Ushbu darslikda kasbiy patologiyaning zamonaviy umumiy nazariy tomonlari bayon qilingan bo'lib, unda shuningdek, kasb kasalliklarining tasnifi, diagnostikasi, davolash va ularni oldini olishning umumiy prinsiplari yoritilgan. Kasb kasalliklari tasnifiga tibbiy deontologiya masalalari, O'zbekiston Respublikasida ko'p uchraydigan asosiy kasb kasalliklari va ularning kechish xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Darslik tibbiyot Oliy o'quv yurtlari va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bakalavr bosqichi talabalari, umumiy amaliyot shifokorlari, profpatologlar hamda kasbiy patologiya bilan shug'ullanuvchi boshqa mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Ушбу тўпламга Ўзбекистон халқ шоири Маҳмуд Тоирнинг кейинги йилларда ёзилган энг янги шеърлари жамланди. Асосан Ватанга, аёлга, фарзандга ва ҳаётга муҳаббат тараннум этилган бу шеърларни ўқир экансиз, ўз бахтию дардидан масрурлик ҳиссини туяётган инсон дилига ошно бўласиз. Содда, самимий сатрлардаги қуйма оҳанг сизни ўзига жалб этади, бир бахтиёр қўшиқ тинглагандай, юрагингизга бахт туйғуси «кўчиб ўтади»."Янги шеърлар" Сизга мамнун бўлади, деган умиддамиз, азиз китобхон!
Ushbu kitobda bir necha she'riy to'plamlar, ilmiy risolalar muallifi, tibbiyot olimi, professor Erkin Tursunov uzoq, sog'lom va mazmunli umr ko'rishning o'n bir qoidasiga manzumalarini, muhabbat, sevgi, odamiylik, elsevarlikka da'vat etuvchi manzumalari, yovuz niyatlilar, fitnachi kimsalarni adolatga da'vat etishga bag'ishlangan she'r, hikoya va chizgilarini jamlagan. Muallif qariyb ellik yildan beri tibbiyot sohasida dars beradi, o'n yildan ziyod mahalla faoli va oqsoqoli maqomida ishlagan, oqsoqol sifatida azim Toshkent va go'zal O'zbekistonga tanilgan inson. «Mehrim va alamim», «To'yg'ular» she'riy to'plamlari, «Bir kunlik kelin», «Yig'latmagin onangni», «Ruhlar nolasi», «Oqsoqolning bir yuz bir o'giti» kabi kitoblari shinavanda o'quvchilar qalbidan joy egallagan.
"Hayoliy HIH asr ikkinchi yarmida Qarshi adabiy muhitida etishgan vatanparvar shoirdir. Chor Rossiyasi istelosi guvohi bo'lgan, el va ulusni muqaddas ozodlik kurashiga chorlagan, Oq podshoh qo'shiniga qattiq zarba bergan shahzoda Abdul Malik to'rani qo'llab-quvvatlagan shoir qismati fojeiy yakun topadi. Uning devoni, yovga nafrat ruhidagi she'riyati mustaqillikka qadar unutilib kelingan edi. Vatanimiz istiqloli uchun kurash tarixida, mumtoz adabiyotimiz xazinasini boyitishda shoir Hayoliy adabiy merosi qimmatli manba bo'ladi, deb umid qilamiz. Muandarija So'zboshi o'rnida 3 «Ko'nglima ming turli orim bor» 7 Shoirning devoni topildi 9 Hayoliy 12 Yurt fidoyisi 21 Devon. G'azallar, muxammaslar 69 Layli va Majnun (doston) 166 Ayrildim 190"
Yosh qalamkash Jasur Abdullaevning bu she'riy to'plamiga uning yurt madhida, sevgi muhabbat madhida bitilgan yangi she'rlaridan tuzildi. Undagi jo'shqinlik, samimiyat nazm ixlosmandlariga manzur bo'ladi degan umiddamiz.
Shahlo Samieva ham maktab o'quvchisi bo'lishiga qaramasdan uning she'riyatga ixlosi baland. Uning ilk mashqlari bilan tanishar ekansiz, undagi soddalik va ravonlik, samimiyat sizni befarq qoldirmaydi deb o'ylaymiz.