Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Сени шарафлайман дунё

    Рахим Хушбок

    Олам ҳам, одам ҳам бир бутун. Коинотдаги нанозаррадан то гигант юлдузларгача, Курраи Заминдаги ўсимлик шираси бўлмиш вирусдан то ҳазрати одамгача ҳамма – ҳаммаси ўзаро занжирбанд. Фазода бепоён, ваҳтда бечегара дунёнинг энг асосий хусусияти ҳаракат. Ҳаракати туфайли дунёга, яъни воқеликдаги буюм- ҳодисаларга боқийлик ҳам нисбийлик тамғаси босилган. Бир қарасанг дунё яшин, яна бир қарасанг кошин, қайрилиб қайта қарасанг бойлик, барака, қут, ютоқиб яна бир қарасанг дунё челак-челак сут. Шоир Хушбоқ Раҳим уларни китобдай ўқиди, муносабат билдирди «Сени шарафлайман, дунё!» шеърий мажмуасини ёзди. Мажмуадан ўзаро муштарак шеър, баллада, достон ҳам қасидалар ўрин олган. Уларнинг чуқур мазмуни шаклига мос. Ҳодисалар моҳияти эса зукко китобхонлар учун табиий – илмий, маърифий – маданий, бадиий – фалсафий, тарихий – тарбиявий, маънавий – ахпоқий наф. Иқтисодий – амалий тавсиялар ўринли ҳам фойдали.

    Деновнома

    Рахим Хушбок

    Деновнинг тарихи узоқ минг йилликларга бориб тақалади. Машҳур «Шоҳнома»га тамал тошини қўйган Дақиқий шу тупроқда яшаб ўтган, Шайх Алоуддин Аттор Валий ҳазратлари шу заминда қўним топган. Денов қўрғони, Сайид оталиқ мадрасаси ҳамда қатор тарихий обидалар мозийдан шоҳидлик бериб турибди. Бу гўшанинг тупроғи олтин, суви хазина. Одамлари эса меҳнат билан ризқ яратиб келади. Таниқпи шоир Хушбоқ Раҳимнинг ушбу «Деновнома» китобидан Денов, унинг шонли ўтмиши, йиллар силсиласида босиб ўтган тарихий йўли ҳамда заҳматкаш одамлари ҳақидаги битиклар ўрин олган.

    Чағониён ёхуд бетакрор дунё

    Рахим Хушбок

    Moziy moddiy va nomoddiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar majmuasidan iborat. Bu majmua mustaqil Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Hushboq Rahim ushbu asarida qadimiy, betakror Chag'oniyon sharofati bilan xuddi shu mavjud tizimlar tadrijiy kamoloti yo'lini yakqalam qilishga erishgan. Asar badiiy pishiq, tabiiy-ilmiy, tarixiy, falsafiy, huquqiy, diniy, ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy, tarbiyaviy, ekologik to'xtam, echim va mantiqiy xulosalarga boy. Kitobning mazmuniga shoir mehnatkash inson hamda uning milliy manfaatlarini chuqur singdirib yubora olgan. Ilm, ilmiy bilish, tinimsiz mashq Hushboq Rahimning ishonchli quroli. Zotan, istalgan badiiy asarning mohiyatini dunyo hamda uni ilmiy bilish uchun sarflangan mehnat belgilaydi.

    Қоракўлнома ёхуд қалб қўри

    Рахим Хушбок

    "Hushboq Rahim ushbu kitobida Buxoroga nisbatan ancha qadim Poykand va undan to bugungacha o'tgan, hozir tinch va to'q umrguzaronlik qilayotgan qorako'lliklarning tirik va notirik tabiat bilan dialektik bog'liq hayotlarini she'rga solgan. Tarixiy dalil, falsafiy mushohada va tabiiy-ilmiy ma'lumotlarga boy bu asardan kitobxon o'zi uchun qimmatli hikmat va mantiqiy xulosalar topishiga ishonchimiz komil. Asar haqidagi fikr-mulohazalaringizni quyidagi elektron saytga jo'natishingiz mumkin."

    Юрак садолари

    Рахим Хушбок

    "Qo'rg'oshin – badiiylikdan uzoq, nisbatan og'ir, tez eriydigan kimyoviy unsurlardan biri. U xalq xo'jaligining turli yo'nalishlarida ishlatiladi. Qo'rg'oshin zanglash xususiyatidan yiroq. Radioaktiv nurlarni o'tkazmaydi. Qo'rg'oshinlangan maxsus qog'ozlar oziq-ovqat mahsulotlarini tez buzilishdan saqlaydi. Qo'rg'oshindan baliqchi, masalan, to'r yoki qarmoqda, harbiylar, poligraflar o'zlaricha foydalanishadi. Lekin qo'rg'oshin ma'lum daraja issiqlikda eriydi, yana tabiiy holatiga qaytadi. Qo'rg'oshinligini yo'qotmaydi. Tarixiy jarayon ham shunday. Shu ma'noda uni biz qo'rg'oshin bilan qiyosladik. Tarixiy dostonni «„Qo'rg'oshin dunyo“» dedik. Lekin qo'lyozma bilan tanishgan o'tkir didli muxlislar, salohiyatli ustozlar dostonni «„Yurak sadolari“» deb nomlashni maslahat berishdi. Biz ustozlar maslahatini hisobga oldik. Muallif "

    Миллият

    Рахим Хушбок

    "Asl ijodkor ko'nglida bo'y ko'rsatgan tuyg'ularning shakli-shamoyilini ko'ra oladi, haroratini his qiladi. She'r yozish tuyg'ularni qog'ozga tushirishdangina iborat emas. Unga bilimdan orttirilgan mahorat bilan oro berilsa, qiymati ham shunga yarasha bo'ladi. Ijodkor Hushboq Rahimning muvaffaqiyati ilimli ekanligida. Shoirning, Siz aziz adabiyot muhlislariga tortiq etilajak she'rlari ko'nglingizga manzur bo'ladi deb umid qilamiz."

    Кўнгил фалсафаси

    Рахим Хушбок

    "Kitobdan joy olgan doston va she'rlar chuqur falsafiy mushohadaga yo'g'rilganligi, tarixiy ma'lumotlarga boyligi bilan o'ziga xos. She'rlarni o'qiganingizda Vatanga, buyuk ajdodlarga, tarixga nisbatan chuqur hurmat va mehru muhabbatni tuyasiz."

    Кўздаги қиёфа

    Рахим Хушбок

    "Ushbu kitob «„Qoramomo hikmatlari“», «„Ko'ndalangyo'l“», «„Ko'zdagi qiyofa“» dostonlaridan iborat. «„Qoramomo hikmatlari“» dostonida momo chaylasi atrofidagi voqelik misolida insoniy tushunchalar haqida so'z yuritiladi. «„Ko'ndalangyo'l“» dostonida xiyonat jazolanib, adolat mukofotlanadigan qadimiy yo'l xosiyatlari rivoyatlarga xos hikoya qilinadi. «„Ko'zdagi qiyofa“» dostonida ayol sha'ni ulug'lanib, uni paymol qilganlarning ruhiyati, hayoti kuyinchaklik bilan tasvirlanadi. Dostonlar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz."

    Қалбдаги битик

    Рахим Хушбок

    "Hushboq Rahim she'r muxlislariga yaxshi tanish. She'rlarining har bir misrasida xalq ruhi, tilimizning boyligi va shiradorligi yaqqol sezilib turadi. Muallifning obrazlari, tashbehlari ham g'oyat xalqchil. Shoirning voqelikka munosabati ham samimiy. U xoh tarixdan, xoh bugungi kundan so'z ochmasin, hamma vaqt insoniylik, go'zallik, adolat va haqiqat tamoyillarini mezon qilib oladi. Qolgan gaplarni to'plamni o'qigach, o'zingiz kashf etasiz, muhtaram kitobxon."

    Бухоро қасидаси

    Рахим Хушбок

    O'ziga xos ta'bi nazmga ega shoir Hushboq Rahim shu kunga qadar chop etilgan bir necha kitoblari, she'ru dostonlari bilan adabiyot ixlosmandlari e'tiborini qozongan. Uning yangi majmuasi yurtimizning qadimiy va navqiron shaharlaridan biri Buxoroi sharif madhiga bag'ishlangan bo'lib, samimiyligi, tashbehlar jozibasi, falsafiy mazmuni ila sizga manzur bo'ladi, deb o'ylaymiz.