Равшан Аюпов

Список книг автора Равшан Аюпов


    Информатика фанидан муаммоли маъруза матнлари тўплами

    Равшан Аюпов

    Ушбу ўқув қўлланма информацион технологиялар соҳасига бағишланган бўлиб, унда Информатика фанидан муаммоли маъруза матнлари тўплами келтирилган ва у бу соҳада таълим олаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

    Ахборот тизимлари: лойиҳалаштириш, молиялаштириш ва ҳаётий цикли

    Равшан Аюпов

    "Axborot tizimlari" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada turli xildagi va ko'rinishdagi axborot tizimlari loyihalarni tuzish, boshqarish va ularni moliyalashtirish haqida so'z yuritiladi. Unda hozirgi paytda qo'llanilish sohasi tobora kengayib borayotgan loyihalar turlari to'g'risida, ularda ishlatiladigan turli modellar va algoritmlar, loyihalarni moliyaviy jihatdan ta'minlash va ularni boshqarish masalalari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Undan tashqari, turli xildagi iqtisodiy yondoshuvlarga asoslangan loyihaviy modellarining qo'llanilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma moliya va bank ishi yo'nalishida axborot tizim yaratish asoslari bo'yicha ta'lim olayotgan talaba, magistrant va ilmiy tadqiqotchilar hamda axborot tizimni loyihalashtirish jarayonlarini yaqindan o'rganmoqchi bo'lgan doktorantlarga mo'ljallangan.

    Иқтисодий ҳавфсизликни таъминлаш: муаммолар ва усуллар

    Равшан Аюпов

    Ушбу китоб иқтисодий ҳавфсизликни таъминлаш соҳасига бағишланган бўлиб, унда бу соҳа бўйича бир қанча хаётий материаллар келтирилган ва улар муаллиф нуқтаи-назаридан таҳлил қилинган. Бу китобча ушбу соҳада таълим олаётган ёки бу муаммоларни тушунишга ҳаракат қилаётган ўқувчи-талабалар учун мўлжалланган.

    Кичик бизнесни бошқариш

    Равшан Аюпов

    Ушбу дарслик иқтисод олий ўқув юртларида бериладиган кичик бизнес ва тадбиркорлик соҳасига бағишланган бўлиб, унда бу соҳа билан боғлиқ бўлган бир қанча масала ва муаммолар кўриб чикилади. Дарслик иқтисод таълим муассасаларида кичик бизнес ва тадбиркорлик фанини ўрганаётганлар учун керакли ва муҳим маълумотлар манбаи бўлиши мумкин

    1С: Бухгалтерия дастурини ўрганиш бўйича услубий қўлланма

    Равшан Аюпов

    "1С:Бухгалтерия дастурини ўрганиш бўйича услубий қўлланма"деб номланган ушбу рисола компьютерда бухгалтерия ҳисобини юритиш сирларини ўрганишга ахд қилган бухгалтерлар ва барча соҳалар мутахассислари учун мўлжалланган бўлиб, унинг воситасида 1С:Бухгалтерия дастурий маҳсулоти бўйича амалий кўникмаларни хамда унда самарали ишлаш бўйича керакли бўлган назарий билимларни етарли даражада эгаллаш мумкин. Унда бир қанча амалий маълумотлар, кўрсатмалар ва маслаҳатлар бериладики, уларнинг ёрдамида бу қизиқарли хамда замонавий дастурни янада яқинроқ билиб олиш, унинг қулай ва фойдали имкониятларидан фойдаланиш хамда бухгалтерия юмушларини компьютерлар ёрдамида юритишни малакали равишда ўзлаштириб олиш мумкин.Услубий қўлланма амалиётда банд бўлган бухгалтерлар, талабалар, индивидуал шахслар, тадбиркорлар ва барча тоифадаги мутахассисларнинг 1С:Бухгалтерия дастурини мустақил равишда ўрганишлари учун мўлжалланган.

    Интернет тизими сирлари

    Равшан Аюпов

    Internet tizimi sirlari deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanma internetning ishlashini tushunish va undan foydalanish bo'yicha qo'llanmadir. Kitob bu yo'nalishda ta'lim olayotgan o'quvchi-talabalar uchun mavjud darsliklarga qo'shimcha sifatida foydalanilishi mumiin.

    MS Access 2002 мaълумотлар мажмуасини бошқариш тизими

    Равшан Аюпов

    Ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimi ACCESS da ishlash bo'yicha ushbu o'quv qo'llanma shu amaliy dasturni o'rganishni istagan o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan va unda dasturni o'rganish uchun bir qancha oddiy misol, masala va topshiriqlar berilgan.

    ACCESS маълумотлар базасини бошқариш тизимини ўрганиш бўйича лаборатория ишлари тўплами

    Равшан Аюпов

    Ушбу китобча ACCESS маълумотлар базасини бошқариш тизимида ишлашни ўрганиш бўйича бир канча содда лаборатория машғулотларини ўз ичига олади ва у бу тизимни ўрганмокчи бўлганлар учун бошланғич ўқув-услубий кулланма бўлиши мумкин. Китобча ўқувчи-талабалар ва бу тизимда ишлашга қизиққанлар учун мўлжалланган

    Informatics and information technology: Tests of competency

    Равшан Аюпов

    Informatics and information technology: Tests competency deb nomlangan ushbu kitobchada informatika fanining turli bo'limlariga tegishli bo'lgan testlar bo'lib, ularning yechimlari kitobcha oxirida jadval ko'rinishida keltirilgan. Bu kitobcha informatkani o'rganmoqchi o'quvchi-talabalar uchun mo'ljallangan.

    Рақамли иқтисодиёт ва электрон тижоратда янги технологиялар

    Равшан Аюпов

    Diqqatingizga havola etilayotgan va raqamli iqtisodiyot sharoitlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda turli tizimlarni boshqarish masala va muammolariga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanma hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli iqtisodiyot hamda uning tarkibiy qismi bo'lgan innovatsion texnologiyalar sohasiga bag'ishlangan hamda uning infratuzilmasini atroflicha tavsiflab beradi. Unda zamonaviy elektron tijorat hamda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, elektron tijorat va elektron biznesning bir qancha samarali biznes modellari haqida ko'plab qimmatli ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, raqamli iqtisodiyotning hamda elektron tijoratning hozirgi davrda shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir qancha asosiy turlari, shu jumladan, bulutli texnologiyalar, moliyaviy texnologiyalar, buyumlar interneti, sun'iy inttelekt, raqamli valyutalar, virtual voqe'lik va ularning asosiy xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO mexanizmi haqida tushunchalar va uning ma'no-mohiyati, elektron tijorat tashkil qilishning samarali zamonaviy usul va vositalari hamda mavjud platformalari hamda qobiqlari ham ko'pchilikka tushunarli holda ko'rsatilgan. O'quv qo'llanmaning oxirida unda ishlatilgan atamalarni tushunish bo'yicha to'liq glossariy berilganki, uning yordamida bu sohani yanada chuqurroq anglash, tushunish va o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat va elektron biznes yo'nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlarga hamda bank-moliya hizmatchilari hamda raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.