"Mazkur monografiyada iqtisodiy kategoriya − «investisiya» tushunchasi bo'yicha nazariy yondashuvlarni umumlashtirish asosida mualliflik yondashuvi ishlab chiqilib, uning mintaqa iqtisodiyotidagi roli va ishlab chiqarish rivojiga ta'siri aniqlangan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga investisiya jalb qilishda mintaqaviy jihatlarning nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etish orqali iqtisodiyotning mezo darajasida bu soxani taraqqiy ettirish va investisiya bilan ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Ushbu monografiya iqtisodiyot yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari, tadqiqotchi va mutaxassislari, professor-o'qituvchilari, talabalari, tadbirkorlar hamda sohani mustaqil o'rganish niyatidagi kitobxonlar uchun mo'ljallangan."
Шохмансур Шохназар угли Шохаъзамий
"Boshqa hammualliflar: F.T.Muhamedov, I.O.Madaminov «Qimmatli qog'ozlar bozori» fani iqtisodiy fanlarni o'qitishda yetakchi fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu o'quv o'llanmada qimmatli qog'ozlar bozori, uning mohiyati va turlari, funksiyalari, iqtisodiyotdagi roli yoritib berilgan. Shu bilan birga qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat yurituvchi investitsiya muassasalari, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari, fond birjasining mohiyati ham ochib berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi iqtisodiy yo'nalishdagi mutaxassisliklar talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin."
"Talabalarda kasbiy yo'nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlari kengligiga, bo'lg'usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat an'analarini targ'ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini ko'rsatish zarur. Monografiyada talaba yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini to'g'ri tashkil etish, talabalarda o'z kasbiga qiziqishni rivojlantirish, ularning kasbiy yo'nalganlik dinamikasi, kasbiy yo'nalganlikda jins farqlari masalalarini ilmiy asoslangan holda hal qilish bo'yicha muallifning ko'p yillik ilmiy izlanishlari natijalari keltirilgan."
В пособии описаны научные основы и важнейшие области применения флуоресцентных методов контроля эффективности процесса фотосинтеза. Рассмотрены электронные энергетические состояния фотосинтетических молекул, динамика их возбуждения и релаксации, которые определяют энергетические и кинетические характеристики флуоресценции. Описаны различные виды флуорометров, основанных на измерении мгновенной, замедленной или переменной флуоресценции в листьях растений и фотосинтезирующих бактериях с высокой чувствительностью, и временным разрешением для изучения процесса фотосинтеза в оптимальных условиях и при воздействии стрессов окружающей среды. Представлен список литературы, который дает подробную информацию о физических основах и современном состоянии исследований по флуоресценции фотосинтезирующих систем. Пособие рассчитано на биологов, физиков-бакалавров, магистров и старших научных сотрудников-исследователей, специализирующихся в области биофизики, биоэнергетики, фотосинтеза, а также применения лазерной физики и оптической спектроскопии.
""Mehnat o'qitish metodikasi" o'quv qo'llanmasida fanning mazmuni, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, maqsad va vazifalari, dars va unga qo'yiladigan talablar, ta'limni tashkil etish, ta'lim-tarbiya ishini shakl va metodlarini o'tkazish talablari: og'zaki bayon qilish metodi, instruktaj metodlari, mustaqil ishlar, ekskursiya tashkil qilish metodlari: kino, muammoli vazifalar, mehnat ta'limi bo'yicha sinfdan tashqari mashg'ulot, ta'limning noan'anaviy shakllari kabi bo'lim va mavzular keng va batafsil yoritilgan. Dars jarayonida o'quvchilar bajarishlari lozim bo'lgan topshiriqlar va dars ishlanmalaridan namunalar ham kiritilgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmadan bolalar madaniyat markazlari, to'garak rahbarlari ham shu sohada qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin."
Oligofrenopedagogika, logopediya va surdopedagogika mutaxassisliklarida mutaxassislik fanlarini o'qitish, pedagogik nazoratni amalga oshirish metodlari yoritilgan. Mazkur ishda yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, o'qituvchi va talabalarning samarali muloqotini tashkil etish masalalari ham o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma «Defektologiya» mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalariga mo'ljallangan. Undan ijtimoiy-gumanitar yo'nalishidagi boshqa fanlarni o'qitishda ham foydalanish mumkin.
В монографии на примере Джизакского каскада насосных станций, оборудованного крупнейшими в мире центробежными насосами и длинными напорными трубопроводами наибольших диаметров, приведены результаты исследований по разработке энергосберегающих способов и средств регулирования режимов работы насосных станций. Рассчитана на специалистов энергетической, гидротехнической и сельскохозяйственной отраслей экономики, технических руководителей предприятий и организаций, научных работников, магистрантов и студентов соответствующих специальностей.
"Mazkur qo'llanma umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti fanining pedagogika nazariyasi kursidan laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning amaliy-texnologik jihatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etishning mazmuni, o'ziga xosliklari va texnologiyasi yoritib berilgan. Qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan. Shuningdek, mazkur qo'llanmadan pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin."
"Mazkur qo'llanma pedagogikaning ayrim dolzarb muammolari – ta'limda an'anaviylik va novatorlikning namoyon bo'lishi, innovasion muhit sharoitida pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan muammolar, «metodika» va «texnologiya» tushunchalari tavsifi hamda qiyosiy tahlili, oliy ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashda an'anaviy va innovasion yondashuvning zaruriyati, «didaktik ta'minot» va «metodik ta'minot» tushunchalari mohiyati kabi masalalarni yoritib berishga bag'ishlangan. Qo'llanma pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek, qo'llanmadan talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda pedagogika sohasida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin."