Ushbu monografiya Turkistonning 1917–1918 yillar tarixini o'rganishda muhim bo'lib, unda o'sha yillarda taraqqiyparvar ziyolilar tomonidan chop etilgan milliy matbuot materiallari asosida Turkistondagi milliy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati, ularning o'zaro aloqalari, ya'ni Turkistonning o'sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida keng va atroflicha ma'lumot beriladi. Arab imlosidagi eski o'zbek yozuvida nashr etilgan bu ma'lumotlar mohiyatan qimmatlidir. Ular keng kitobxonlar ommasi e'tiboriga havola etilmoqda.