Меҳнат ўқитиш методикаси. Р. Мавлонова

Читать онлайн.
Название Меҳнат ўқитиш методикаси
Автор произведения Р. Мавлонова
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-4083-3-3



Скачать книгу

Mehnat ta’lim o‘qituvchisi tayyorlashda mehnat ta’lim metodikasi ixtisoslashtiruvchi fan hisoblanadi. Bu fan boshqa fanlarni takrorlama yoki ular bilan yaqin bog‘lanishda bo‘ladi.

      Bo‘lajak o‘qituvchi „Mehnat ta’lim metodikasini o‘rganar ekan umumiy ta’lim maktabdagi mehnat ta’limining vazifalarini shu pridmet bo‘yicha o‘quv prossesining tashkiliy prinsiplarini va uning mazmunini anglab olishi, maktab ustaxonalarida ta’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimini egallash kerak.

      „Mehnat ta’limi metodikasi“’ kursining alohida roli shuki, o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash jarayonida ularda mehnatga havas, hurmat, to‘g‘ri munosabat tarkib toptirish kerak.

      Bo‘lajak o‘qituvchiga ana shu sharoitlardan qanday qilib to‘la foydalanishni ko‘rsatish kursining vazifalaridan biridir.

      1.5. Mehnat ta’limi metodikasi pedagogikaning tarmogi

      Mehnat ta’limi metodikasi fanining tarmog‘i sifatida o‘z obyektlari, vazifalari va tadqiqot metodlariga ega. Mehnat ta’limi jarayoni shu jarayonning hamma jihatlarini, o‘quv materialining mazmuni, o‘qitisn natijalari va boshqalar o‘rganish obyekti hisoblanadi. Bu jarayonining hamma tomonini o‘rganish o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

      Pedagogika fanining tarmog‘i sifatidagi mehnat ta’limi metodikasi oldiga quyidagi asosiy vazifalarini qo‘ygan:

      1. Mehnat ta’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish. Mehnat ta’limi vazifalari fan va texnikaning rivojlanishi, hozirgi zamon ishlab chiqarish yoshlarni mehnatga tayyorlash bilan bog‘liq. Mehnat ta’limi jarayoni o‘quvchilarda mehnatga muhabbat, kishilarga hurmat hissini shaklantirish kerak.

      2. O‘quv materialini mazmunini asoslash. Ayrim narsalarni yaxlit holatdan yakka tushuntirishga olish ham yaxshi natija beradi. O‘quv materialini tizimli mavzuga solib undan unumli foydalanish kerak.

      3. Ta’lim jarayonini tashkil etishning prinsiplarini, usullarini ishlab chiqish va unga rioya qilish kerak. Maktab amaliyotida o‘quvchilar ishini tashkil etishning 3 ta asosiy frontal, brigada va individual formalari o‘zining ijobiyligini ko‘rsatdi;

      4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar mazmuni va metodikasini ishlash davlat ta’lim tizimiga ko‘ra 9-sinfdan keyin kasb tanlash erkinligi, shu bilan birgalikda majburiy ta’lim joriy qilingan:

      a) kuzatish – ilmiy bilish metodi;

      b) eksperemental – tajribada sinab ko‘rish metodi;

      d) ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish metodi;

      e) Nazariy tadqiqotlar – o‘quv jarayonni tashkil etish metodikasi, yosh fiziologiyasi, gigiyena va pediatriya ma’lumotlariga tayanadi.

      Bu fanlarning ma’lumotlaridan foydalanib ish rejimi, mashqlarning xarakterli masalalari hal qilinadi, asboblar va jihozlarga doir normativlar ishlab chiqiladi.

       Savollar

      1. Mehnat ta’limining maqsadi qaysilar?

      2. Mehnat ta’limining qanday vazifalari mavjud?

      3. Mehnatga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

      4. Mehnatga doir texnik bilimlar bilan qurollantirish qanday amalga oshiriladi?

       Topshiriqlar

      1. Qo‘l mehnati darslarida o‘quvchilarning qaysi psixologik xususiyatlari shakllantirilishini amalda ko‘rsatib bering.

      2. Mehnat ta’limi jarayonining o‘sish ta’siriga misollar keltiring.

      1.6. Mehnat metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘lanishi

      Mehnat metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tabiat, o‘lkamiz tarixi, o‘quv ustaxonasida amaliy mashg‘ulot metodikasi, ona tili, tasviriy san‘at, o‘qish, iqtisod bilan bog‘liq.

      O‘quvchilar matematika darslarida o‘rgangan son, sanoq son yig‘indi, ayirma, mavzularini mehnat darsida ishlatishi mumkin. Masalan: O‘quvchilar bir necha gul yaproqlarini sanab chiqib qirqadilar. Gullarni qirqishda sanoq asosida doira shakllari chizib qirqiladi. Barcha olingan bilimlar mehnat darsida mustahkamlanadi.

      Ona tili darslarida o‘rgangan mavzular mehnat darslarida ham qo‘llash mumkin. Masalan:

      Sifat mavzusi mehnat darsining ko‘p mavzularida qo‘llanadi. Orttirma, qiyosiy daraja, kamaytirma musbat tushunchalar bo‘ladi. Ranglarni bir-biridan farqi: Qizil, qip-qizil, qizg‘ish, katta, kattaroq, kichikroq.

      O‘qish darslarida masal, ertak, sh’er, hikoya o‘qishadi. O‘rganilganlar asosida mehnat darsida aplekatsiya yasash mavzusi bo‘ladi. Masalan: 1-sinflarda „Bo‘g‘isoq”, „Sholg‘om“ ertaqlari asosida aplekatsiya yasaladi. Aplekatsiyani bajarishdan oldin o‘quvchi tomondan ertak so‘zlab beriladi.

      Tabiyatshunoslik fani bilan bog‘liqligi darslarda o‘quvchilar tabiat in’om etgan barglar, urug‘lar, mevalar, postloq, daraxt shoxlari, parranda patlari, loylardan o‘yinchoqlar, aplekatsiyalar yasashadi.

      Tarix fani bilan bog‘liqligi qog‘oz mavzusini o‘tishda uning kelib chiqishi tarixi, kulolchilk, naqqoshlik, kashtachilik, misgarchilik, yog‘ochsozlik tarixi haqida o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Bunda o‘quvchilarga milliy an‘analarimizga nisbatan muhabbat uyg‘otishadi.

      Tasviriy san’at darsi bilan mehnat darsi chambarchars bog‘liqdir. Bu ikki fan har doim bir-birini to‘ldirib boradi. Chunki yasalgan narsa tasviri avval chiziladi. Shu chiziqlar asosida kerakli shakllar qirqiladi.

      Pedagogika fani ta’lim-tarbiya usullarini o‘rgatuvchi fan bo‘lganligi sababli mehnat darsi bilan doim bog‘liq.

      Psixologiya fani o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini bilgan holda mehnat darsini olib boradi. Mehnat har bir narsani yasattirayotganda o‘quvchilarning ruhiy jarayonini hisobga olish zarur.

      O‘lkamiz tarixi bu fan bilan bog‘liqligi o‘quvchilarni atrofda bo‘ladigan barcha yangiliklar o‘quvchilarni yangi bilimlar asosida dars o‘tishga ularni fikirlash qobilyatlarini kengaytirishga, ekskursiyalar tashkil qilish va ekskursiyalar asosida ko‘rgan narsalarni bajarishga o‘rgatadi.

      O‘quv ustaxona amaliy mashg‘ulot bu fanga bog‘liqligi o‘qishda bajaradigan har bir ishlar tayyorlanadigan ko‘rgazmalar va ulardan qanday foydalanish kerakligini qaysi fanlar bilan bog‘liq holda yangi usul bilan dars berish mehnat metodikasi fanida tushincha beriladi.

      Mehnatni o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

      1.7. O‘quvchilarga mehnatsevarlik tarbiyasini singdirish, mehnat orqali o‘quvchilarning tarbayaviy rivojlanishi

Reja:

      1. Mehnat tarbiyasi va uning mohiyati.

      2. Mehnat tarbiyasining maqsadi va vazifalari.

      3. O‘quvchilar mehnati faoliyati turlari.

      4. O‘quvchilar mehnati faoliyatini tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablar.

      1. Mehnat tarbiyasiga ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh g‘oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik hislatini tarbiyalash sanaladi. Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boylik, ijtimoiy taraqqiyot asosida mehnat faoliyati hamda uning samarasi aks etadi. Jamiyatda tashkil etiladigan mehnat tarbiyasi yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, ularning Vatan ravnaqi, elu-yurt farovonligi yo‘lida mehnat qilish, rivojlangan demokratik va huquqiy davlatni barpo etish jarayonida faol ishtirok etishga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otish, yagona maqsad yo‘lida harakat qilishga tayyorlashdan iborat