Книга А. К. Пулатова — это оригинальный учебник и справочник по английскому языку. Материал здесь представлен в системной последовательности и имеет объяснительный и описательно — классифицирующий характер.Автор хотя придерживается строгих канонов но не старается во всем следовать традиции при подаче экспланаторного материала. Это взгляд со стороны на английскую грамматику, вгляд человека, который сам ознакомился со всеми сложностями ее системы, изучил правила и сделал какие-то свои открытия. Этими открытиями автор делится со своими учениками — пользователями книги. Поэтому и написана книга с позиции пользователя, т.е. человека не обучающего, а изучающего английский язык. Автор ведет за руку своего ученика, знакомя его с элементарными началами, подводя к более сложным явлениям и, наконец, погружая в стихию речи.Книга написана так, что ее можно рекомендовать для широкого круга читателей, желающих овладеть английским языком.Части I и IV книги вместе взятые можно рассматривать как пособие для начинающих и тех, кто хочет ограничиться получением элементарных знаний для общения на английском языке.Книга в полном объеме предназначена для читателя, который хочет грамматически правильно говорить, и в особенности, писать по английски.
Ushbu o'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarida pedagogika yo'nalishidagi mutaxassislar tayyorlash uchun 2012-yildagi dastur asosida tuzildi. Qo'llanma umumiy psixologiya va yosh davrlari psixologiyasi bo'limlaridan iborat bo'lib, har bir bo'lim bo'yicha ma'ruzalar jadvallar asosida to'liq ochib berulgan. Bundan tashqari o'quvchilar bilimini tekshirish uchun test variantlari, o'quvchilarga mustaqil ishlar va bolaning psixik xususiyatlarini aniqlovchi psixologik testlar ham berilgan.
Ushbu to'plam A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilarining an'anaviy ilmiy-nazariy konferensiyasi materialla ridan iborat. Bunda boshlang'ich ta'lim pedagogikasi fakulteti professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari tomonidan yozilgan ilmiy hamda o'quv uslubiy maqolalar bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishga qaratilgan. Shuning uchun mazkur to'plam respublika oliy o'quv yurtlari, ayniqsa, pedagogika institutlarining bo'lajak boshlang'ich sinf mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirishga qiziquvchi ilmiy xodimlar, magistrlar va iqtidorli talabalarga mo'ljallangan.
Mazkur yoshlar almanaxida respublikamizning turli viloyatlarida yashab ijod qilayotgan iste'dodli yoshlarning turli janrdagi asarlari jamlandi. Jami yetmishdan ortiq shoir-yozuvchilarni o'z ichiga olgan ushbu kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
Ushbu kitob fasllar kelinchagi bo'lmish bahor va milliy bayramimiz Navro'z haqidagi eng sara she'rlar va ssenariydan tarkib topdi. Undan o'quv yurtlari va boshqa tashkilotlar Navro'z bayramini yuqori saviyada nishonlash maqsadida foylanishlari mumkin. Kitob Sizga manzur bo'lishiga ishonamiz, aziz kitobxon!To'plamdan To'lqin Eshbek, Oybek, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, To'ra Sulaymon, Jumaniyoz Jabborov, Tursunboy Adashboyev, Omon Matjon, Oydin Hojiyev, Halima Xudoyberdiyeva, Matnazar Abdulhakim, Sulaymon Rahmon, Azim Suyun, Muhammad Rahmon, Shavkat Rahmon, Usmon Azim, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Sirojiddin Sayyid, Nurulloh Oston, Abduhamid Pardayev, Odil Ikrom, Halima Ahmedova, Salim Ashur, Iqbol Mirzo, Oydinniso kabi mualliflarning she'rlari o'rin olgan
Muhtaram kitobxon! Ushbu to'plam, garchi, ixcham to'rtliklardan jamlangan bo'lsa-da, ularda bir olam mazmun mujassam. Qatrada quyosh aks etganidek, ixcham satrlarda katta falsafiy fikrlar o'z aksini topgan. Ularni o'qib, bahra olish o'zingizga havola, aziz she'rxon.
Muhtaram kitobxon! Ushbu she'riy to'plam muallifi nozik did sohibasi, iste'dodli qalamkash. U o'zining lirik va falsafiy ijod namunalaridan she'riy guldasta jamlabdi. Uning she'rlarini o'qib, bahra olish va baholash sizga havola.
Ushbu ertakda afsonaviy dengizchi Sindbod boshidan kechirgan sarguzashtlar haqida hikoya qilinadi. Dengiz yo'llari bo'ylab Afrikaning sharqiy sohillaridan janubga va undan Osiyoga sayohat qilgan ertagimiz qahramoni Siz multfilmlarda ko'rgan Sindbod bahriy (dengizchi)ning aynan o'zidir. Mazkurertak «Sindbod bahriy hikoyalari» nomi bilan «Ming bir kecha» kitobiga ham kiritilgan. Tahminlarga ko'ra, ertakning bir qismi haqiqatda mavjud bo'lgan sharq dengizchisining boshidan kechirganlariga asoslangan, bir qismi Gomerning «Odisseya»si kabi antik davr she'riyatidan, boshqa bir qismi hind va fors xalqlarining milliy hikoyalaridan olingan.Kitob umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-4-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, turli boshqotirmalar hamda ertak mazmuniga mos rasmlar jajji kitobxonlarning dunyoqarashini boyitishga, ularning tasavvur olamini yanada ken- gaytirishga xizmat qiladi.
"Alovuddinning sehrli chirog'i" – arab xalq ertagi bo'lib, u «Ming bir kecha» kitobiga ham kiritilgan. Ushbu ertakda qashshoqlikdan qiynalgan Alovuddin ismli bolaning ilojsizlikdan sehrgarning gapiga kirib, boshidan mislsiz sarguzasht va sinovlarni kechirgani haqida hikoya qilinadi. Ertak nihoyasida u sehrli chiroq yordamida yurtning badavlat va odil podshosiga aylanadi.Umimiy o'rta ta'lim maktablarining 1-4-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan ushbu ertak jajji kitobxonlarning dunyoqarashini boyitadi. Ertak mazmuniga mos ishlangan rasmlar ulardagi tasavvur qilish qobiliyatini yanada shakllantiradi.