!» – deb qichqirishi uni esankiratib qо‘yadi. Julyetta Romeo о‘ldirilgan bо‘lsa kerak, – deb о‘ylaydi. Julyetta umidsizlik zulmatiga tashlanadi. Yо‘q, Romeo tirik – Julyetta yana baxtiyor, ammo uning eri – akasining qotili – Julyetta Romeodan g‘azablanadi. Uning qalbida sevgi va g‘azab kurashadi va sevgi g‘olib chiqadi –mojaroda Romeo emas, balki Tibald halok bо‘lgani tufayli uning kо‘zlarida sevinch yoshlari qalqiydi. Romeo tirik – eng asosiysi mana shu! Faqatgina shundan so‘ng Julyetta xabarning butun tafsiloti bilan tushunib yetadi: Romeo haydalgan! Julyetta uni boshqa kо‘rmaydi. Bu esa uning uchun minglab Tibaldlarning о‘limidan kо‘ra qо‘rqinchliroqdir. U umidsizlikka tushadi.

      Bu kichik sahna bizga dramada axborot (informatsiya) faqatgina biz tomoshabinda qо‘zg‘atishimiz lozim bо‘lgan tuyg‘ular vositasi ekanligini yodimizga tushiradi.

      Shekspir nafaqat dramaturg, balki о‘z pyesalarining