Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Электрлашган темир йўллар электр таъминоти

    С.Ф. Амиров

    Darslikda elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti tizimlari va ular tortish tarmog'ini ta'minlash sxemalarining xususiyatlari, tortish elektr ta'minoti tizimi elementlarining elektr parametrlari, tortish elektr ta'minoti tizimlarini berilgan harakat grafigi va harakat o'lchamlari bo'yicha hisoblash usullari, elektr energiyasi sifati va uni elektrovoz ishiga ta'siri, elektr energiyasi sifatini oshirish usullari, tortish elektr ta'minoti tizimi parametrlarini tanlash, elektrlashgan temir yo'llarning yondosh liniyalarga elektromagnit ta'siri va undan himoyalash, tortish tarmog'idagi qisqa tutashish toklaridan himoyalash hamda yuqori tezlikli temir yo'l magistrallari elektr ta'minoti tizimlarining xususiyatlariga oid asosiy nazariy ma'lumotlar keltirilgan. Har bir bob tegishli masalalar, nazorat va test savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200 – elektr energetikasi (temir yo'l transporti) ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan 5A310201 – elektr ta'minoti (temir yo'l transporti) mutaxassisligi magistrantlari, elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti qurilmalarini loyihalash, montaj qilish va ularga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan injener-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ham o'quv qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

    Назарий электротехника

    С.Ф. Амиров

    Darslikda nazariy elektrotexnikaga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, induktiv bo'g'langan zanjirlar, to'rtqutbliklar, elektr filtrlari, uch fazali zanjirlar, nosinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, chiziqli elektr zanjirlaridagi o'tkinchi jarayonlar, tarqoq parametric zanjirlar, passiv ikki qutbliklar va to'rtqutbliklar sintezi, o'zgarmas tok nochiziq elektr va magnit zanjirlari, o'zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari, elektrostatik maydon, o'zgarmas tokning elektr va magnit maydonlari va o'zgaruvchan elektromagnit maydonni hisoblash usullariga oid tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli darajada bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, har bir bob tegishli masalalar va nazorat savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200, 5310600, 5310700, 5310800, 5311000, 5311100, 5430200 ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan professor-o'qituvchilar, ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslarining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.

    Тебраниш ва тўлқинларни ўрганишда замонавий ахборот технологияларини жорий этишнинг илмий-услубий ва амалий жиҳатлари

    С.С. Шералиев

    Монография ўрта махсус, касб-ҳунар коллежларида физика фанининг «Механик ва электромагнит, тебранишлар ва тўлқинлар» бўлимини назарий, амалий ҳамда услубий жиҳатдан тўлароқ ўрганишга бағишланган. Мавжуд дарсликлар, ўқув ва услубий қўлланмаларда ҳамда электрон дарсликлар ва қўлланмаларда мавзунинг ёритилиши ҳамда уни ўрганишдаги камчиликлар таҳлил қилиниб, механик ҳамда электромагнит тебраниш ва тўлқинларни замонавий ахборот технологияларидан фойдаланиб кўриб чиқиш келти­рилган. Шу жумладан, ахборот технологиялари ва педагогик дастурларнинг физика таълимида қўлланилиш жиҳатлари ва уларнинг имкониятлари очиб берилган.Шунингдек, монографиянингиккинчи бобида тебранишлар ва тўлқин­ларни яратилган электрон мажмуалар асосида ўрганиш методикаси ва мазму­ни ёритилган. Жумладан, тебраниш ва тўлқинларни анимацион материаллар ҳамда виртуал лаборатория ишларидан фойдаланиб ўрганиш методикалари келтирилган.

    Ранг технологияси

    С.С. Сайдалиев

    Ushbu uslubiy qo'llanma kasb-hunar kollejlari va akademik litsey hamda pedagogika oliy o'quv yurtlarining san'at fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalarida «Amaliy san'at», «Tasviriy san'at» yo'nalishlarida tahsil oluvchilarda rangshunoslik bilimlarini shakllantirish hamda amaliy ishlarida ranglardan foydalanish qoidalarini o'rgatuvchi metodik qo'llanma.

    Ўзбекистон иқтисодиётининг ўсиш ва барқарор ривожланиш омиллари

    С.С. Гулямов

    Ушбу ўқув-методик қўлланмада Ўзбекистоннинг барқарор иқтисодий ўсиш кўрсаткичлари таҳлили, Ўзбекистон иқтисодиётида диверсификация жараёнлари,Ўзбекистонда банк, молия тизими, давлат бюджети ва уни шакллантириш маса­лалари, кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликда инновация жараёнлари, билимга таянган инновацион иқтисодиёт, инновация тушунчаси, таснифи ва функциялари, иқтисодиётни модернизациялашда инновацияларнинг аҳамияти, билимга таянган инновацион иқтисодиёт тушунчаси ва инфратузилмаси, глобаллашув шароитида рақобатдош мутахассислар тайёрлаш масалалари, оила, маҳалла, соғлиқни сақлаш, таълим-фан, маънавият ва бизнес ҳамкорлиги масалалари, мамлакат иқтисодиётини модернизациялаш шароитида интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш омиллари баён этилган, шу билан бирга, интеллектуал қобилиятни (хотира ва ўй­лаш тезлигини) ривожлантиришда етти пушти, насл-насабини яхшилаш, етиш­маган микроэлемент ва витаминларни истеъмол қилиш, хотирани яхшилаш тренинги усулларини ишлатишда хорижий тажрибалар тавсия этилган.Ўқув-методик қўлланмада келтирилган мавзулар халқ таълими тизими раҳбар кадрлари малакасини ошириш курслари ўқув режаси ва фан дастурининг «Иқтисодиёт масалалари» модулига мос бўлиб, Давлат таълим стандартларига тўла жавоб беради.Ўқув-методик қўлланма халқ таълими муассасалари раҳбар кадрларининг барча малака тоифалари, шунингдек, олий ўқув юртлари ва малака ошириш институтлари профессор-ўқитувчиларига мўлжалланган.

    Компьютер оламига саёҳат

    С.И. Рахмонкулова

    Ushbu kitobda Siz kompyuter bilan tanishasiz. Kompyuterning o'zi Sizga nimadan tashkil topgani, qanday ishlashi, kompyuterviruslari va boshqalar haqida gapirib beradi. Ujudasodda va tushunarli tilda rasmlar yordamida tushuntiradi. Bu esa Sizga kompyuter haqida ko'pgina qiziqarli va foydali ma'lumotlarni bilib olishingizga hamda unda ishlashni tezroq o'rganishingizga imkon beradi.Kitob 3 yoshdan 1 6yoshgacha bo'lgan bolalarga mo'ljallangan, lekin kompyuterda ishlashni o'rganmoqchi bo'lgan kattalarga ham foydali bo'ladi.

    Электроакустика на железнодорожном транспорте

    С.В. Чимарина

    "Рассмотрены вопросы элекроакустики, работа электроакустических рпеоброзователей, конструксии телефонных аппаратов, приминяемых на железнодорожном транспорте, и их схемы, распространение, запис и воспроизведение звука. Учебное пособие предназначено для учащихся профессиональных колледжей железнодорожного транспорта и связи."

    Ҳуқуқшунослик

    С. Ишанходжаев

    Mazkur darslikda davlat va huquq nazariyasi fanining tushunchasi va predmeti, davlat va huquqning vujudga kelishiga doir nazariyalar, fuqarolik huquqiy munosabatlari, subyektlari va manbalari, ota-onalar hamda bolalarning huquqi va majburiyatlari, ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari tushunchasi bayon etilgan. Huquqshunoslik fani o'quv rejasidagi barcha fanlar bilan uzluksiz bog'liqdir. Ushbu fan bevosita «Tadbirkorlik huquqi», «O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi», «Mehnat huquqi», «Soliq qonunchiligi asoslari», «Ma'muriy va xo'jalik huquqi», «Moliya huquqi», «Xalqaro huquq» va boshqa huquqiy fanlar bilan aloqadorlikda o'rgatiladi…

    Умумий паразитология

    С. Дадаев

    "O'quv qo'llanmada parazitologiya fanining maqsad va vazifalari, tirik organizmlar o'rtasidagi turli shakldagi parazit-xo'jayin munosabatlar, parazitlarning kelib chiqishi, odam, mahsuldor hayvonlar va qishloq xo'jalik o'simliklarida parazitlik qilib katta iqtisodiy zarar keltiruvchi vakillarining tuzilishi, ko'payishi, bioekologik xususiyatlari, qo'zg'atadigan kasalliklari va ularning oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv reja asosida tayyorlangan bo'lib, oliy o'quv yurtlarining biologiya mutaxassisligi magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmadan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy o'rta ta'lim maktablarining biologiya o'qituvchilari hamda Oliy o'quv yurtlarining biologiya yo'nalishi bakalavr bosqichida ta'lim olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin."

    Морфология сердца и влияние пестицидов

    С. Ахмедова

    V monografii privodyatsya novie dannie o morfologii serdsa krisyat, strukturnoy perestroyke stenok ego v rannem postnatalnom ontogeneze. S selyu prognozirovaniya razvitiya toksicheskogo miokardita sozdana morfo-metricheskaya model s produktivnoy bazoy znaniy. Dlya morfologov, kardiologov, patomorfologov, patofiziologov i drugix spesialistov.