Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon

    Темур тузуклари китоби бўйича саволномалар тўплами

    Ахроржон Юнусов

    Mazkur asar buyuk bobokalonimiz, yengilmas sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur bobomizning betakror asari «Temur tuzuklari» kitobi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, Muallif ushbu qo'llanma asosida ulug' ajdodimiz, iste'dodli sarkarda Amir Temurning hayotida kechgan ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarini bugungi kun avlodlariga yetkazish, har bir masalada uzoqni ko'zlab, el manfaatlarini o'ylab ish tutish bilan bog'liq ibratli fazilatlarini, davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, san'at va me'morchilikka oid qarashlarini o'rganishga o'quvchilarni «Temur tuzuklari» kitobi bo'yicha bilimlarini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratgan.Mazkur qo`llanma «Temur tuzuklari» kitobidagi har bir mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan.Muallif ushbu qo'llanma orqali o'quvchi-yoshlarda o'z o'tmishini bilish, anglash, o'z ajdodlari va davlatchilik tarixlari bilan yaqindan tanishish, mazkur sohada bilim, malaka va ko'rikmalarini yanada mustahkamlash, eslab va yodlab olishda oddiy kitobxonga ko`makchi bo`lib xizmat qiladi.

    Темур тузуклари китоби бўйича савол-жавоблар тўплами

    Темур тафаккури

    Ахроржон Юнусов

    Mazkur asar buyuk bobokalonimiz, yengilmas sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur bobomizning betakror asari «Temur tuzuklari» kitobi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, asarda Amir Temurning faoliyati davomida qo'llagan chora-tarbirlari, o'ylagan o'y fikrlari, qat'iy pozitsiyasi, o'zi amal qilgan hayotiy qonuniyatlar va jihatlar, kengashu tadbirlarda ta`kidlagan serma'no so'zlari hamda biz avlodlarga yozib qoldirgan benihoyat qimmatli pandu nasihatlari, o'gitlarini o'zida mujassam etgan. Mazkur asar orqali biz o'quvchiyoshlarda o'z o'tmishini bilish, anglash, uni to'g'ri tushunish va shu orqali kishilar ruhiyatida jiddiy o'zgarishlar yasashga, hayotni, turmushni, jamiyatni ma'naviy isloh qilishga qaratishimiz darkor.

    Саодат асри қиссалари - Интизор кутилган тонг (1 китоб)

    Ахмад Лутфий

    Ahmad Lutfiy — hozirgi zamon adibi, tarixchi olim. Biz e'tiboringizga havola etayotgan «Intizor kutilgan tong» qissasi Saodat asridan hikoya qiluvchi olti jildli asarning birinchi kitobidir. Kitob to'la holida Janobi Payg'ambarimiz alayhissalomning tug'ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlarini qamrab oladi. Huddi shu mavzuga bag'ishlangan boshqa asarlardan farqi — muallif aniq tarixiy vokea-hodisalarni o'ziga xos badiiy yo'sinda aks ettirganidir. Natijada u g'oyat o'qishli chiqqan. Bu kitoblarning mashhur bo'lib ketganini shundan ham bilsa bo'ladiki, asar to'rt marta nashr qilingandir. Inshaalloh, sizlarga ham yoqadi, degan umiddamiz.

    Форс тили

    Ахмад Куронбеков

    Ushbu darslik akademik litseylarning sharq tillari ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilarning III bosqichi uchun mo‘ljallangan. Bu darslik I va II yil ta’limining uzviy davomi bo‘lib, fors tilidagi matnlarni o‘qish, so‘z va iboralarni yod olish, fors tili grammatikasi bo‘yicha nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va og‘zaki nutq malakalarini hosil qilish va fors tilida 500-600 so‘z va iborani faol o‘zlashtirishni nazarda tutadi.Bu kitobdan fors tilini xorijiy til sifatida o‘rganayotgan oliy ta’lim muassasalari va fors tiliga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.

    Ҳозирги замон форс сўзлашув тили

    Ахмад Куронбеков

    Бу ўқув қўлланма юқори курсдаги талабаларнинг оғзаки нутқ малакаларини, амалий таржима машқларини бажариш, қуйи босқичларда олган грамматик билимлар ва луғавий бирликларни фаол ўзлаштириш ва турли ижтимоий ва маиший мавзуларда тил эгалари билан бемалол гаплаша олиш кўникмасини ҳосил қилишлари учун мўлжалланган.

    Форсча-ўзбекча ва ўзбекча-форсча тилшунослик терминлари луғати

    Ахмад Куронбеков

    "Форсча-ўзбекча ва ўзбекча-форсча тилшунослик терминлари луғати" Тошкент давлат шарқшунослик институтида «Шарқ тиллари икки тилли луғатларининг лексикографик тадқиқотлари» амалий грант лойиҳаси доирасида тайёрланган.Бу луғат форс гуруҳи талабаларига форс тили грамматикаси, лексикологияси, сўз ясалиши ва тилшунослик бўйича махсус курсларни ўқишда форс ва ўзбек тилидаги тилшунослик терминларининг муодилларини ўзлаштириш ва шунингдек курс ишлари, битирув малакавий ишлари, магистрлик диссертацияси ҳамда форс тилшунослиги бўйича илмий тадқиқотлар олиб борувчи мутахассисларга мўлжалланган.