Название | Кинода режиссура ва драматургия |
---|---|
Автор произведения | А. Митта |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978–9943–4497‒2‒5 |
Sanab о‘tilgan alternativ omillar rо‘yxati shuni kо‘rsatadiki, bularning hammasi fojiaviy alternativalarni kuchayib borish bosqichlaridir. Bularda optimizm unchalar ham kо‘p emas. Ammo drama alifbosi aytadiki, dramaning optimizmi nafaqat baxtiyor, balki fojiaviy xotimada ham ifodalanadi, bunda xotima qahramon uchun mumkin bо‘lgan aniq holatlar ichidagi eng yaxshi yechim bо‘ladi.
Hamma narsa «insoniyatga tahdid» shu yerdagi va ayni shu paytdagi har bir kishiga tahdid soluvchi omil bо‘lib qolishiga olib boriladi. Ziyrak aql egalari uchun bu vaqt allaqachon kelib bо‘ldi.
DRAMATIK HOLATLARDAGI ARXETIPLAR
Hojatxonada siyishdan qо‘rqadigan tо‘rt yoshli bir bolani bilardim. Akasi, sakkiz yoshli galvars, unga u yerda, suvda kalamush yashashini aytgan: bolakay siyayotganida kalamush chiqib, uning chukini tishlab oladi. Bu bolakayning hayoti azobdan iborat edi. Har safar siygisi kelganida u akasidan, hojatxonada kalamush bor-yо‘qligini tekshirib berishni iltimos qilardi. Akasi bо‘lsa doimo nima bilandir band bо‘lar, ammo mayli, bir bо‘lak saqich evaziga hojatxonaning xavfsizligini tekshirib berar edi.
Bir safar kechki payt bolakay bir о‘zi qoladi. Butun oila mehmonga ketgan, bolakayni uxlashga yotqizishgandi. U uxlay olarmidi? Nazarida kalamush koridor bо‘ylab yugurayotganday, u bolakayni bir о‘zi qolganini bilib, о‘zining qarindosh-urug‘larini idishlarni ichini tekshirib kо‘rgani olib kelganday bо‘lardi. Ustiga, bolakayning siygisi ham kelardi. Tо‘shakka siyib qо‘ysa ham bо‘laverardi-yu, ammo bu bilan akasiga kulgi bо‘lardi. Va nihoyat bolakay qо‘rquvdan titrab-qaqshab xavfli sayohatga chiqadi. Va qahramonlik qildi! Hatto: «Ey, sen, kalamush, men sendan qо‘rqmayman!» – deb qichqirdi. Keyin g‘izillaganicha orqaga, kо‘rpasi himoyasiga yugurdi. U shunchalik baxtiyorki, hatto uxlay olmaydi. Mehmondan qaytgan ota-onasi unlan xavotirda: «Kasal-pasal bо‘lib qolmadimikan?» Bolakay: «Men siydim!» – deb qichqiradi va oyisining qо‘llariga yashiringanicha yig‘lab yuboradi.
Dramatik holat bolakayni burchakka siqib qо‘ydi. U о‘z xarakteridagi barcha imkoniyatlarni ishga tushirdi va hamma tо‘siqlarni: о‘ziga hurmatni yо‘qotish tо‘sig‘ini, iroda tо‘sig‘ini, mardlik tо‘sig‘ini yengib о‘tdi. U harakat qildi va konfliktda g‘alaba qozondi.
Nima deb о‘ylaysiz, bu tо‘siqlar Shvartsenegger uchun muammo tug‘dirarmidi? Yо‘q. Siz uchunchi? Siz uchun ham yо‘q. Agar rostdan ham kalamush bо‘lsachi? Bolakay uchun u rostdan ham bor edi. Siz nima qilishni о‘zingizga havola, men bо‘lsam bunday hojatxonaga bormas edim. Mening kam jihatlarim Shvartseneggerga, kо‘p jihatlarim shu bolakayga о‘xshab ketadi.
Husnbuzar toshgan о‘smir uchun «5V Malikasi» bо‘lmish о‘z sinifdoshini kinoga taklif qilish – о‘tib bо‘lmas tо‘siqdir. Don Juan uchun esa Seviliya yoki Grenada gо‘zali bilan tanishish, uni maftun etish va u bilan sevgi oqshomini о‘tkazish hech bir muammo tug‘dirmaydi. Men esa bunday qila olmasdim. Bizda о‘zimizga xos tо‘siqlar doirasi, supermenlarda bо‘lsa о‘z doirasi mavjud.
Amerikaliklar har xil personajlar qanday qilib dramatik holatlarni yengib о‘tishi haqida ulkan statistik material tо‘plaganlar. Ularni tо‘rt guruhga bо‘lishgan:
1. «Tanishlarimiz».
2. «Underdog» («Anderdog – raqib tomonida ezib tashlangan it»).
3. «Boy berilgan qalblar».
4. «Sanamlar».
Bu kategoriyalarni bilishning nima foydasi bor? Har bir personaj uchun u tо‘siqlarini yengib о‘tishi mumkin bо‘lgan dramatik holat chegarasini bilsak yaxshi bо‘lardi.
Bu chegara nafaqat personajning shaxsiga, balki personaj tegishli bо‘lgan darajaga ham bog‘liqdir. Qotillik, masalan, «Tanishlarimiz» uchun о‘tib bо‘lmaydigan tо‘siqdir. U personajni «boy berilgan qalblar» kategoriyasiga о‘tkazadi. Endi u iblis og‘ushiga, jahannam tubiga tushib boradi. «Boy berilgan qalblar» о‘ldirishadi, jinoyatchiga aylanadi, «sanamlar» bо‘lsa о‘ldirishaveradi, о‘ldirishaveradi – ammo ularning boshlari ustidagi avliyolik nurchambari hech sо‘nmaydi.
Har bir guruh uchun dramatik holatning va personaj harakat kо‘rsatadigan konfliktlar va axloqiy maydoning eng sо‘nggi chegarasi qat’iy aniqlangandir.
1. «Tanishlarimiz»
Bu siz bilan biz, dо‘slarimiz, xizmatdoshlarimiz, bir kо‘chadagi, shahardagi, mamlakatdagi va barcha besh qit’adagi qо‘shnilarimiz. Uncha kam emas. Siz bilan bizning tug‘ilganimizdan о‘lgunimizga qadar bо‘ladigan bosh muammolarimiz asosan bir xil: sevamiz, qо‘rqamiz, ishlaymiz, о‘zimiz nimagadir erishishni istaymiz, bolalarimizga yordam beramiz. Va biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz. «Tanishlarimiz»ning dramatik holatlari, tо‘siqlari va konfliktlari bizga xarakterning о‘ta nozik qirralarini ochib berishi mumkin. Ular о‘zimizni tushunib olishimiz uchun hammadan kо‘ra yaxshiroq yordam beradi, chunki «tanishlarimiz»ning emotsional tajribalari bizniki bilan bir xil bо‘ladi. Televideniyening paydo bо‘lishi bilan «tanishlarimiz» asosan teleekranga kо‘chib о‘tdilar. Ming-minglab seriyalar bizni bunday odatiy taom bilan boqmoqdalar. Qahramonlar bilan birga har kunlik tо‘siqlarni oshib о‘tamiz va bu narsa hech qachon jonimizga tegmaydiganga о‘xshaydi. Chunki eng yaxshi «tanishlarimiz» – bizning о‘zimizdir. О‘zining muammolari kimga yaqin emas deysiz?!
2. «Underdog» («Anderdog»)
О‘zlarining siyosiy vaziyatlarini о‘zgartirmoqchi bо‘lgan son jihatdan yanada kо‘proq kishilar «anderdog» sohasini tashkil qiladi (atamaning о‘zi it urishtirishdan kirib kelgan: anderdog – raqib tomonidan ezg‘ilab tashlangan itdir) Bular sinfiy tо‘siqlarni yengib о‘tib, yuqoriga intiladiganlardir. Allaqachon va mustahkam shakllanishga ulgirgan g‘arb jamiyati uchun ijtimoiy chegarani о‘zgartirish – murakkab masala, bu maqsadga kishilar о‘zlarining butun hayotlarini bо‘ysundiradilar. Bu narsa bilim, iroda, mardlik, ayyorlik, aql-zakovat, qat’iyatni talab qiladi. «Anderdog» muvaffaqiyat qozonishga va jamiyatning asosi bо‘lishga intiladi. U uddaburon, lekin qonundan chetga chiqmaydi. Ammo maqsad yaqin bо‘lsa, u qotillikdan boshqa deyarli hamma narsaga tayyor.
Bosh qahramoni «anderdog» bо‘lgan ssenariylar, odatda, «anderdog»ning hayotiy energiyasi bilan tо‘liq bо‘ladi. Bо‘shang, loqayd, maqsadiz xarakter muvaffaqiyatli «anderdog» bо‘la olmaydi. Katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan prodyuserdan, nega uning filmlari muvaffqiyat qozonayotgani haqida sо‘raganlarida, u taxminan shunday javob qilgan:
– Men ham boshqalarga о‘xshab ssenariylarni uncha yaxshi tushunmayman va xato qilishim mumkin. Ammo men hech qachon qahramoni «anderdog» bо‘lmagan ssenariyni ish uchun olayman.
Muvaffaqiyat qozonadigan syujetli film uchun eng yaxshi personaj – bu «anderdog»dir.
Mayk Nikolsning Melani Greffits bosh rolda о‘ynagan «Ishlovchi ayol» filmi.
Rejissor Stounning «Uolstrit»i.
Angliyadagi 60 yillar yangi tо‘lqinining filmlari.
Rossiya filmlari uchun «anderdog» – eng jozibador shaxslardan biridir. Hamma birday kambag‘al bо‘lgan mamlakatda birdaniga burjuaziya sinfi paydo bо‘lib qoldi. Barcha «yangi rus»lar, agar ularning boyliklari jinoyatlar bilan bog‘liq bо‘lmasa – «anderdog»lardir. Ularning mulklari uch avlod о‘z fuqarolarini talon-taroj qilgan davlat bо‘laklarga parchalanib ketganida bir onning о‘zida gо‘yo hech narsadan-hech narsa paydo bо‘lib qolganday. Qonun yо‘q edi, demak, buzadigan narsaning о‘zi yо‘q edi. Chapdast aql, agressiv botirlik va kerakli paytda kerakli joyda bо‘lishdek baxtli tasodif bor edi.
Chetdan qaraganda hammasi juda oddiy kо‘rinadi.