Қор одам. Ганс Христиан Андерсен

Читать онлайн.
Название Қор одам
Автор произведения Ганс Христиан Андерсен
Жанр
Серия
Издательство
Год выпуска 0
isbn 978-9943-08-854-2



Скачать книгу

o‘rmonlar, cho‘llar, ko‘llar va botqoqliklar ustidan uchib o‘tib Yovuz botqoqlikka yetib kelishibdi-da, uning ustida uchib yurishibdi. Xristian oltinday tovlanayotgan xochni baland ko‘taribdi. Hech to‘xtamasdan muqaddas duolarni o‘qiyveribdi; Xelga ham onasining sayrashiga taqlid qilgan qush bolasiday duolarni takrorlab, buxo‘r yonib turgan oltin idishni silkitaveribdi. Idishdan shunchalik kuchli, o‘tkir, mo‘jizakor isiriq hidi taralibdiki, qiyoq va qamishlar gullab, botqoqlik tubidan hayot pushtiga ega bo‘lgan barcha o‘simlik poyalari ko‘m-ko‘k bo‘lib o‘sib chiqibdi, barg yozibdi, Xudoi taoloning nuridan bahramand bo‘libdi. Botqoqlik ustini nilufar gullarning hashamatli, ko‘rkam gilami qoplabdi, ana shu gul gilami ustida husnda tengi yo‘q yoshgina ayol dong qotib uxlab yotganmish. Xelga botqoqlik suvida o‘z aksini ko‘rganday bo‘libdi, lekin bu Xelga emas, balki uning onasi, botqoqlik shohining xotini, Misr malikasi ekan.

      Xristian uyqudagi go‘zalga, otga mining, deb amr qilibdi, ayol muallaq turgan kafandek og‘ir otga asta o‘tiribdi, xristian uning boshidan xochni aylantiribdi. Shunda ruh yana o‘ziga kelibdi. Uchovlari qattiq yerga qo‘nishibdi.

      Vikingning hovlisidagi xo‘roz qichqirib yuboribdi, xayol shamol haydagan tumanday tarqalibdi. Ona-bola bir-biri bilan yuzma-yuz qolishibdi.

      – Chuqur suv ostida o‘zimni ko‘rmayotganmikanman? – debdi onasi.

      – Bu suv oynasida ko‘rinayotgan aksim emasmikan-a? – debdi qizi.

      Ular bir-birlariga yaqinlashib, mahkam quchoqlashibdi. Onasining yuragi qattiq ura boshlabdi. U buning sababini tushunibdi.

      – Bolaginam, qalbimning guli, suv tubidan o‘sib chiqqan nilufarim!

      U qizini yana quchoqlab ho‘ng-ho‘ng yig‘labdi; bu ko‘zyoshlari Xelgani hayot va muhabbatga qaytargan yangi cho‘qintirish bo‘libdi.

      – Men botqoqqa oqqush kiyimida uchib keldim, shu yerda uni yechdim! – hikoyasini boshlabdi onasi. – Tubi yo‘q yerga oyoq bosib, botqoqlikka botib ketdim. Bir zumda boshim ham ko‘rinmay qoldi. Ko‘p o‘tmay toza suv oqib kelayotganini, allaqanday noma’lum bir kuch meni tobora pastga tortib ketayotganini payqab qoldim; qovog‘im og‘irlashib, uxlab qolibman… Tushimda yana Misr ehromi ichida turganmishman. Qarshimda botqoq ustida meni dahshatga solgan zirk daraxtining to‘ngagi tebranib turganmish. Uning po‘stloqlaridagi yoriqlarga ko‘zim tushdi, o‘sha yoriqlar nurlanib, mixxatlarga aylandi – ko‘z oldimda mo‘miyolangan murda paydo bo‘ldi. Uning ustki qobig‘i to‘kilib, ichidagi ming yildan beri o‘lik holda yotgan, qumg‘onday qop-qora, etlari semiz o‘rmon qurtiday osilgan, botqoq loyidan ham qora qadimiy podsholardan biri chiqdi. Qarshimda botqoqlik shohimi yo mo‘miyolangan murdami, ajrata olmay qoldim. U qo‘llari bilan meni mahkam quchoqlab oldi, shu payt jonim chiqib ketayotganday bo‘ldi. Ko‘ksimni issiq bir narsa ilitayotgandek o‘zimga keldim: ko‘kragimda qanotlarini qoqib sayrab turgan qushchani ko‘rdim. Keyin u ko‘ksimdan yuqoriga, og‘ir va timqora shipga qarab uchdi, lekin uni menga uzun yam-yashil bog‘ich bog‘lab turardi. Men uning «Erkinlikka, otamning yoniga!» deb sayraganini fahmladim. Shu payt otam, serquyosh yurtim, kechirgan umrim, mehr-u muhabbatimni xotirladim. Bog‘ichni yechib, qushchani otasining yoniga qo‘yib yubordim! O‘sha lahzadan buyon hech qanaqa tush ko‘rmadim, manovi ohang va xushbo‘y hidlar meni botqoq tubidan chiqargunga qadar uyg‘otib bo‘lmaydigan uyquda bo‘ldim!..

      Qushchani ona ko‘ksiga bog‘lab turgan yam-yashil bog‘ich hozir qayerda hilpirab turibdi ekan! Uni faqat laylakkina ko‘rgan ekan, yam-yashil o‘simlik poyasi bog‘ichi uning tuguni, chiroyli guli, jajji qizchaning beshigi bo‘lgan ekan. Endilikda o‘sha qizcha go‘zal qizga aylangan ekan, shu topda u yana onasining ko‘ksiga boshini qo‘yib turgan ekan.

      Ular bir-birlarini quchoqlashib, botqoqlik chetida turishganda ustlarida laylak aylana boshlabdi. U darhol orqaga – uyasiga qaytib borib, anchadan beri saqlab yurgan oqqush kiyimlarini olib kelibdi va ona-bola oldiga tashlabdi. Ular kiyimlarni darrov kiyishib, oqqush bo‘lib, osmoni falakka ko‘tarilishibdi.

      – Endi gaplashib olaylik! – debdi laylak – Garchi qushlarning tumshuqlari har xil bo‘lsa-da, bir-birimizni tushunamiz! Shu bugun kechasi kelganlaring juda soz bo‘ldi: ertaga biz bu yerda bo‘lmas edik. Ertalab men ham, xotinim ham, bolalarim – hammamiz janubga uchib ketamiz! Sizning Nil sohillaringizning eski qadrdoni bo‘lib qolganman! Mana, xotinim ham yonimda, uning qalbi tilidan ham yaxshiroq! U hamisha malika kulfatdan xalos bo‘ladi, deb aytardi. Men bolalarim bilan bu yoqqa oqqush kiyimlarini olib keldik! Qisqasi, juda xursandman! Shu yerda bo‘lganimdan juda baxtiyorman! Tong-saharda hammamiz janubga uchamiz! Biz oldinroqda uchamiz, faqat orqada qolib ketmanglar, yo‘ldan adashib qolasizlar! Sizlarga ko‘z-quloq bo‘lib boramiz.

      – Men bo‘lsa yurtimga nilufar gulini olib boryapman! – debdi Misr malikasi. – U yonginamda oqqush kiyimida uchib boradi! Yuragimning guli o‘zim bilan, orzumga yetdim! Endi uyga!

      Biroq, Xelga vikingning saxovatli xotini, tutingan onasi bilan diydor ko‘rishmaguncha Daniyani tark eta olmasligini aytibdi. Xelga uning hamma yaxshiliklarini, mehr-u muhabbatga to‘la har bir so‘zini, asrandi qizi tufayli to‘kkan har bir dona ko‘zyoshlarini xotirlabdi, shu lahzada bu onasidan ko‘ra bu onasini ko‘proq sevayotganini his etibdi.

      – Biz ham vikingning qasriga uchib borishimiz kerak! – debdi laylak. – U yerda meni xotinim, bolalarim kutishmoqda! Sizlarni ko‘rib ko‘zlari qinidan chiqquday quvonishadi-da, tumshuqlarini ham rosa taqillatishadi! Xotinim ko‘p gapirmasa kerak! U juda kamsuxan, fikrini oqilona, qisqa bayon qiladi, fikrlashi undan ham ziyoda! Hozir kelganimizni ma’lum qilib, tumshug‘imni taqillataman!

      Shunday deb, u tumshug‘ini rosa taqillatibdi. Hademay ular viking qasriga yetib borishibdi.

      Qasrdagilar hammasi qattiq uyquda ekan. Vikingning xotinini ham uyqu elta boshlabdi. Lekin qo‘rqinch va tashvish anchagacha unga uyqu bermabdi. Asir xristian bilan Xelganing yo‘qolganiga ham uch kun bo‘lgan ekan, ehtimol, asirning qochib ketishiga qiz yordam bergan bo‘lsa kerak deb o‘ylabdi. Chunki otxonada faqat uning oti yo‘q ekan. Biroq, bu qanday sodir bo‘ldi ekan? Vikingning xotini beixtiyor Iso payg‘ambar va unga e’tiqod qo‘ygan kishilarning ajoyib karomatlar ko‘rsata olishga qodir ekanligini eslabdi. O‘ngida xayolidan nari ketmagan bu o‘ylar tushida ham jonlanibdi. Tushida ko‘rpa ustida Xelgani o‘ylab, avvalgiday chuqur xayolga berilib o‘tirganmish. Hammayoqni zulmat qoplab, bo‘ron yaqinlashayotganmi. Har ikki tomonlar – Shimoliy dengiz va Kattegat tomondan qahrli to‘lqinning dahshatli ovozi eshitilayotganmish. Dengizning tubida butun yerni egallab kulcha bo‘lib yotgan juda katta bahaybat ilon jon talvasasidamish. Eskilarning gapiga ko‘ra, qiyomat boshlanib, barcha xudolar ham qazo qiladigan rannar – eng so‘nggi dahshatli tun yaqinlashayotganmish. Mana, burg‘uning jarangdor tovushi eshitilibdi, kamalak ustidan yarqiroq sovutlar kiygan otliq xudolar so‘nggi jangga jo‘nashibdi! Ularning oldida qanotli valxiriyalar uchibdi, orqalaridan esa marhum qahramonlarning poyezdlari jo‘nabdi. Osmon shamol shafag‘i nuriga to‘libdi, lekin zulmat yengarmish. Dahshatli daqiqalar yaqinlashayotganmish.

      Qo‘rquvdan yaproqday qaltirayotgan vikingning xotini yonida badbashara baqa qiyofasida Xelga o‘tirganmish, u dahshatdan titrab, unga yopishayotganmish. U baqani tizzasiga olib badbashara bo‘lsa-da, mehr bilan bag‘riga bosibdi. Osmon qilich va gurzilarning ovozidan larzaga kelibdi. O‘qlar hushtak chalib, osmondan do‘lday yog‘ilibdi. Osmon qulab tushadigan, yulduzlar to‘kiladigan, hammasi Surtur3 alangasida yonib bitadigan payt kelibdi.

      Biroq, vikingning xotini bulardan keyin yangi osmon va yer paydo bo‘lishini, ilgarigi badjahl dengiz to‘lqinlari o‘ynoqlab oqqan sariq qumli o‘zanda bug‘doyzorlar chayqalishini bilarkan. U allaqanday yangi xudo taxtga o‘tirishini, uning yoniga soya podsholigidan ozod bo‘lgan ma’sum, oyday ravshan Baldur ko‘tarilishini ham bilarkan. To‘satdan qarshisida o‘shani ko‘rib qolibdi. Uni bir qarashdayoq tanibdi – u asir xristian ekan.

      – Iso payg‘ambar! – debdi u va uning nomini takrorlab turib xunuk bolasi – baqani o‘pibdi. O‘sha zahoti baqaning to‘ni egnidan tushibdi, qarshisida hamma vaqtdagidek go‘zal, lekin o‘ta ma’sum, ko‘zlaridan mehrigiyo



<p>3</p>

Surtur – Skandinaviya afsonalarida zulmat podshosi.