Ushbu uslubiy qo'llanma bolalar va o'smirlarning bo'sh vaqtlarini tashkil qilish bilan shug'ullanuvchi qo'shimcha ta'lim muassasalari va yoshlar siyosati mutaxassislari, shuningdek, mahalliy intellektual klublar tashkilotchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada hozirgi kunda yoshlarning ma'naviy–ma'rifiy, ijtimoiy–iqtisodiy sohalarni o'zlashtirishi va shu bilan bir qatorda iqtidorlarini namoyish etishlarida o'yinlarning ahamiyati, o'yinlar orqali o'quvchilarning savodxonligini oshirish usullari yoritilgan.