Кинода режиссура ва драматургия. А. Митта

Читать онлайн.
Название Кинода режиссура ва драматургия
Автор произведения А. Митта
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978–9943–4497‒2‒5



Скачать книгу

niqobi ostida yashringan bо‘ladi. Farishta shunchalik yaxshi о‘ranib olgan bо‘ladiki, uni birdaniga tanib bо‘lmaydi. Bir-biri bilan kelisha olmaydigan raqiblarni – protagonist va antagonistni – topish hamda bilib olish – bu bizning vazifamizdir. Bizning muammomiz – personajlarning murakkab va kо‘pma’noli, ma’nosi о‘zо‘zicha kо‘rinib turmaydigan konfliktlariga oydinlik kiritishdir.

      Har bir yosh ijodkorning hayotiy tajribasi uning tasavvuri tufayli tug‘ilgan, hali hech kim tomonidan bayon qilinmagan va hech bir tanilmagan personajlar va holatlarni о‘rtaga tashlaydi. Personajlar – sizning noyob boyligingizdir, ammo ularni konfliktda tanib olish usullari anchayin universaldir. Personajlardagi farq qanchalik kuchli bо‘lsa, konflikt shunchalik yaxshi rivojlanadi.

      Tafovutlarni topish – ijodkorning vazifasidir, bu tafovutlarni konfliktda yuzma-yuz qо‘yish – kasb ustalarning texnologiyasidir.

      Chexov personajlaridagi tafovutlarga qaraymiz. Tanlab о‘tirmasdan qо‘lga tushgan istalgan bir novellani olsangiz ham g‘ayrioddiy va sо‘nggi chegarasiga yetkazilgan tafavutlarni kо‘rishingiz mumkin.

      A.Chexovning «Verajon» («Verochka») hikoyasi

      Ivan Alekseevich Ognev va Verochka – yolg‘iz, bir ijtimoiy darajadagi yoshlar. Ularning muhabbatiga nima xalaqit qiladi? Qiz 21 yoshda, yigit 29 da. Juda munosib, shunday emasmi? Verochka sarvqomat, chiroyli. U Ognevga butun vujudini qamragan, olovli muhabbatni izhor qiladi. Qiz lov-lov yonmoqda. Yigit bо‘lsa mutlaqo jonsiz, sovuqqalb, hissiyotlarga uquvi bо‘lmagan shaxs. Verochka titraydi va lovullab yonadi. Ognevning qalbi bо‘lsa muz emas, balki hatto toshning bir bо‘lagi. Verochka kо‘z yoshlari orasidan unga: «Men… men sizni sevaman», deb muhabbatini izhor qilmoqda. Ognevda esa bu izhor taraddud va qо‘rquv uyg‘otadi… U seva olmasligini aniq tushunadi: «Veradan yaxshi ayolni hech qachon uchratmaganman va hech qachon uchratmayman ham. O, it qarilik! 30 yoshdagi qarilik…»

      Chexov bizga qarama-qarshi tomonlarning – sevgiga boy, о‘zini sevgan kishisiga baxshida qilishga chanqoq otashin ojiz hilqat va begona sayyoradan kelganday ta’sirsiz, hissiyotsiz qahramonning ajablanarli konfliktini ochib bergan. Kо‘rayapsizki, qarama-qarshi tomonlar – nafaqat qonun doirasidagi kishilar va jinoyatchilar, boylar va о‘g‘rilar, kovboylar va hindular ekan.

      Oddiy ishchi formulani bilib olaylik: konfliktda farishta va iblis singari qarama-qarshi tomonlarning konfliktini izlash kerak. Muhabbat va qalb pokligini ifodalovchi barcha narsalar – bu farishtaga xos, nafrat, loqaydlik, о‘lim olib keluvchi barcha narsalar – iblisga xosdir. Muhabbatga layoqatsizlik – bu о‘lim. Bu tashxis: «30 yoshdagi qarilik». Badiiy tо‘qimadagi ikkita g‘aroyib hayotiy va tutruqsiz xarakterlar. Karkasda bо‘lsa farishta iblis bilan tо‘qnashayapti.

      Mana bu esa «Zinajon» («Zinochka») hazil-mutoyibasi – bu yerda farishta iblis bolasi bilan: birinchi muhabbati oldida ojiz yoshgina guvernantka Zinochka va uning orqasidan poylab yuruvchi о‘quvchisi, sakkiz yoshli tо‘polonchi, xо‘jayinlarning о‘g‘li duch keladi. Chexov xuddi muhabbat singari kuchli bо‘lmish nafratning tug‘ilishi hodisasining paydo bо‘lishini ifodalaydi. Bu narsa mana, 100 yildan sо‘ng ham aql bovar qilmaydigan, hayratga soluvchi, yorqin holatdir. Personajlarning: muhabbat olovi og‘ushidagi ojiz hilqat va befahm, muhabbat nimaligini bilmaydigan, kutilmaganda unga berilgan hokimiyat tufayli kuchli bо‘lib qolgan kichik yoshli ablaxning о‘zaro qattiq qarama-qarshi asosda turishidir.

      «Men uxlash uchun yotganimda, odatiga kо‘ra, men kiyimimda uxlab qolmadimmi va Xudoga ibodat qildimmi?, shuni bilish uchun Zinochka bolalar xonasiga kirdi. Men uning chiroyligina baxtiyor chehrasiga qaradim va iljaydim. Sir meni ichimga sig‘may, tashqariga chiqishga intilardi. Bu haqda ishora qilish va uning ta’siridan lazzatlanish kerak edi.

      – Men bilaman! – dedim tirjayib.

      – Nimani bilasiz?

      – Hi-Hi! Men sambittol oldida Sasha bilan qanday о‘pishganingizni kо‘rdim. Men orqangizdan bordim va hammasini kо‘rdim…

      Zinochka chо‘chib tushdi, qip-qizarib ketdi va men qilgan ishoradan esankiragan holda ustiga suv tо‘la stakan va shamdon qо‘yilgan stulga о‘tirib qoldi.

      – Men sizlar qanday… о‘pishganlaringni kо‘rdim… – dedim men qiqirlab va uning dovdirashidan maza qilib. – Aha! Mana, onamga aytib beraman».

      Konflikt paydo bо‘ldi va jadallik bilan halokat sari yeldek uchib bormoqda. Biz konflikt – dramatik holat rivojlanishida asosiy vosita ekanligini allaqachon tushunib oldik. Har bir personajning о‘z dramatik holati bо‘ladi va ular konfliktda tо‘qnashadilar. Dramaning hayoti – bu konfliktdagi kurash, ikki dramatik holatning olishuvidir.

      DRAMATIK HOLATNING KONFLIKTDAGI RIVOJI

      Dramatik holat boshlanishda taranglikni vujudga keltiradi. Qahramon ilojsiz holatda. U bundan qanday chiqadi?

      Amerikaliklar qoidasida: dramatik konfliktdagi yovuzlik ijtimoiy yoki ekologik voqeada ifodalanishi mumkin emas, deyiladi. U falsafiy kategoriya sifatida yuzaga chiqa olmaydi. Yovuzlik albatta konkret antagonist qiyofasida jamlangan bо‘lib, u qahramon bilan shu yerning о‘zida va shu tobda kurashadi. Bunday yovuzlik tomoshabinni emotsional hamdardlikka hamma narsadan kо‘ra kuchliroq jalb qiladi, u rivojlanishi davomida kutilmagan voqealarga boy bо‘ladi.

      Yovuzlik tashuvchi personaj har qanday falsafiy g‘oyani ifodalashi mumkin, ammo buni sо‘z bilan emas, balki konfliktdagi xatti-harakati bilan qiladi. Agar u irqchi bо‘lsa, u nutq irod qilib о‘tirmaydi, balki negrlarni yoki yahudiylarni о‘ldiradi. Yovuzlik konfliktda о‘z xarakteri va shaxsiy manfaatlariga ega bо‘lgan aniq odam – antagonist kо‘rinishiga ega bо‘lishi kerak. О‘z xatti-harakatlari bilan raqib qahramonga savollar qо‘yadi. Qahramon xatti-harakatlari bilan unga javob beradi. Dramatik holatdan konflikt mana shu tarzda rivojlanadi. Savol – javob – savol – javob. Har bir voqea shunday bayon qilinadi, uni ikki kishi: qahramon va uning raqibi – antagonisti hikoya qiladi.

      Konfliktda hamisha ikki tomon: ikki shaxs, ikki guruh, ikki armiya yoki bir kishi hamma bilan tо‘qnashadi, ammo bu «hamma» konflikt uchun bir shaxs – antagonistdir. Har qanday holatda ham ikki shaxs bо‘ladi. Hatto sahnada birgina odam harakat qilsada, u konfliktning qatnashchisidir. Uning irodasi mavjud bо‘lmagan raqib bilan tо‘qnashishi mumkin. Hech bо‘lmaganda, u ichki konfliktni rivojlantirishi mumkin – qahramonning ruhidagi shayton uning qalb farishtasi bilan kurashadi. «Men istayman» kabi irodaviy xatti-harakat mavjud bо‘lgan hamma yerda u faqat konfliktdagi tо‘siq bilan tо‘qnashgandan sо‘nggina kо‘rinuvchan va tushunarli bо‘lib qoladi.

      Hamma sahnada ham konflikt tashqariga chiqavermaydi, ammo u hamisha mavjud bо‘ladi va rivojlanib boradi. Ba’zi sahnalar konfliktni tayyorlaydi, boshqalari uni anglashga harakat qiladi. Ammo ular hamisha konflikt bilan bog‘liqdir. Nimaiki konflikt bilan aloqador bо‘lmasa, u drama uchun ortiqchadir.

      Filmlarda iblis va farishtaning xatti-harakatlari osongina bilib olinadi. Ammo hayotda iblisni dastlabki paytda bilib bо‘lmaydi va farishta ham xarakterlarning himoyalovchi niqobi ostiga yashiringan bо‘ladi. Iblis va farishta – barcha konfliktlari yetarlicha aniq bо‘lgan melodramaning personajlaridir. Dramada har bir personaj qalbida iblis va farishta kurash olib boradi. Ular ichki konfliktni yaratadilar. Ularni tushunib yetish hamisha ham oson emas.

      Protogonist va antagonist dramada kо‘p hollarda biri yomon, boshqasi esa yaxshi bо‘lgani uchun kurashmaydi. Yо‘q. Faqat ularning ikkisi ham dramatik holatga ularning taqdirlari tо‘qnash kelgan va kelishish mumkin bо‘lmagan umumiy muammo tufayli jalb etilgandir.

      Er va xotin ajrashishdi, bolani bо‘lib ololmayaptilar. Ularning ikkalasi ham yaxshi odamlar, ikkalasi ham bolani yaxshi kо‘rishadi. Bola ham ularni yaxshi kо‘radi. «Kramer Kramerga qarshi» filmini esga oling. U yerda kuchli, rivojlangan konflikt, odamlarning esa hammasi yaxshi. Ammo ularning kurashayotgan maqsadlari bir-biriga mos emas.

      Konfliktning markazida eng muhim hayotiy