"Boshqa hammualliflar: D.Abdullayeva, H.Mardonova O'quv qo'llanma barcha o'rta-maxsus kasb-hunar kollejlarining o'qituvchi va o'quvchilari uchun mol'jallangan bo'lib, unda psixologiya, pedagogika fanlarining blok hamda ARM (kutubxonashunoslik) yo'nalishi bo'yicha psixologiya, pedagogika faniga oid nazariy hamda amaliy bilim asoslari dars jarayonida foydalanish yuzasidan ko'rsatmalar berilgan. O'quv qo'llanmada psixologiya va pedagogika fanining predmeti, taraqqiyot yo'li, uning metodlari, ta'lim-tarbiya prinsiplari, psixologiya fanining o'ziga xosliklar: shaxs, uning rivojlanishi, individual xususiyatlar, temperament xususiyatlari hamda milliy qadriyatlar. ARM (kutubxonashunoslik ) yo'nalishida foydalanish haqida tavsiyalar berilgan."
Ushbu uslubiy qo'llanma maktab ta'lim tizimi matematika kursining asosiy tushunchalari bo'lgan tenglama tushunchasi, chiziqli tenglamalar, proporsiya, chiziqli tenglamalarga keltirib yechiladigan matnli masalalar, parametrik usulda berilgan chiziqli tenglamalar, parametrik usulda berilgan kasr-ratsiоnal tenglamalarni yechish, kvadrat tenglama va uni yechish usullari, Viyet teoremasi va undan foydalanish usullari ko'rsatib berilgan.
"Monografiyada qishloq xo'jaligini institusional jihatdan rivojlantirishning ilmiy-metodologik hamda ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Jumladan, agrar munosabatlarning mohiyati, o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlari o'rganilgan, rivojlangan mamlakatlar agrar munosabatlari tahlil qilingan va qishloq xo'jaligini institusionallashtirish muammolarini tizimlashtirishga urg'u berilgan. Shuningdek, respublikamizda institusional islohot natijalarining samaradorligi va iqtisodiyotning xususiy sektor sub'ektlari sifatida dehqon va fermer xo'jaliklarining qishloq xo'jaligidagi o'rni va ishlab chiqarish salohiyati hamda rivojlanish tendensiyalarini baholash bo'yicha metodologik tadqiqotlar o'tkazilgan. Shu bilan birga mazkur monografiyada fermerlik harakatining hamda dehqon xo'jaliklarining institusional rivojlanish asoslari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari o'rganilib, ularni takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar va takliflar asoslangan. Ilmiy monografiya ilmiy xodimlar, oliy o'quv yurtlarining magistrant talabalari, professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek institusional iqtisodiyot hamda agrar soha mutaxassislariga mo'ljallangan."
"Boshqa hammualliflar: Э.И.Баситханова, М.С.Тураханова «Katta tibbiyot o'quv lug'ati» hozirgi zamon tibbiyotida qo'llaniladigan 10 000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy tushunchalarni o'z ichiga qamrab olgan. U umumiy amaliyot vrachlari, farmasevtlar, tarjimonlar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda tibbiyot institutlari va kollejlari o'qituvchilari, talabalari uchun terminlar mohiyatini ruscha va lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida o'zlashtirishda bebaho yordam ko'rsatadi. Lug'atda asosiy klinik terminlar va tibbiy tushunchalar bilan bir qatorda anatomiya, fiziologiya, xirurgiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, stomatologiya, biokimyo, farmakologiya, psixiatriya, hamshiralik ishi hamda sog'liqni saqlash muassasalari va boshqa jabhalarda keng qo'llaniladigan yangi atamalar ham o'rin olgan. Lug'atdagi ruscha — baynalmilal klinik terminlarning izohi ruscha, o'zbekcha-kirill va lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek alifbosida berilgan bo'lib u barcha vrachlar, bakalavrlar, magistrlar, o'qituvchi va talabalarga qulaylik tug'diradi. Taqdim etilayotgan lug'atning anatomiyaga oid terminlari 2009- yilda nashr qilingan «Tibbiy terminlar ensiklopedik lug'ati» ga asoslangan holda tayyorlangan. O'ylaymizki, ushbu noyob lug'at orqali nafaqat tibbiyot xodimlari balki tibbiyotga qiziqqan keng omma ham «yaqin maslahatgo'y» va foydali kitobga ega bo'ladi."
Ushbu tavsiyada berilgan topshiriqlar, kalit so'zlar va javoblar odatdagi testlardan farqli ravishda ko'p variantda tayyorlanganligi sababli 7-sinf o'quvchilari va abiturientlar bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
"Boshqa hammualliflar: D.K.Husnitdinova Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika kollejlarida o'qitiladigan „Bolalar bog'chasida boshlang'ich komputer savodxonligi" darsligi asosida yaratilgan bo'lib, unda bog'cha yoshidagi bolalarga komputer savodini o'rgatish metodikasiga oid asosiy masalalar ko'rib chiqilgan. Qo'llanmadagi barcha mavzular zamonaviy fan yutuqlarini va pedagogik tajribani hisobga olgan holda ochib berilgan bo'lib, mavzularni o'rganishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanishga katta e'tibor qaratilgan. O'quv qo'llanma asosan pedagogika kollejlari o'qituvchi va o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lsa-da, undan umumiy o'rta ta'lim maktablariningo'qituvchilari, malaka oshirish fakultetlari va kurslarining tinglovchilari, shuningdek, pedagogika universiteti va institutlarining „Maktabgacha va oilaviy ta'lim" mutaxassisligi talabalari ham foydalanishlari mumkin."
"Boshqa hammualliflar: L.Muhavvadjonova, H.Haydarova Mualliflar tomonidan o'rta maxsus va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun tayyorlangan ushbu darslikda kasb etikasi tamoyillari, qoidalari va uning ahamiyati ochib berilgan. Kasb etikasi normalarining fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga yordam ko'rsatish vaqtidagi ahamiyati keng yoritilgan."
Darslikda magistr-aktyorlarning professional mahoratini oshirish borasida ularning bilimi, dunyoqarashi, estetik didi va axloqiy tarbiyasini bir-biridan ajratmagan holda olib borish lozimligi haqida tushunchalar, aktyorlik mahorati bo'yicha nazariy bilimlar, milliy va jahon adabiyoti tarixi, teatr san'a ti, musiqa va tasviriy san'at tarixi fanlarining chuqurlashtirilgan holda o'qitilishi yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darslikda dramatik va badiiy adabiyotlar bilan samarali ishlash usullari, dramatik asarning badiiy qurilishi, voqea dramatik asarni harakatga keltiruvchi kuch ekanligi, dramadan ko'zlangan maqsad va g'oyani ochib berishda qahramonlar harakati asosiy vosita ekanligi tahlil etilgan.Darslikdan oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari, magistrantlar hamda amaliyotchi san'atkorlar foydalanishi mumkin.
Ушбу қўлланма инглиз тилини мустақил ўрганувчилар, ўқувчилар, талабалар, ўқитувчилар, турли соҳа ва ташкилот ходимлари ва мутахассислари, хорижга чиқувчилар, тадбиркорлар ҳамда кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.Мазкур сўзлашгич инглиз тилини ўрганишда энг осон ва қулай услубда тайёрланди. Ҳар бир сўз ва ибораларнинг ўқилиши ва талаффузлари ўзбек тилида осон ва қулай тартибда бериб борилди. Албатта, бу услуб сизларга инглиз тилини осон ва мукаммал ўрганишингизда жуда катта ёрдам беради. Сиз бу орқали бемалол 28 кунда, яъни 4 ҳафта ичида, кунига битта дарсдан такрорлаб тез ўзлаштиришингиз мумкин.