Название | PEDAGOGIKA |
---|---|
Автор произведения | J. Hasanboyev |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 978-9943-5878-0-7 |
Test savollari
1. Birinchi Prezident I.A.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi IX sessiyasida (1997) so‘zlagan «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida tarbiyaning maqsadi qanday ifodalanadi?
A) Tadbirkor shaxsni tarbiyalash
B) Umumiy va ilmiy ruhdagi shaxsni tarbiyalash
D) Barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni tarbiyalash
E) Mehnatsevar shaxsni tarbiyalash
2. A.Karimovning: «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» – degan iborasi qayd etilgan asarni aniqlang.
A) Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori
B) Barkamol avlod orzusi
D) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik
E) O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat
3. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil В) 1995 yil
D) 1994 yil E) 1997 yil
4. I.A.Karimov qaysi asarida «Kadrlar tanlashda vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg‘usi bugun juda katta ahamiyatga egadir» deb yozgan?
A) Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik
B) Istiqlol va ma’naviyat
D) O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda
E) Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajak-
ka ishonchdir
5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimini isloh qilishning bosqichlari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 1997-2000
B) 2001-200
D) 2004-2005
E) 1997–2000, 2003–2005, 2005 va undan keyingi yillar
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida ta’lim olishining tekin va majburiyligi ko‘rsatilgan?
A)40-modda B) 41- modda
D)42- modda E) 43- modda
7. I.A.Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida so‘zlagan nutqi mamlakatimizdagi qaysi sohani isloh qilishga qaratilgan?
A) Tarbiya sohasini B) rjtimoiy sohani
D) Ta’lim-tarbiya sohasini E) Iqtisodiy sohani
8. O‘zbekistonda majburiy, ixtiyoriy ta’lim necha yil qilib belgilangan?
A) 10 yil B) 11 yil D) 12 yil E) 13 yil
9. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning maqsadni toping.
A) Fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatish
B) Fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash
D) Fuqarolarda ko‘nikma. malakani boyitish
E) Fuqarolar bilimini boyitish
10. «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonunning qaysi moddasida «Kasb- hunar kollej o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligini mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan 3 yillik kasb-hunar o‘quv yurtlari» deb ta’kidlangan?
A)40-moddada B) 41 – moddada
D)42-moddada E) 43-moddada
11. «Tarbiyachi ustoz bo‘lishi uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar kabi buyuk fazilatlarni shakllantira olishga ega bo‘lishi kerak» degan fikrning muallifini aniqlang.
A)Abdulla Avloniy В) I.A.Karimov
D)Ushinskiy E) Komenskiy
12. o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
A)Ota-ona xohishiga B) O‘quvchilarning bilimiga
D) Bilim va kasbiy qiziqishga E) Jamoa fikriga
Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamoq bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Alisher Navuiy
2-MAVZU: PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY TADQIQOT METODLARI
Reja:
1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya. O‘qitish, ma’lumot).
2. Pedagogika fanining metodologik asoslari.
3. Pedagogika fanining tarmoqlari. Fanlar tizimida pedagogikaning o‘rni va ahamiyati.
4. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari.
Mavzuning maqsadi:
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari, kategoriyalari, metodologik asoslari, tarmoqlari va uning ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma’lumot berish hamda pedagogika faniga qiziqishni uyg‘otish.
Mavzuning vazifalari:
– pedagogika fanining ijtimoiy ahamiyati, maqsadini yoritish;
– pedagogika fanining metodologik asoslarini ko‘rsatish;
– pedagogika fanining va boshqa fanlar bilan aloqalarini asoslash;
– pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarining vazifalarini belgilash va hokazo.
Tayanch ibora va atamalar: pedagogika, tarbiya, ta’lim, ma’rifat. ma’naviyat, madaniyat, ta’limning milliy modeli, ma’lumot berish, o‘qitish, bilim, pedagogikaning asosiy funksiyasi, didaktika, xususiy didaktika, pedagogika tarixi, pedagogika nazariyasi, maktabshunoslik, oila pedagogikasi, maktab ta’limi pedagogikasi, umumiy pedagogika, maxsus pedagogika, oliy ta’lim pedagogikasi, xususiy pedagogika, defektologiya, qiyosiy pedagogika, milliy pedagogika.
2.1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Uning asosiy kategoriyalari va tushunchalari (tarbiya, o‘qitish, ma’lumot)
Pedagogika – tarbiyaning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir, Pedagogika – yunoncha, pais – bola, agogos – yetaklash – bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarining cfzgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri hayotga boshlash san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi. Uning bosh muammosi tarbiyadir.
Inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, qoidalar, qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda. qadriyatnomalarda, yozma yodgorliklarda, xalq og‘zaki ijodida, ilohiy va muqaddas kitoblarda asoslab berilgan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil fan tarzida o‘z mavqevini mustahkamladi.
Pedagogika fani ta’riflari to‘g‘risida har xil qarashlar mavjud.
«Pedagogika – tarbiya haqidagi ta’limot. tarbiyalash san’ati, tarbiya insonni shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari haqidagi fan. Pedagogika tarbiya va ta’lim sohasiga tegishli bilimlar yig‘indisi»;
Unda yosh avlodni va kattalarni tarbiyalash haqida bahs yotadi. Ta’riflarni umumlashtirib, pedagogika tushunchasini quyidagicha ifo- dalash mumkin (2.1.1 – shaklga qarang).
Ta’riflarda keltirilgan tarbiya, ta’lim va