Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Сув париси. Оле-Лук-ое

    Ганс Христиан Андерсен

    Ertaklar kim yoki qaysi tilda yozilishidan qat'i nazar, barcha millat bolalarining qalbini birdek zabt eta olish qudratiga ega. Ertakchilar qiroli Hans Kristian Andersenning ilk bora o'zbek tilida so'zlovchi ertak qahramonlari bu gal bolajonlarimizni yangi sarguzashtlar, ya'ni hayratlar sari boshlamoqda. Kitobni o'qishga bo'lgan muhabbat e'tiboringizga havola etilayotgan ertaklar bilan boshlansa yoxud bu ertaklardan qayta va qayta hayrat tuyishga ehtiyoj sezsangiz, biz bundan faqat xursand bo'lamiz. Maroqli mutolaa tilaymiz, sizga!

    Дюймчахон. Сандиқ-самолёт. Йўлдош ўртоқ

    Ганс Христиан Андерсен

    Jahon xalqlari ertaklari – turkumida tayyorlangan mazkur ki-tobchamiz butun dunyo bolalarining sevimli yozuvchisi – Hans Kristian Andersenning mashhur ertaklaridan tarkib topgan. «Dyuymchaxon», «Sandiq-samolyot», «Yo'ldosh o'rtoq» – bu ertaklar allaqachon ekranlashtirilgan, jajji kitobxonlarimiz ertak voqealaridan balki xabardordirlar. Shunday bo'lsa-da, kitobsevar bolajonlarimizni mutolaaga chorlash, ularga ma'naviy ozuqa berish maqsadida ushbu nashrni tayyorladik.

    Шудринг

    Гуласал Нурмухаммад кизи

    U tabiiy go'zallik va quvnoqlikni ota-onasidan, ma'naviy boylikni esa mehribon buvisi Nuqraxon ayadan hamda tog'lar orasidagi go'zal va maftunkor «Paymart» qishlog'ining so'lim va betakror manzaralaridan oladi. Umidli jajji shoira o'zining bolalarcha beg'ubor va sodda fikrlarini qog'ozga tushirib keladi. Gulasal Nurmuhammad qizining she'rlariga Jizzaxlik taniqli bolalar shoiri Ibrohim Donish yuqori baho bergan.

    Ўзбек халқ эртаклари

    Устное народное творчество

    Ertak Mahmud Qoshg'ariyning 1074 yilda yozilgan «Devonu lug'ot-it- turk»asarida «etuk» tarzida qo'llangan. Shundan ko'rinadi- ki, ertaklar qadim o'tmishga borib taqaladi.Ushbu kitobga jamlangan "O 'zbek xalq ertaklari " kitobida bir necha yuzlab avlodlarni kamolga yetkazgan, bolalik murabbiyiga aylangan afsonaviy ertaklar jamlangan. Ularda yolg'on gapirma, o'g'irlik qilma, nomard bo'lma, hech kimning haqiga xiyonat qilma, yaxshilik qilguvchilardan, hech bo'lmaganda yaxshilik istaguvchilardan bo'l, kabi oddiy haqiqatlar mujassam. Bu haqiqatlar har bir davrning va o'sha davrga mansub odamlarning yuragiga, qalbiga ko'zgu tutishdan hech toliqmaydi.

    Ёввойи йўрға: Жониворлар ҳақида ҳикоялар

    Эрнест Сетон-Томпсон

    "Kanadalik adib Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo'rg'a» kitobida mushuklar, quyonlar, tulkilar, bo'rilar, ayiqlar, otlar… deyarli barcha-barcha jonivorlar obrazi bor. Kitob etti yashar kitobxon uchun ham, etmish yashar kitobxon uchun ham birday suyukli, birday ardoqli."

    Эртаклар: Тилла хумча, Шчелкунчик ва сичқон қироли

    Эрнст Гофман

    Эрнст Теодор Амадеус Ҳофман ижодига мансуб ушбу эртак-қиссалар адиб ижоди ҳақида биз ўқувчиларда шундай таассурот қолдиради: Ҳофман инсон онгини бадиий тадқиқ қилишда ўз мақсадига эриша олган. Шунингдек, бу истеъдод соҳиби ниҳиби ниҳоятда зийраклик билан ўз даврининг барча қусурлари ва зиддиятларини пайқаган ҳамда буни бутун хаёлий салоҳиятини ишга солган ҳолда зукко китобхонни ларзага соладиган даражада маҳорат билан тасвирлаган.

    Шерлок Холмс ва доктор Уотсоннинг саргузаштлари

    Артур Конан Дойл

    Artur Konan Doylning «Yo'qotilgan dunyo», «Zaharlangan mintaqa», «Dahshat vodiysi» kabi asarlari nafaqat Yevropada, balki butun dunyoga mashhur. Va ayni paytda yurtimiz kitobsevarlariga ham yaxshi tanish. Bu to'plamda yozuvchining detektiv, ilmiy fantastika, sarguzasht asarlaridan saralab olingan hayotiy dalillarga boy hikoya va qissalari joy olgan. Charlz Baskervilning g'aroyib tarzda o'ldirilishi odamlarni dahshatga soladi. Hamma ulkan mulk sohibining fosiq ajdodlari aybi uchun jazo sifatida botqoq tubidan chiqqan dahshatli it haqida turli vahima gaplarni aytishadi. Xonaki itlardan mutlaqo farq qiladigan, salobati o'rmon qora ayig'ini eslatadigan, bir oilaning iziga tushgan Baskervillar iti insonlar kabi xufiyona ish tutadi. Faqat bugina emas, mashhur izquvarlar Sherlok Xolms va doktor Uotsonning qator jinoyatlarni fosh qilishdagi bir-biridan qiziqarli sarguzashtlarini mazkur kitobdan bilib olishingiz mumkin. 1990-yilda «Baskervillar iti» nomi bilan nashr etilgan mazkur asar kitobxonlar iltimosiga ko'ra qayta chop etilmoqda.