Название | Все науки. №8, 2022. Международный научный журнал |
---|---|
Автор произведения | Ибратжон Хатамович Алиев |
Жанр | |
Серия | |
Издательство | |
Год выпуска | 0 |
isbn | 9785005944924 |
SHuningdek, O’zbyokistonda «Bosh ilmiy metodik markaz» tomonidan professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan va ushbu mehanizmni yanada takomillashtirish yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Jahonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida qator oliy ta’lim muassasalari tomonidan quyidagi ilmiy natijalar olingan: jumladan, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifati nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi TA’LIM instituti, Buyuk Britaniya); ta’lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya); ta’lim sifati nazoratining tashqi baholash mexanizmlari takomillashtirilgan (Nant, Frantsiya); sifatning yalpi boshqaruvi kontseptsiyasini oliy ta’lim muassasalarida qo’llash orqalilari ochib berilgan (Kaliforniya va Ogaya universitetlari, AQSH); Ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko’rsatkichlari takomillashtirilgan (Vullongong universiteti, Avstraliya); sifat boshqaruvini takomillashtirib borish yo’nalishlari aniqlangan (Tokio pedagogika universiteti, Yaponiya); professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida sifatni ta’minlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy-metodik markaz, O’zbyokiston).
Dunyoda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish bo’yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo’nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda:
– ta’lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash;
– ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish;
– ta’lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiqlashtirish;
– sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish;
– ta’lim tizimida hususan, texnologiya fanida texnologik jarayonlarni tashkil etishning o’ziga hosligi va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish yo’llarini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirish masalalarini qayta ko’rib chiqish va o’quv ko’rslarida o’qituvchilarning boshqaruv mehanizmi faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari o’rganilmoqda.
Ushbu muammoning dolzarbligi ilmiy nuqtai nazardan yetarlicha ishlanmaganligi, texnologiya fani, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish masalalari va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish muammolari yuzasidan yetarlicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmaganligi mavzuning «Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish» deb nomlashga asos bo’ldi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyaev tomonidan «Bugungi kunning eng asosiy vazifasi – hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa boshqaruvda tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mashuliyatni o’z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir», deb tahkidlangan. Zero, boshqaruv sifatining takomillashuvi tegishli sohada erishiladigan yutuq va muvaffaqiyatlarning kafolatidir.
Ta’lim muassasalari boshqaruvi yo’nalishida kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarini o’rganishga mamlakatimiz olimlari R.Jo’raev, M. Mirqosimov,, S. Turg’unov, N. Ahmedova, Q.SHodmonov, M. Yo’ldoshev/22—26/, shuningdek, MDH olimlari M.Gubanova, V.Gurov, Z.Kretsan, V.Lazarev, N.Nemova, T.SHamova, N.SHmirevalarning ilmiy ishlarida alohida e’tibor qaratilgan hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ta’lim tizimi dars jarayonini, hususan, texnologikjarayonlarni tashkil etishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va innovatsion Ta’lim texnologiyalarini tadbiq etish muammolari tadqiq etilgan/27—29/.
Ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalari mamlakatimiz olimlari A.Begmatov, J. Yo’ldoshev, H. Yo’ldoshev, M. Quronov, S. Turg’unov, N. Ahmedova, M. Yo’ldoshev MDH olimlari O.Atlasova, Z.Berdnikova, Ye.Grishina, A.Nekrasov, Ye.Tonkonogaya va boshqalar tomonidan o’rganilgan/30—34/.
Respublikamiz tadqiqotchilari R. Ahlidinov, R.Jo’raev, U.Inoyatov, S. Turg’unov va boshqalar, MDH olimlari P.Anisimov, G.Bordovskiy, D. Gorbachevskaya, D. Kutyova, O.Nazarova, I. Pozdnyakova, M. Potashnik, L.Redьko, P.Tretьyakov, shuningdek, xorijlikolimlar B.Cole, E. El-Khawas, J. Goldberg, L. Harvey, D. Westerheijden tomonidan umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish texnologiyalari ishlab chiqilgan, ta’lim sifati boshqaruvining o’zluksiz Ta’limda, shuningdek, malaka oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish bo’yicha o’zaro aloqadorligini belgilaydigan omillar ilmiy asoslangan.
SHuningdek, ta’limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish, oliy Ta’limda sifatni baholash, ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlangan.
Mamlakatimiz olimlari E.Seytxalilov, SH. Qurbonov, SH.SHaripov, M. Yo’ldoshev, S. Turg’unov, N. Ahmedova MDH olimlari Ye. Kolegova, E. Korotkov, V. Ko’rlov, I.Mazur, V. Fedorov, V.SHapiro va boshqalar, shuningdek, xorijlik olimlar Deborah J. Teeter, Edward Sallis, Franklin P.Schargel, H. James Harrington, Jeffrey J. Burgard, Lawrence A.Sherr, Marmar Mukhopadhyay, Ronald J.Fitzgerald vaboshqalarning tadqiqotlarida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida, jumladan, ta’lim sohasida foydalanib kelinayotgan sifatni boshqarish mexanizmlari, shuningdek, malaka oshirish ko’rsi jarayonida o’qituvchilarni boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning omillari haqida fikrlar (sifatni boshqarishning baholashga asoslangan yondashuvi SWOT—tahlil, sifatning yalpi menejmenti—TQM tamoyillariga asoslangan kontseptsiya va ISO 9000:2000 xalqaro sifat standartlari talablariga asoslangan yondashuv) berilgan, ularning Ta’lim tizimidagi erishishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari tahlil qilingan/35—42/.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda xalq Ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimida maktab o’qituvchilarini boshqaruv faoliyatini takomillashtirish orqali ta’lim tizimining sifat va samaradorligini oshirish muammosi bo’yicha alohida tadqiqot predmeti sifatida o’rganilmaganligini e’tirof etish mumkin.
O’quv qo’llanmaning maqsadi umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fani darslarida texnologik jarayonlarini tashkil etish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishning omilarini zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat bo’lib, vazifalari esa texnologiya fani darslarida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik va psixo-pedagogik asoslari ishlab chiqish;
Конец ознакомительного фрагмента.
Текст предоставлен ООО «ЛитРес».
Прочитайте эту книгу целиком, купив полную легальную версию на ЛитРес.
Безопасно оплатить книгу можно банковской картой Visa, MasterCard, Maestro, со счета мобильного телефона, с платежного терминала, в салоне МТС или Связной, через PayPal, WebMoney,