"Mazkur she'rlar to'plamida to'g'rilik, adolat va xaqiqat haqidagi mulohazalarni o'zida mujassamlashtirgan she'rlar keltirilgan. Insonning kundalik hayoti bilan uzviy bog'liq bo'lgan qoidalarni ma'lum darajada tartibga solishga hamda ularni muayyan tarzda umumlashtirishga harakat qilingan. To'plamda samimiylik, to'g'rilik, kamtarlik, sezgirlik, mehr-muhabbat, to'y, oila, ayollarni e'zozlash, onalarni avaylash, ota-ona ma'suliyati kabi masalalar she'riy usulda mazmunli, ta'sirchan va qiziqarli tarzda yoritilgan. Muallif Ibrohimjon Otajonovning yaxshilik va yomonlik, iymon va iymonsizlik, oqillik va johillik mavzuida yozgan she'rlari insonni daf'atan sergak torttiradi. O'z umr yo'liga teranroq nazar tashlashga, nuqson – kamchiliklarini tuzatishga urinishga va oxir – oqibat haqiqat va ko'ngil poklash ishiga kamarbasta bo'lishga undaydi. Mazkur to'plam keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan."