Название | Кинода режиссура ва драматургия |
---|---|
Автор произведения | А. Митта |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978–9943–4497‒2‒5 |
Biz bu hikoyani eshitamiz. Kо‘zlarimiz о‘z-о‘zidan yoshlanadi, hech kim: «Ey, ahmoq, ilgari qayerda eding? Shunday yaxshi kasbing bor ekan, nega kalamush va suvaraklar orasida yashading? Nega faqat pichoq suyagingga taqalgandan keyingina о‘zgarding?» – degan oddiygina savolni bermaydi.
Nega shunday? Chunki drama qonunlari qarama-qarshi holatlarning konfliktini talab qiladi. Agar ular tо‘qnashsalar mo‘jizalar sodir bо‘ladi – biz hikoya ortidan ergashib ketamiz – birovlarning muammosi bizning muammomizga aylanadi. Agar oddiygina qilib amalda о‘qituvchi qanday qilib muvaffaqiyatga erishganligi haqida hikoya qilib berilsa, pashshalar zerikishdan о‘lib qolishar, tomoshabin esa uxlab qolardi.
Dramatik peripetiya orqali hikoya qilingan har qanday voqea juda ishonarlilik kasb etadi.
Nega shunday? Chunki biz о‘zimizda ham hamda kimga hamdardlik qilayotgan bо‘lsak, ularning hammasida ham shunday bо‘lishini istaymiz. Dramatik peripetiya – hamdardlik qurolidir.
Hayotdan olingan voqealar ishonarliroq bо‘ladi, degan fikr bor: agar hamma narsa hayotdagiday bо‘lsa, hikoya yaxshi chiqadi, – deb о‘ylashadi. Bu zararli va ahmoqona adashish. Unda nega har bir kishi о‘nlab ajoyib ssenariylar yozib tashlamayotganligini tushunib bо‘lmaydi. Axir har bir kishining hayotida yuzlab qiziqarli va haqiqiy voqealar о‘tganku.
Kabobchilar gо‘shtdan qanday foydalansalar, professional hikoyachilar hayotdan shunday foydalanadilar. Ular hayot bо‘laklarini sixga о‘tkazadilar va sixlardan egri-bugri lavhalar tuzadilar. Agar tuzilish sxemasi tо‘g‘ri bо‘lsa, «haqqoniy voqea» ishlab ketadi.
Bir safar men о‘zining surbetligi bilan buyuk bir «hayotdan olingan» hikoyani о‘qidim. Amerikalik ruslarning katorgadagi qamoqxonasida bо‘lganiga ishontirmoqchi bо‘ladi. U о‘zining qiyinchiliklari, oyoqosti qilingani, qiynoqlarga duch kelganini yozadi. Va chorasiz ahvolga tushirilgan u kishi tunlari kamerasidan lahim kavlay boshlaydi.
Nihoyat u lahimni kavlab bо‘ladi. Bu yer osti yо‘li qayerga olib bordi deb о‘ylaysiz?
Tо‘ppa-tо‘g‘ri Iosif Stalin ishxonasining qoq о‘rtasiga.
Mana shu yerda men g‘azabdan bug‘ila boshladim, bu tengi yо‘q alahlashni hikoya qiluvchi soddadil hikoyanavis esa: «bu haqiqiy hayotiy voqea», – deb yozadi.
О‘ylayman: nega bu yolg‘onchi о‘zining jazolanmasligiga bunchalik ishonadi? Chunki u yolg‘onni о‘z kasbining ustasi sifatida gapiradi. U biladi: voqelik dramatik peripetiyalar almashinib turadigan doirada ushlab turilar ekan, u diqqat qilishga va ishonchga sazavor. Faqat peripetiyalar hayajonli, ta’sirchan va yorqin zohiriy obrazlarga ega bо‘lsa bas.
Drama intellektual san’at emas. Bu tomoshabinda his-hayajon tug‘diradigan va ularni rivojlantiradigan san’atdir.
Tomoshabin sizga diydiragan itning tumshug‘idek sovuq va adolat xanjari kabi loqayd bir ahvolda keladi. Ular qorong‘u xonada yonmayon о‘tiradilar. Bir yarim soat ichida siz ularning hammasini hayajonlantirish va baxtiyorlikdan kо‘zlari yoshlanish darajasiga olib borishingiz lozim. Hech bо‘lmaganda ular siz kо‘rsatayotgan narsadan boshqa barcha narsalarni unutishlari kerak.
Siz nega ular hayajonlanishadi, kulishadi va yig‘lashadi deb о‘ylaysiz? Chunki siz ularga katta «S» harfi bilan yoziladigan san’at ila muloqot qilish mо‘jizasini tufha qildingiz. Xom xayollarga bormang. Siz yuksak niyatlar va iqtidor bilan bir qatorda tomoshabinning idrok qilish tushunchalaridan ustalik bilan foydalanganligingiz tufayli g‘alaba qildingiz. Va siz ongli ravishda maqsad sari bordingiz. Bunday malakalardan biri – dramatik peripetiyalar zanjiri – hayajonli hikoyaning asosiy tizilmasidir. U biror jihati bilan ijodkorning nozik niyatlariga qarshi turmaydi.
DRAMATIK PERIPETIYA SHAKL YARATADI
Hamma hikoyalar ham sizning hamadardligingizni qо‘zg‘atavermaydi. Bunday mushkilotga sazavor bо‘lishga hammadan kо‘ra personajlari dramatik holatda bо‘lgan hikoyalarning imkoniyatlari kо‘proq ekanligini aytib о‘tgan edik. Dramatik holat boshlanishda bizning hamdardligimizga turtki beradi. Undan keyin esa biz dramatik peripetiya bо‘yicha harakat qilamiz.
Bechora Zolushka ahmoq va injiq opalariga xizmat qiladi. Uning ahvoli kun sayin yomonlashadi. Opalari quvnoq ziyofatga ketganlarida u yolg‘iz qoladi. Shunda bexosdan…
Kichkina Masha («Masha va ayiq» ertagida) qorong‘u о‘rmonda adashib qoladi. О‘rmon borgan sari qalinlashib bormoqda. Masha endi hech qachon uyi tomon yо‘l topa olmaydi. Ammo bexosdan…
Isqirt о‘rdakcha g‘azabnok va kuchli qushlardan kaltak yer edi. Ammo bexosdan…
Dramatik peripetiya bizning hayajonlarimizni qо‘zg‘atadi. Aynan mana shu «bexosdan» sodir bо‘lganida biz hikoya uchun ruhan ochilamiz. Bu narsa peripetiya baxt sari yuz tutganida vujudga keladi.
Zolushka shahzodani uchratadi va barcha mehmonlarning g‘oyat zavqli nigohlari ostida nurafshon zalda raqs tushadi.
Qо‘rqqan va yig‘lagan kichkina Masha о‘rmonda kichkinagina uycha topib oladi, uy ichida esa bir qozon bо‘tqa va yotoq joy bor edi.
Isqirt о‘rdakcha navbatdagi zarbadan hurpayib oladi va bexosdan yelkalarida qorday oppoq qanotlar borligini his etadi, ularni yozadi va quyosh tomon parvoz qiladi.
Yaxshi bayon qilinadigan hikoya uzluksiz almashinib turadigan dramatik peripetiyalardan tashkil topgan bо‘ladi. Bu zanjir dramatik hikoyaning ichki tuzilmalaridan biridir. U personajlarni ham, biz – tomoshabinlarni ham о‘ziga jalb qiladi. Aynan u aktyorlarga harakat uchun boy material beradi.
Oddiy ertakda bu tuzilmaning uzluksiz ta’sirini qarab chiqamiz.
Zolushka onasi tirikligida baxtli hayot kechirardi. Bexosdan…
Onasi о‘ladi. Baxtsizlik tomon peripetiya. Otasi ahmoq qizlari bо‘lgan g‘azabnok о‘gay onaga uylanadi. Baxtsizlk ortib boradi. Zolushka opalariga chо‘riday xizmat qiladi. Opalari va ota-onasi ziyofatga ketganida u yolg‘iz qoladi. U baxtsiz.
Bexosdan sehirgar ayol paydo bо‘ladi va baxt tomon parvoz boshlanadi.
Kalamushlar, sichqonlar va qovoq bir zumda foytun va xizmatkorlarga aylanadi. Zolushka chiroyli kiyimlar va xrustal tuflicha oladi. U ziyofatga boradi. Baxt sari shiddatli parvoz davom etadi.
Ziyofatdagi mehmonlar beqiyos gо‘zal qizga maftun bо‘lishadi. Shahzoda unga oshiq bо‘lib qoladi. Zolushka baxtiyor. Ammo bexosdan…
Hamma narsa barbod bо‘ladi va baxtsizlik tomon dumalab ketadi. Yarim kechada hamma narsasini bir onda yо‘qotgan Zolushka yugurib bormoqda. U yana baxtsiz.
Shahzoda ham baxtsiz. U hamma joydan Zolushkani axtaradi. Va nihoyat uni topadi. Endi ularning ikkalalari ham baxtli.
Mana shu oddiy hikoyada dramatik peripetiya tuzilmasi ishlamaydigan biror soniya yо‘q. Ammo: bu – oddiy bolalar ertagiku, deyishingiz mumkin. Bu tuzilma murakkab zamonaviy dramatik asarda qanday ishlaydi?
Masalan, Tarkovskiyning «Stalker»ida. Sizni urintirib о‘tirmayman. Birdaniga ayta qolaman – xuddi Zolushkada bо‘lganiday ishlaydi. Bu shunchalik aniqki, har biringiz film tushirilgan videokasetani olib, kichkina bir tadqiqot о‘tkazishingiz mumkin.
Boshqa bir buyuk asarni ham keltirsa bо‘lardi. «Stalker»ni shuning uchun oldimki, aka-uka Strugatskiylarning film ssenariysi qanday yaratilganligi haqidagi og‘zaki hikoyalari shundoqqina yodimda turibdi. Gap shundaki, Tarkovskiy filmni ola boshlagan va ssenariydan о‘ta kо‘ngli tо‘lmaganligi tufayli uni tо‘xtatgan. Strugatskiylar ssenariyning yangi variantini yozish haqidagi taklifni olishgan. Ular yozishgan. Tarkovskiy yangi variantni ham qabul qilmagan. Yana bir marta yozishgan. Yana muvaffaqiyatsizlik, ayni shu paytda Tarkovskiy nimani xohlayotganligini tushuntirmasdi ham. Butunlay umidsizlikka tushgan yozuvchilar о‘z hikoyalarini personajlarning hissiyotlari va harakatlari baxtsizlikdan baxtga tomon eng katta kо‘lamda maqsad sari rivojlanuvchi va yana baxtsizlikka tomon boruvchi