Ushbu o'quv qo'llanma gidrometeorologiya kollejlari o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda avtomatika asoslari va impuls texnikasi haqida asosiy ma'lumotlar kiritilgan. O'quv materiallarida avtomatika elementlari va impuls texnikasining tuzilishi, ishlash prinsiplari va raqamli qurilmalarining asosiylari batafsil bayon qilingan.
Дарсликда қадмги даврдан бугунги кунга қадар Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи билан боғлиқ бўлган масалалар – илк давлатчилик ва бошқарувнинг пайдо бўлиш омиллари ва сабаблари, илк давлатлар шакллари ва бошқаруви, илк давлатчилик назариялари, илк шаҳар маданияти, антик ва ўрта асрлар давлатчилик анъаналари, мансаблар ва унвонлар, ер эгалиги ва солиқ сиёсати, совет даври бошқаруви моҳияти ҳамда мустақил Ўзбекистон давлатчилиги каби масалалар ёритилган…
Олий ўқув юртлари талабалари учун мўлжалланган ушбу «Ўзбекистон тарихи» дарслиги мамлакатимиз тарихининг XIX аср II ярмидан 1989 йилгача бўлган даврини ўз ичига қамраб олган ҳамда 2014 йилда нашр этилган Ўзбекистон тарихи I жилдининг давоми ҳисобланади. Мазкур дарслик мустақиллик йилларида олиб борилган тадқиқотларнинг умумэътироф этилган натижалари билан бойитилганлиги, фан бўйича инновацияларни ўз ичига қамраб олганлиги билан илгариги ўқув адабиётларидан фарқ қилади. Ушбу дарслик бакалавр ўқув режаси асосида тузилган Ўзбекистон тарихи фани дастури асосида ёзилган ва биринчи босқич талабаларига мўлжалланган бўлишига қарамасдан, ундан магистрлар, ёш тадқиқотчилар, тарихчи-олимлар ҳам кенг фойдаланишлари мумкин. Дарслик юзасидан билдирилган фикр-мулоҳазалар ЎзМУ нинг «Ўзбекистон тарихи» кафедрасида қабул қилинади.
Mazkur fanning ma'ruzalari tarix fani metodologiyasi predmetiga bag'ishlangan bo'lib, yigirmaga yaqin mavzularni o'z ichiga oladi. Shuningdek, tarix fanining asosiy xususiyatlari ochib beriladi, tarixiy bilishning metodologik kategoriyalari ko'rsatib beriladi, tarixiy manba, tarixiy dalil, tarixiy davr qo- nuniyatlari tahlil etiladi. Tarix fanining tadqiqot uslublari va tamoyillari, fanlararo yondashuv tamoyillariga alohida e'tibor qaratilgan. Nazariy bilimlar so'nggi- da tarixiy tadqiqotlar bosqichlari, tushuntirish muammolari va tarixiy tavsiflash masalalariga ham to'xtalib o'tiladi. 0'quv qo'llanmadan tarix mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriatura va magistratura talabalari «Tarix fani metodologiyasi», «Tarix fanining nazariy masalalari» kabi fanlarni o'qishda, shuningdek, tadqiqotchilar va tarixchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
Ушбу китобда арабларнинг исломгача бўлган ҳаётидан тортиб фил эгалари қиссасигача, Пайғамбаримизнинг туғилишлари; пайғамбарлик аломатлари ва бу вақтга қадар бўлиб ўтган воқеалар; Муҳаммад алайҳиссаломга ваҳийнинг келиши; мусулмонларга азоб-уқубатлар етказилиши; Исро ва Меърож воқеаси; Мадинаи мунавварага ҳижрат; қибланинг ўзгариши; Ифк ҳодисаси; Макка фатҳи; Видолашув ҳажи ҳамда Оламлар сарварининг боқий дунёга риҳлат қилишлари батафсил ёритилган.
Aziz ustozlar, ushbu qo'llanmani tayyorlashda imkon darajasida sodda texnologiyalardan fi oydalanildi. Berilgan qo'shimcha ma'lumotlar esa dars jarayonida sizga asqotadi degan umiddamiz.
Ushbu o'quv qo'llanma fanning nazariy ahamiyatini ochishga mo'ljallangan «Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish» nomli o'quv qollanmada sahna tarixi, sahnaning nazariy tushunchalari, qo'g'irchoqlar teatri tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati, sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish, qo'g'irchoq teatri personajlarini yasash hamda sahnalashtirish jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishga doir madumotlar berilgan. Shuningdek, maktabgacha tadimda bolalarga ijodiy faoliyatning origami, applikatsiya, loy ishi, plastilin, sho'r xamir, chinni xamirdan narsalar yasashni o'rgatish, kashtalar bilan tanishtirish, tabiiy va tashlandiq materiallar bilan ishlashga o'rgatish yo'llari taqdim etilgan.
Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishda o'quvchilarning axloqiy madaniyati va ijodiy tafakkurini shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi. Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligini oshirish uchun, konflikt vaziyatlarni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish kerakligi ko'zda tutilgan.Boshlang'ich sinf o'quvchilarida vujudga keladigan konflikt vaziyatlarni bartaraf etish bo'yicha ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari foydalanishlari mumkinMonografiyada ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalardan umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida, yangi avlod darsliklar, metodik qo'llanmalar yaratishda tatbiq etish mumkin.