Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Бахт эшиги

    Хайдар Мухаммад

    Қўлингиздаги «Бахт эшиги» китобида муаллифнинг 8та кичик драмаси жамлашган. Бу китоб Санъат ва маданият олий таълим муассасалари, коллеж, лицей ва мактабларда «Сюжет яратиш санъати» фанидан амалий машғулотларда фойдаланиш учун мўлжалланган.

    Сценарийнавислик маҳорати

    Хайдар Мухаммад

    Ushbu darslik yuzlab qo'shiqlari, o'nlab dramalari, o'nbeshdan ortiq she'riy va sahna asarlari nashr etilgan, asarlari asosida kinofilm, qator telefilm, spektakllar yaratilgan hassos shoir va dramaturg Haydar Muhammadning qalamiga mansub. Muallifning qariyb 50 yillik ijodiy tajribalari, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ko'p yil adabiy rahbar bo'lib ishlaganligi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Repertuar redaksion kollegiyaga a'zolik (muharrirlik) faoliyati, O'zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining «O'zbekiston» radiokanali «Dramaturgiya» bo'limida mudirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi dramaturgiya kengashining a'zosi, raisi, rais o'rinbosarligi lavozimlarida ishlaganligi, O'zbekiston davlat san'at institutining katta o'qituvchisi lavozimidagi faoliyatlari kinodramaturgiya, teledramaturgiyada, ommaviy tomoshalar uchun ssenariylar yozish yo'riqlarini o'rgatuvchi darslik yaratishga asos bo'ldi. Bu kitob nafaqat San'at va Madaniyat institutlari talabalariga, balki ssenariy yozishga qiziquvchilar uchun ham muhim qo'llanma bo'ladi, degan fikrdamiz.

    Эл меҳрини қозонган инсон

    Хазрат Умаров

    Ушбу китобда Бухоро вилояти Қоракўл (кейинчалик Олот) тумани таркибида бўлган «Шарқ юлдузи» колхозининг донгдор раиси Раҳмон Жумаевнинг (1914-1979) ибратли ҳаёт йўли ва меҳнат фаолияти ҳақида сўз боради. Турли касб эгалари, Р.Жумаевнинг фарзандлари ва унинг замондошлари битган эсдаликларда бугунги кун учун ҳам фойдали бўлган фикрлар, маълумотлар мужассамлашгандир.Китоб кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.

    Ўзбек тилида кесимлик категорияси ва шахс актанти

    Хавасхон Шокирова

    Бугунги кунгача тилшунослигимизнинг алоҳида ютуғи саналган кесимнинг гап қурилишидаги мавқеи ва унинг морфологик шаклланувига доир изланишлари тўла якунига етган эмас. Бу эса ўзбек тилида кесимлик категориясининг формал-функционал тадқиқини давом эттириш заруриятини белгилайди. Мазкур қўлланмада кесимлик категорияси ва унинг валентлиги, турли кўринишларда турлича воқелана олиши каби масалалар асослаб берилди.

    Таълимда инновацион технологияларнинг ўрни

    Хавасхон Шокирова

    Yangi pedagogik texnologiyalar ta'lim samaradorligini oshirishda, o'zbek tilini takomillashtirishda, barkamol avlod tarbiyasida asosiy vositalardandir. Filologiya fanlari nomzodi, Xalq ta'limi a'lochisi Havasxon Shokirovaning izlanishlari samarasi bo'lgan mazkur kitobchadan ta'lim jarayonida yangi uslubiy qo'llanma sifatida foydalanish mumkin.

    Дил меҳроби

    Хабиб Абдуназар

    "Дил меҳроби" – бу шоир Ҳабиб Абдуназар шеърларининг қайсидир маънода, кенг масштибдаги номидир. Шеърнинг туғилишидаёқ мўъжизавий, илоҳ билан туташган, оғриғи тотли бир авж ва некбин жўмардлик бор. Бу жараёнда шоирнинг жисми руҳи ғаройиб тассуротлар билан тўлишиб, одамлик оламига, олам одамларига ўзга пучмоқлардан мафтун, маъюс, аммо қизғин термулади: тош унинг биродари, нафис майса жонтортар муштипари, ҳар бир юрак туйғудошига дўнайди. Қўлингиздаги китобда замонавий шеъриятимизнинг тимсоллари ва рамзларга йўғрилган, овоз чиқармасдан ўқиладиган ажаб намуналари жамдир. Бунга мутолаадан сўнг амин бўласиз, деган ўйдамиз.

    Компьютер тизимлари ва тармоқлари

    Х.У. Саримсақов

    Mazkur o'quv qo'llanmada «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari» fanining asosiy bo'limlaridan kompyuterlarni ishlatish tamoyillari, kompyuter qurilmalarining sinflanishi, kompyuter qurilmalarining tuzilishi, kompyuter tarmoqlari va unda ma'lumotlar almashish, internet tarmog'i va texnologiyalari, telekommunikatsiyalar batafsil yoritilgan.Ushbu o'quv qo'llanma «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o'rganayotgan 320000 – «Ishlab chiqarish – texnik soha» bilim sohasining bakalavriat yo'nalishlari talabalari, o'qituvchilar va shaxsiy kompyuterdan foydalanadiganlar uchun mo'ljallangan.

    Давлат ва ҳуқуқ назарияси

    Х.Т. Одилкориев

    O'quv qo'llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi. U davlat va huquqni talqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qamrab olgan. Shuningdek, unda O'zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan. Davlat va huquqning mohiyati, mexanizmi, funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.O'quv qo'llanma yuridik ilmgohlar talabalariga, o'qituvchilariga, mutaxassislarga, shuningdek, davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.