"Ushbu o'quv qo'llanma axborot-kutubxona muassasalarida axborotkutubxona texnologiyalarini ishlatilish va ulardan foydalanish to'g'risida bo'lib, unda axborot-kutubxona texnologiyasi fanining maqsadi va vazifalari, axborot-kutubxonalarda qo'llaniladigan texnologiyalarning tasnifi, axborot bilan ishlash, kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa vositalari, transport-texnika vositalari, hujjatlarni saqlash va qidirish texnologiyalari kabi mavzularning mazmun va mohiyati ochib berilgan. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining axborot-kutubxona yo'nalishida tahsil olayotgan o'quvchilarga hamda ushbu soha mutaxassislarga mo'ljallangan."
"Darslikda elektron asboblarning tuzilishi, ishlash prinsipi, xarakteristikalari, funksional imkoniyatlari va ish holatlari keltirilgan. Shu bilan birga darslikda elektron asboblar asosida qurilgan analogli va raqamli qurilmalarning sxemalari, ish prinsi pi va qo'llanilishi bayon etilgan bo'lib, u o'rta maxsus kasb-hunar kollejlarining elektr aloqa, radioaloqa, avtomatika va telemexanika hamda radiotexnika yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan."
"Ushbu o'quv qo'llanmada O'rta Osiyo, Kavkaz orti respublikalari hamda ularga chegaradosh hududlarda tarqalgan zaharli hayvonlar haqida, shuningdek, quruqlikda va suvda yashaydigan zaharli umurtqasizlarning o'ta muhim vakillari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Zaharli hayvonlar ekologiyasi, ularni qo'riqlash hamda ular organizmi ishlab chiqaradigan zaharlardan oqilona foydalanish haqida hikoya qilinadi. Zahar toksinlarining kimiyoviy tarkibi, ta'sir etish mexanizmi hamda gazanda chaqqan odamlarga birinchi yordam ko'rsatish tadbirlari haqida, shuningdek, ilonlardan invivo radioaktiv zahar olish hamda uni hayvon organizmida taqsimlanishi haqida qiziqarli ma' lumotlar keltiriladi. Kitob oliy o'quv yurtlari biologiya fakulteti talabalariga mo'ljallangan."
"В учебнике изложены теоретические и практические основы оперативно-технологической телефонной связи железнодорожного транспорта, рассмотрены принципы построения аналоговых и цифровых сетей ОТТС и работа их основных устройств. Предназначен для мастеров по направлению подготовки: 3521100 – наземные транспортные системы, профессия: 3521111 – мастер по эксплуатации устройств оперативно-технологической телефонной связи железнодорожного транспорта."
"Qo'llanma asosan ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, birinchi qismida vagonlar haqida umumiy ma'lumotlar, ularning g'ildirak juftlari va buksalari, telejkalari va vagonosti generatorlari yuritmalari, avtostsepka uskunalari tuzilishiga ta'riflar berilgan. Yuk vagonlari, izotermik vagonlar hamda yo'lovchi vagonlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Qo'llanmaning ikkinchi qismi konteynerlar, ularning vazifasi, turlari, tuzilishiga doir ma'lumotlarga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma sifatida temir yo'l transporti kollejining «Servisi» mutaxassisligi bo'yicha «Temir yo'l transporti vositalariga servisli xizmat ko'rsatish bo'yicha texnik» kasbiga o'qitilayotgan o'quvchilar hamda yosh mutaxassislar uchun mo'ljallangan bo'lib, shuningdek vagon qurish zavodi va deposi ishchi-xodimlari, vagon tekshiruvchilari, chilangarlar, vagon kuzatuvchilari hamda vagonlardan foydalanish va ularning ta'miri bilan bog'liq temir yo'lchilarga amaliy qo'llanma sifatida foydali bo'lishi mumkin."
O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan shuningdek , «Qishloq xo'jaligi mashina va jihozlarini ishlatish va texnik xizmat ko'rsatish», «Elektr tarmoqlari va jihozlarini ishlatish» yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar va oliy o'quv yurtlari bakalavr yo'nalishi talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Darslikda berilganlar bazasi, berilganlar modellari, relatsion algebra, relatsion hisoblash, munosabatlarni normallash, berilganlarning relatsion butunligi, relatsion berilganlar bazasini loyihalash uslubiyati, berilganlarni modellashtiruvchi zamonaviy tizimlar, relatsion berilganlar bazasini yaratish, QBE va SQL tillari, berilganlar bazasini boshqarishda qo'llanilayotgan zamonaviy tizimlarning nazariy va amaliy asoslari keltirilgan. Relatsion modellarning turlarini tashkil etuvchi «mohiyat-aloqa» (ER) va semantik obyekt modellar o'zaro taqqoslangan. Relatsion berilganlar bazasining boshqarish tizimlari MS Access va MS SQL Serverning amaliy asoslari «Talabalar o'quv loyihasi» misolida «Mijoz-server» aloqasi orqali ham tushuntirilgan va obyektlar bilan ishlash ko'rsatilgan.
Darslikda «Elektrotexnika materiallari» fanining barcha qismlariga oid nazariy ma'lumotlar, ya'ni elektr texnika materiallarining tarkibi, ishlab chiqarilishi, elektrik, fizik va mexanik xossalari keltirilgan. Dielektriklar, o'tkazgich, yarim o'tkazgich va magnit materiallar to'g'risida hamda bu materiallarning elektr texnikadagi ahamiyati va amalda qo'llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.Darslik energetika sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari uchun mo'ljallangan bo'lib, tasdiqlangan namunaviy dasturga mos holda tayyorlangan.Ushbu darslikdan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
Ушбу дарслик 5522200 — «Телекоммуникация» ва 5522000 — «Радиотехника» йўналишларининг ўқув режаси асосида ёзилган. Дарсликда «Радиотехник тизимлар назарияси асослари» курсининг биринчи қисмига доир радиотехник тизимларда сигнал узатишнинг умумий маълумотлари ва дискрет сигналларни узатиш услублари баён этилган бўлиб, бу услублар Абу Райҳон Беруний номидаги ТДТУ ва Акмал Икромов номидаги ТТЙМИ аудиторияларида синовдан ўтган.Дарслик олий техника ўқув юртларининг «Телекоммуникация» ва «Радиотехника» ихтисоси бўйича таълим олувчи талабаларга мўлжалланган бўлиб, ундан алоқа, авиасозлик, транспорт ипститутларининг талабалари ва мазкур фан ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
"Mazkur o'quv qo'llanmada pоyеzdlаr hаrаkаtini bоshqаrish uchun tеmir yo'ldа qo'llаnilаdigаn strеlkа vа svеtоfоrlаrni bоshqаrаdigаn vа nаzоrаt qilаdigаn tеlеmеxаnik tizimlаrning tuzilish аsоslаri bаyon etilgаn. Tеlеmеxаnikа аppаrаturаsining funksiоnаl tugunlаri sxеmаlаridа qo'llаnаdigаn elеmеntlаrning tа'rifi bеrilgаn. «O'zbеkistоn tеmir yo'llаri» kоmpаniyasining tеmir yo'llаridа ishlаtilаdigаn tizimlаrning qisqаchа tаvsiflаri bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llаnmа tеmir yo'l trаnspоrti kоllеjlаri vа instituti tаlаbаlаri uchun mo'ljаllаngаn bo'liob, undаn signаlizаtsiya vа аlоqа distаnsiya xоdimlаri hаm fоydаlаnishlari mumkin."