Название | PEDAGOGIKA |
---|---|
Автор произведения | J. Hasanboyev |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978-9943-5878-0-7 |
2.1.1-shakl. «Pedagogika» da ta’lim-tarbiya va ma’lumot hosil qilinishi.
Demak, tarbiya – ijtimoiy hodisa bo‘lib, insonning shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy ma’naviy qadriyatdir. Tarbiya insoniyat bilan birga paydo bo‘lib, usiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham faoliyat ko‘rsata olmaydi. Chunki, tarbiya inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyat bo‘lib, u avloddan avlodga o‘tib boraveradi.
Tarbiya yordamida inson shaxsining ma’naviy jihatlarini qaror toptirish ko‘zda tutiladi. Dunyoqarash, e’tiqod, ezgulik, go‘zallik, yaxshilik, adolatga nisbatan qarash va ko‘nikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamida amalga oshiriladi.
2. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya’ni, o‘qituvchi va o‘quvchi fao- liyati) jarayon bo‘lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga u oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini ham bajaradi.
O‘qitish tushunchasi insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongli faoliyat ifodasidir.
O‘qitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi.
2.1. «Ta’limning milliy modeli – O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini yangilangan sog‘lom pedagogik tafakkur asosida tubdan isloh qilish. ta’lim-tarbiya muassasalarida tayyorlanadigan kadrlarni intellektual ma’naviy va axloqiy saviyasiga ko‘ra rivojlangan mamlakatlardagi darajaga yetkazish bo‘yicha belgilangan nazariy-metodologik. amaliy pedagogik yondashuvlar majmuyi. Ta’limning milliy modelida ma’naviy intellektual jihatdan barkamol shaxsning o‘z ijodi, qobiliyatini to‘la namoyon etishini ta’minlash ko‘zda tuti- ladi».
3. Ma’lumot berish – bu o‘rganilayotgan obyekt (ta’lim-tarbiya jarayoni, ta’lim-tarbiya oluvchi va h.k.)ning muhim xususiyatlari va xossalari haqidagi ma’lumotlarni ifodalash jarayoni bo‘lib, unda obyekt to‘g‘risida sonli va sifatli ma’lumotlar aks ettirilgan bo‘ladi.
Ma’lumot berish – bunda nafaqat o‘qitish, balki o‘ziga mustaqil bilim olish, ommaviy axborotlar ta’sirida bo‘lish bilan birga, insonning ilmiy tizimni egallashi, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ko‘zda tutiladi.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim. hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dun- yoqarashlar majmuyi.
Bilimlar-odamlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to‘plangan va umumlashgan tajribasi. Ilmiy bilimlar obyektiv olamni ancha to‘g‘ri aks ettiradi. Ilmiy bilimlar doimiy emas. ular hammasi o‘zgarib, takomillashib boradi.
Bilimlar asosida o‘quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, xoti- ra singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.
Pedagogika fani tarbiyaviy va o‘quv ishlarning mazmuni, tamoyillari. ularni tashkil etish shakllari, usullari hamda yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Pedagogika fanining asosiy tushunchasi barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Pedagogika fanining asosiy faoliyati oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi harakatlar (jarayonlar) majmuyi.
Tarbiyalash va o‘qitish jarayoni (natijasi)da, odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxsni tarbiyalash va o‘qitish orqali o‘zida oldin bo‘lmagan ma’naviy intellektual sifatlarga ega bo‘ladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning intellektual salohiyatli bo‘lib yuksalishiga olib keladi.
Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida PEDAGOGIKA fani – falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtiso- diyot, siyosatshunoslik, demografiya, tarix, adabiyot, pediatriya, matematika, informatika, sinergetika, mantiq, sun’iy tafakkur va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq fan sifatida faoliyat olib boradi.
Pedagogika fani nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlar- ning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, tahlil qilish hamda umumlashtirish usullaridan foydalaniladi.
2.2. Pedagogika fanining metodologik asoslari
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo‘lib, u turli fanlar bilan uyg‘un holda qadim-qadim zamonlardan rivojlanib kelgan. Alloh yer-u osmonni, butun borliqni inson uchun yaratib, unga aql gavharini, tafakkur qili-sh qobiliyatini berdi. O‘zining mavjudligi, har bir ishga qodirligini, ilmda tengsizligini, mehr-muruvvatda beqiyosligini bildirdi.
Islomda ham dunyoviy ilmlarning barchasi Qur’oni Karim ta’limoti bilan bog‘liq va uyg‘un holda berilgan.
Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Pifagor, Arastu, Aflotunlar g‘oyaga asoslangan, o‘zlarining inson kamoloti va tarbiya masalalari- ning falsafiy negizini yaratgan. Arastu «Iskandarga nasihatlari» da (U Iskandar Zulqarnaynning ustozi bo‘lgan va Iskandar ham o‘z navbatida Arastuni o‘z otasidan ustun qo‘ygan) insonni eng yuksak fazilati taqvodorlik, iymonli ilmli bo‘lishligini ta’kidlagan edi, ya’ni: «Taqvodorlik iymon vositasida kamol topadi. Iymon esa fikru andisha soyasida hosil bo‘ladi», degan edi.
Ilmda xosiyat ko‘p, chunki u, taraqqiyot kaliti, insonning qalb ko‘zidir. Bunda ilm aqldan quvvat olganligi sababli, aql ma’naviy haqiqatlari bilan insoniyat jamiyatining dunyoviy ishlarida intizom yaratadi. Bu haqda ulug‘ matematik va faylasuf olim Pifagorning quyidagi fikrlari fikrimizning isbotidir. Ular:
• «Donishmandlik nima?
Tartib-intizo‘llilik. Donishmand bo‘lay desang hamma narsani joy-joyiga qo‘y. O‘tkinchi shuhratdan oqil kishining kundalik ishidagi tartib a’loroq».
Yetuk shaxslarning (olimlar, donishmandlar, faylasuflar, yozuvchilar, shoirlar, qahramonlar, davlat arboblari va shu kabilar) hayoti va faoliyati ulug‘ ibrat, tarbiya sabog‘idir.
Hozirgi kunda ham ilm-fanning turli sohalari, shuningdek, fan, adabiyot, san’at, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarning ismi shariflarini yo‘qlash, qilgan ishlaridan foydalanish, insoniyatning og‘irini yengil qilganliklari ularni eslab, yod qilib turilishi nihoyatda ahamiyatlidir.
Shu sababli ham yuqorida ta’kidlaganimizdek, olim-mutafakkirlarimiz olamga mashhur bo‘lganlar. Ulardan ayrimlarining fikrlarini keltiramiz. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Arifmetika» asari boshlanishidagi fikrni keltiramiz: «Rahimli va mehribon Tangriga loyiq maqtovlar aytaylik, unga minnatdorchiligimizni bildiraylik va uni ko‘klarga ko‘tarish bilan maqtovini oshiraylik, unga ibodat qilaylik, toki, u bizni adolat sari boshlab, haqiqat yo‘lidan olib borish va bizga 9 ta raqamdan iborat hind hisobi haqida bayon etishga qilgan qarorimizga yordam bersin». Ya’ni, «Arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Al-jabr va al-Juqobala hisobi haqida qisqacha xitob» ni ta’klif qildim, chunki meros taqdim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlash- da va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda va shuning- dek, yer o‘lchash, kanallar o‘kazishda, (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir».
Abu Ali ibn Sino – «Shayx ur-rais», ya’ni «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» no‘llariga sazovor bo‘lgan olim. Uning tarjimai holidan quyidagi fikrni o‘qishimiz mumkin: «Agar biror masaladan boshim qotib, qiyosda o‘rtacha ta’rifni topa olmasam, jome’ masjidiga borardim va namoz o‘qib, Yaratguvchiga yolborardim,