Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Чўл лочинининг синовларда кечган умри

    Рахматилла Жабборов

    Ushbu hujjatli qissa Mirzacho‘l va Jizzax cho‘lini o‘zlashtirishda fidoyilik qilgan Sattor Usmonov haqida hikoya qiladi.

    Билганинг - ўзингга... Қизлар китоби

    Рахима Шомансурова

    Қизларимиз ва келинларимизга баҳо беришда айнан пазандалик асосий мезон ҳисобланади. Буни уларнинг ўзлари ҳам яхши билишади ва ҳозирда оила қуришга тайёрланаётган қизларнинг кўплари, биринчи навбатда, яхши пазанда бўлиш тадоригини кўрадилар. Уларнинг қулоғига бир сирни айтиб қўймоқчимиз: қизларнинг қўли-ю тилининг «ширин»лиги умрлари давомида бошқа кўп камчиликларни ювиб кетишга қодир фазилатлардан.

    Блосхолм соҳибаси

    Райдер Генри

    ..Blosxolm abbati Meldon bilan bo'lgan tengsiz jangda boshidan jarohatlangan Kristofer Harflit chet elga badarg'a qilinadi, xorijda ko'pdan-ko'p jabru jafolarga duchor bo'ladi. Uning xotini – bir haftalik kelinchak ledi Sayseli enagasi Emlin bilan monastirga qamaladi, keyinchalik esa jodugar sifatida ayblanib, gulxanda yondirilishga hukm qilinadi… Ingliz yozuvchisi Genri Rayder Haggard (1856 – 1925) faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham mashhur bo'lgan ko'pdan-ko'p tarixiy va sarguzasht romanlar muallifidir. Uning asarlari bizning mamlakatimizda ham bir necha bor nashr etilgan.

    Нефть ва газ конлари геологияси ҳамда қидируви институти ОАЖ 50 ёшда

    Ражаббой Раупов

    O'zbekiston neft va gaz sanoatining vujudga kelishi, taraqqiy topishi uzoq yillik tarixga ega. Buni raqamlar bilan ifoda etsak, 120 yillik davrni qamrab oladi… Mazkur kitobda muallif institut faoliyati, jamo-aning sharafli mehnati, sohada erishilayotgan yutuqlar, yan-giliklar haqida hikoya qiladi. Shuningdek, risolada neft va gaz tarixi, ularning tabiatda uchrashi, mamlakatimiz neft va gaz sanoatining vujudga kelishi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar to'planib, keng kitobxonlar e'ti-boriga havola etiladi.

    Илм-фан, таълим ва амалиёт интеграциялашувининг муаммолари

    Раджапбай Дусмуратов

    Risola ustozlik yukini zimmasiga olishni niyat qilgan yosh olimlar, olimlik darajasiga etishish maqsadida mehnat qilayotgan katta ilmiy xodim izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

    Қишлоқ хўжалигида бухгалтерия ҳисоби ва статистика асослари

    Раджапбай Дусмуратов

    "Xo'jalik hisobi, uning turlari, buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, axborotdan foydalanuvchilarning har xil toifalari, buxgalteriya hisobining predmeti va metodi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Shuningdek, buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari tushunarli va batafsil bayon qilingan. Qishloq xo'jalik korxonalarida ta'minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o'rin egallagan., hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati etarli darajada bayon etilgan. Statistikaning mazmuni, ahamiyati, predmeti va metodi hamda qishloq xo'jalik statistikasining xususiyatlari yoritilgan. Xususan, dehqonchilik va chorvachilik statistikasi, qo'llaniladigan statistik metodlar hamda ularning amaliy ahamiyati aniq misollar bilan keltirilgan. O'quv qo'llanma qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining noiqtisod bakalavriat yo'nalishlari talabalari mo'ljallangan. Shuningdek, qishloq xo'jalik kollejlarining o'qituvchilari, amaliyotdagi buxgalter-iqtisodchilar, tadbirkorlar va fermerlar ham foydalanishlari mumkin."

    Мен бормен илм толиби

    Раджапбай Дусмуратов

    Рисола толиби илм – талабаларимиз, хусусан биринчи босқич талабаларимиз, устозлик юкини зиммасига олишни ният қилган ёш олимлар ва ўқитувчилар, устозлик даражасига етишиш мақсадида илм излаётган катта илмий ходим изланувчилар, мустақил тадқиқотчилар ва магистрантлар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган. Шунингдек, ундан «Биринчи курс мактаби» семинар-тренинги ва маънавият соатларида ҳам фойдаланиш тавсия этилади.

    Развивайтесь благодаря своим мечтам

    Равшанбек Хонниёз

    В своей первой книге «Развивайтесь благодаря своим мечтам» из серии «Маленькие секреты большого успеха» автор знакомит читателя с неисчерпаемыми возможностями человека в преодолении жизненных проблем и претворении мечты в реальность.

    Танлаш ихтиёри ўзингизда

    Равшанбек Хонниёз

    Ҳаёт мураккаб. Унинг сўқмоқларида адашмай йўл топиб юриш учун эса кимнингдир маслаҳатига муҳтожмиз.Ушбу китобда кишиларга кундалик турмушда, бизнес оламида ютуқларга эришиш кўникмаларини шакллантириш мақсади қўйилган. Китоб сиз, оилангиз ва келажагингиз ҳақида фикр юритади, ҳаётдан ва одамлардан қай тариқа кўпроқ нарса олишингиз мумкинлиги ҳақида ҳикоя қилади. У сизга манзур бўлади деган умиддамиз.