Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Тезкор-қидирув фаолияти психологияси

    Азизхон Саидакбарович Пулатов

    Тезкор-қидирув фаолияти психологияси бўйича ўқув қўлланма психология ва тезкор-қидирув фаолияти психологияси асоси, махфий бўлмаган қоидаларини ўз ичига олади. Ўқув қўлланмада замонавий психология ҳамда тезкор-қидирув назариясининг шаклланиши ва ривожланишига катта ҳисса қўшган олимларнинг фундаментал асарларидан фойдаланилган. Ўқув қўлланмада тезкор-қидирув фаолияти психологияси, жиноий қилмиш, ахборот олиш, мулоқот ўрнатиш тушунчаси, мақсадлари, вазифалари, суд-тергов психологиясининг мазмун-моҳияти ва турлари ёритиб берилган. Шунингдек, ўқув қўлланмада умумий психология, тезкор-қидирув фаолияти психологияси, жиноят ва жиноят процесси, тезкор-қидирув фаолияти меъёрий ва назарий асослари ўрганиб чиқилган

    Кинода режиссура ва драматургия

    А. Митта

    "Aleksandr Mitta taniqli kinorejissorlardan biri, «Eshikni oching, qo'ng'iroq chalishyapti» (1966), «Porla, porla mening yulduzim» (1970), «Shoh Pyotr habashni qanday uylantirgani haqida ertak» (1976), «Ekipaj» (1980), «Sarguzashtlar ertagi» (1983), «Sibirda yo'qolgan» (1991) va boshqa qator mashhur filmlar ijodkori, Vinetsiya festivali mukofotining sovrindori. Kinodagi ko'p yillik samarali amaliy faoliyati bilan bir qatorda u uzoq muddat pedagogik faoliyat ham olib borgan – Gamburg universiteti professori lavozimida ishlagan. Ushbu o'quv qollanmasi uning ko'p yillik amaliy faoliyati va pedagogik tajribasini umumlashtirish natijasida yozilgan «Jannat va jahannam orasidagi kino» kitobining tarjimasidir. Unda izchil va qiziqarli tarzda kinorejissura o'quv kursi bayon qilinadi. Qo'llanma rejissura yo'nalishidagi talabalar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan, ammo u ssenariy yozishni, kino olishni va unda rollar ijro etishni istagan barcha kishilarga naf keltirishi mumkin."

    Аэродромлар ерусти хизмати воситалари ва машиналари

    З. Шовкиев

    "Ushbu o'quv qo'llanma aeroportning yerusti xizmati jihozlarini ishlatish va ta'mirlash texnik mexanik mutaxassislarini tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etildi. Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro aeroportlar va aerodromlarning yerusti xizmati maxsus transport vositalari va mashinalarini ishlatish, sozlash va texnik xizmat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan texnik ma'lumotlar nazariy jihatdan batafsil yoritib berilgan."

    Аэродромлар ерусти жиҳозларига хизмат кўрсатиш, ишлатиш ва созлаш

    З. Шовкиев

    "O'quv qo'llanmada xalqaro aeroportlar va aerodromlarning yerusti jihozlariga xizmat ko'rsatish va yerusti jihozlarini ishlatish, o'rnatish va sozlashga oid barcha texnik ma'lumotlar nazariy jihatdan batafsil yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma aeroportning yerusti xizmati jihozlarini ishlatish va ta'mirlash texnik mexanik mutaxassislarini tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan."

    Информатика ва ахборот технологиялари

    З. Абдуллаев

    "Boshqa hammualliflar: S.S.Mirzayev, N.B.Shamsiddinov O'quv qo'llanmada «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining nazariy asoslari, axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minoti keltirilgan. O'quv qo'llanma «Qishloq va suv xo'jaligi» bilim sohasining barcha ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan."

    Инновацион менежмент

    Г. Тарахтиева

    "O'quv qo'llanmada innovatsiyaning nazariy jihatlari tadqiqot qilingan, korxonalarda innovatsion jarayonni tashkil etishning metodologik asoslari atroflicha o'rganilgan, innovatsion faoliyatning iqtisodiy samaradorligini baholash ko'rsatkichlari majmui ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Innovatsion jarayonning muqarrarligi va uning korxonalar iqtisodiy yuksalishidagi o'rnini hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilingan hamda korxonaning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish usuli tavsiya etilgan. O'quv qo'llanmada korxonalarning texnologik resurslari bilan strategik maqsadlari integratsiyasiga asoslangan boshqarishning tashkiliy konsepsiyasiga alohida o'rin berilgan. Innovatsion tahlilning asosiy kategoriyalari o'rganilgan, innovatsion loyihalarni boshqarishning o'ziga xos jihatlari yoritib berilgan, intellektual aktivni boshqarishda va qarorlar qabul qilishda innovatsion xavf-xatarni hisobga olish zarurligi va ahamiyati asoslab berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan tadqiqotchilar, kasb-hunar kolleji va akademik litsey o'quvchilari, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar, tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin."

    Корхона иқтисодиёти

    Б. Абдукаримов

    "Boshqa hammualliflar: M.Q.Pardayev, SH.S.Salimov, E.SH.Shavqiyev, F.B.Abdukarimov.Ushbu darslikda bozor iqtisodiyotining shakllanishi sharoitida korxonalar iqtisodiyoti va faoliyatining tashkil etilishi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqilgan. Darslik kirish va o'n ikkita bobdan iborat bo'lib, ularda kursning mazmuni va vazifalari, korxonalarning xo'jalik yurituvchi subyekt sifatida tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog'liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy masalalar bayon etilgan. Kitobda korxonalar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari holatini baholash usullarini o'rganishga katta e'tibor berilgan. Bozor sharoitida korxona biznes-rejasini ishlab chiqish, korxonalar faoliyatini rejalashtirish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Korxona resurslaridan foydalanish, investitsiyalash, korxona xavfsizligi va uning tijorat siri masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Darslik oliy o'quv yurtlari talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan magistrantlar, rahbar xodimlar va mutaxassislar hamda malaka oshirish institutlari, markazlari va fakultetlarida ham foydalanishlari mumkin."

    Кинология хизмати асослари

    Э. Беркинов

    "Boshqa hammualliflar: D.F.Kabulov, G.U.Аxmedova Ushbu o'quv qo'llanma kollеjlarning «kinologiya inspеktori» guruhlari uchun o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Qo'llanmada xizmat itlarining asosiy turlari, ko'rinishi, ular organizmining tuzilishi, unksiyalari, gеnеtika va sеlеksiyasi, boqish va ko'paytirish masalalari to'g'risida batafsil ma'lumotlar bеrilgan. Uquv qo'llanma akadеmik litsеy, kasb-hunar kollеjlari, umumta'lim maktablari va boshqa tashkilotlardagi kinologiya sohasida faoliyat ko'rsatadigan yosh mutaxassislarga xizmat itlari bilan ishlashda, mavzulariga doir ma'ruza, amaliy mashg'ulotlar, darslar o'tkazishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Qo'llanmadan kinologiya sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar, ta'lim olayotgan o'quvchilar va kеng kitobxonlar ommasi ham foydalanishlari mumkin."

    Биноларнинг сантехника қурилмалари ва жиҳозлари

    Эшмурод Буриев

    "Boshqa hammualliflar: T.M.Mamajanov O'quv qo'llanmada binolarni ichimlik suvi, issiq suv bilan ta'minlash tizimlari, binolarning ichki oqova suv tarmoqlari, sovutish, shamollatish tizimlari, binolarni gaz bilan ta'minlash tarmoqlari va issiqlik ta'minoti tizimiga o'rnatiladigan muhandislik jihozlari haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, issiqlik tashuvchi, suv o'tkazuvchi, oqova suv quvurlari va tizimlarida foydalaniladigan materiallar, sarfni o'lchovchi hisoblagichlar tasnifii hamda turlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan."