Ўзбек элим Комилжондан айрилмас 1-китоб. Шахзод Киличев

.

Скачать книгу
Читать онлайн

Ўзбек элим Комилжондан айрилмас 1-китоб


Год выпуска 0

isbn 978-9943-4180-5-9

Автор произведения Шахзод Киличев

Жанр

Серия

Издательство Kitobxon


Yigirmanchi asrning mashhur shaxslari haqida gap ketganida, buyuk hofizimiz – O'zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog'iston xalq artisti, daho san'atkor, beqiyos xonanda, bastakor, shoir Komiljon Otaniyozov siymosi ko'z o'ngimizda yorqin gavdalanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2000 yil, 25 avgustdagi Farmoniga binoan, Komiljon Otaniyozov yangi asr arafasida «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan (vafotidan so'ng) taqdirlangani bejiz emas. Buning ramziy ma'nosi shuki, ul zot san'ati yangi asrimizda ham qadr topmoqda va ardoqlanmoqda. «O'zbek elim Komiljondan ayrilmas» yodnomalar kitobi ikki to'plamdan iborat. Har ikkala kitobda ham betakror, beqiyos iste'dod va ayniqsa, billuriy ovoz sohibi Komiljon Otaniyozovning hayot va ijod yo'li xususida qiziqarli hikoya qilingan. Shuningdek, hofizga bag'ishlangan bir-biridan ta'sirchan badia, lavha va she'rlar e'tiboringizga havola qilinmoqda. Ta'kidlamoq kerakki, har ikkala kitobda ham san'atkorimizning hayoti va ijodiga aloqador qiziqarli lavhalarni hayajon bilan o'qishingizga, ana, biz kafilmiz, aziz kitobxon.