Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Гуллар олами

    Хамдамович Равшан

    "Gullar olami" deb nomlangan ushbu amaliy qo'llanmada gullarning eng ommabop hamda ko'rkam turlarini parvarishlash va yetishtirish texnologiyalari haqida so'z boradi. Har bir gulning biologik hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularni turli muddatlarga, shu jumladan, yangi yil, 8-mart, Navro'z bayrami, 1-aprel va 9-may muddatlariga ochiltirich usullari batafsil ko'rib chiqilgan hamda ularga ishlov berish usullari atroflicha tushuntirilgan. Undan tashqari, qo'llanmada ertaki muddatlarda gul yetishtirish bo'yicha olingan amaliy tajribalar natijalari ham keltirilganki, ularni o'rganish orqali gul yetishtirishning bir qancha nozik tomonlarini atroflicha tushunib olish mumkin.Qo'llanma ertaki muddatlarda turli xildagi gullar yetishtirib, mo'may daromad olmoqchi bo'lgan kimsalarga hamda gulchilik bilan qiziqqanlarga mo'ljallanilgan. Agar siz o'z hayotingizni gullarsiz tasavvur qila olmasangiz, ushbu kitobcha huddi siz uchundir.

    Инглизча-ўзбекча / Ўзбекча-инглизча луғат

    Исаков Улугбек

    Ona-Vatanimizning siyosiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda kun sayin rivojlanib borayotganligi hech kimni ajablantirmasligi tabiiydir. Buning sababi esa ta'lim sohasining jahon standartlariga olib chiqilayotganligidir. Ko'plab talabalarimiz dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida tahsil olmoqdalar va mukammal kadr bo'lib yetishmoqdalar. Buning poydevori esa tabiiyki chet tillarini mukammal o'rganish orqali barpo etiladi. Yuqoridagi muallifl ar tomonidan sizning e'tiboringizga 2004 va 2005-yillarda jajji «Inglizcha-O'zbekcha lug'at» havola etilgan edi. Ushbu kitob esa avvalgi lug'atlarning uzviy davomi bo'lib, "Inglizcha-O'zbekcha va O'zbekcha-Inglizcha qismlardan iboratdir.Inglizcha-O'zbekcha qism 20 000 so'z va felli birikmalarni o'z ichiga olgan. O'zbekcha-Inglizhca qismi esa 10000 dan ziyod so'zni o'z ichiga olgan. Mualliflarning navbatdagi tuhfasi o'rganuvchilarga manzur bo'ladi degan umiddamiz.

    Иқтисодчи олимлар

    Абулкосимов Х.П.

    Мазкур маълумотномада таниқли иқтисодчи профессор-ўқи­тув­чиларнинг қисқача биографияси, илмий ишлари ва йўналишлари ҳамда асосий асарлари тўғрисида маълумотлар берилган. Бу маълумотлар ўқувчи-талабаларга, иқтисодиётга қизиқувчи барча китобхонларга мамлакатимиздаги иқтисодий фанлар тарихини ўрганишда бир манба сифатида фойдаланиш имконини бериши мумкин.

    Уммон остидаги дур

    Группа авторов

    Rivоyatlаr qаdim-qаdimdаn хаlq оngigа singib kеtgаn. Ulаr mа'lum bir hаqiqаtlаr аsоsidа qurilgаn bo'lаdi. Shu bоis hаm uni хаlqimiz yaхshi qаbul qilib, sеvib o'qiydi. Rivоyatlаrni gаp-gаshtаklаr, yig'inlаr, оilа dаvrаlаridа ibrаt bo'lsin, dеb аytilаdi, аyniqsа, yoshlаrgа ibrаtli, tаrbiyaviy jihаtlаri nihоyatdа ko'p. Ushbu to'plаmdа аnа shundаy tаrbiyaviy jihаtlаri ko'p ibrаtli rivоyatlаrning bir qаnchаsi jаmlаngаn bo'lib, bu хаlqimizning bоy mа'nаviy mеrоsining аjоyib vа yorqin nаmunаlаri ekаnligini isbоtlоvchi mаnbа bo'lib хizmаt qilishi tаbiiy.Тo'plаm kеng kitоbхоnlаr оmmаsigа mo'ljаl lаn gаn.

    Ўзбекча-хитойча-русча замонавий сўзлашгич

    Хакимова Шахноза

    Ushbu kitobdan faqat o'quv yurtlari talabalari, maktab o'quvchilarigina emas, tashqi iqtisodiy va diplomatik tashkilot xodimlar, Hitoy bilan yaxshi aloqa o'rnatgan korxona, vazirlik, va idora xizmatchilari, ishbilarmonlar, ayniqsa turistlar foydalanishlari mumkin.

    Инглиз тилини детектив ҳикоялар ёрдамида ўрганиш

    Курганов Анвар

    Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchi va kursantlari uchun mo'ljallangan bo'lib, u bo'lg'usi kasb egalariga inglizcha detektiv matnlarni tanishtirish bilan birga, ingliz tilida berilgan matnlarni turli interfaol mashqlar bajarish orqali tezroq tushunish va og'zaki muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Qo'llanmadan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o'quv yurtlari tinglovchi va kursantlari, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va barcha ingliz tiliga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.

    Инфратузилма иқтисодиёти

    Ашуров Зуфар

    Mazkur darslik infratuzilma iqtisodiyoti sohasi bo'yidia o'zbek va ingliz tillarida yozilgan o'ziga xos yagona darslik hisoblanib, u 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli «Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi Qarorini bajarishga qaratilgan tadbir maqsadida yaratildi.Darslikda iqtisodiyotda infratuzilma, uning mohiyati, tarkibi, infratuzilma turlari, shuningdek 0'zbekistonda infratuzilma turlarining faoliyati, holati va rivojlanish tendensiyalari, xorijiy mamlakatlarda infratuzilma haqidagi ma'lumotlar ikki tilda uzviy keltirilgan.Ushbu darslik 5230100 – «Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)», 5230100 – «Iqtisodiyot (infratuzilma)» bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar hamda boshqa infratuzilma iqtisodiyoti sohasi qiziquvchilariga mo'ljallangan. Darslikdan kasb-hunar kolleji o'quvchilari va pedagoglari hamda infratuzilma tarmog'idagi korxona va tashkilotlarining xodimlari va mutaxassislari ham foydalanishi mumkin.