Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Қизиқувчан Матмуса 5-9-синф

    Эркин Вохидов

    O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodi o'zbek kitobxonlarini, ayniqsa, she'riyat ixlosmandlarini befarq qoldirmasligi aniq. Maktab darsliklari orqali katta-yu kichik she'rlari, qator dostonlarini o'qiymiz, yod olamiz. Tilining ravonligi, mavzusining dolzarb va qiziqarli ekanligi o'quvchini qayta-qayta mutolaaga chorlaydi.Mazkur kitobga shoirning eng sara hajviy asarlarini to'pladik. «Donish qishloq hangomalari»dagi Matmusa obrazi orqali o'zbek adabiyotini yana bir yumoristik qahramon bilan boyitgan shoir o'quvchiga hazil orqali achchiq haqiqatlarni so'zlaydi. Sodda va go'l Matmusa goh dehqon, goh sotuvchi, yana bir o'rinda qo'shiqchi-yu, boshqa o'rinda amaldor qiyofasida gavdalanadi. Barchasida o'zining noshudligini fazilat deb ko'rsatadi. Shoir Matmusa obrazi orqali jamiyatda uchraydigan bu kabi holatlarni hajviy tasvirlar ekan, o'quvchini ogohlikka chorlaydi.

    Замин сайёраси

    Эркин Вохидов

    Ушбу китоб бундан 30 йиллар аввал нашр этилган икки китобнинг жамланмаси сифатида қайта нашрга тайёрланди. «Шарқий қирғоқ» китоби 1980 йилда чоп этилган. Бугун ўқувчиларда шоирнинг айнан шу шеърларига бўлган Соғинч вояга етди. Талаб ва истакларни инобатга олиб, уни нашр этишни мақсад қилдик. У ҳақда нимадир сўз айтишга ҳожат йўқ. Китобни аввало ўқиш керак…Ўша йилларда нашр этилган «Тирик сайёралар» китобидан ҳам шеърлар киритдик, токи ўқувчилар вақт ҳукми таъсир қилмаган шеърлардан баҳраманд бўлсинлар…

    Қизиқувчан Матмуса

    Эркин Вохидов

    Ushbu kitobga sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning turli yillarda yozilgan she'rlari jamlangan. She'rlardagi yengil kulgu, til jozibasi, tiniq kayfiyat e'tiboringizni tortadi.

    Кўнглимдаги ёр

    Эмин Машраб

    Машраб Эминнинг ёзганлари соддалиги, ростлиги, самимийлиги учун у киши диққатимни тортди. Бу дунёда гул кўп, чаман кўп, деганлар. Гулнинг каттаси ҳам гул, кичиги ҳам. Шу маънода Машраб Эминнинг юрагида очилган мазкур шеърий чечаклари муборак бўлсин!

    Yoshlarda yuksak ma’naviyatni shakllantirish 2- кitоb

    Эгамберган Каримов

    Ushbu qo'llanmada yoshlarda ma'naviyatni shakllantirishning asosiy omillari, darsdan tashqari ta'lim-tarbiya ishlarini yangi pedogogik texnologiyalar asosida tashkil etishning mazmun-mohiyati, izlanishlari, usul va vositalari hamda tajribalar keng yoritilgan. Qo'llanmada keltirilgan ma'naviy tadbirlarning ssenariylaridan dars va drsdan tashqari tadbirlarda foydalanish katta samara beradi.

    Архитектура ашёшунослиги

    Э. Косимов

    ""Arxitektura ashyoshunosligi" fani o'rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylardagi arxitektura, dizayn, pardozlovchi mutaxassisliklar yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun yaratilgan birinchi darslikdir. Kitobda o'quvchilarni pardozbop qurilish ashyolarini tanlashda va ishlatilishida ularning rangiga, tuzilishiga va fakturalariga qarab qo'llash usullari, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalariga doir ma'lumotlar o'quv dasturiga ko'ra qisqa mazmunda yoritilgan. Shuningdek, darslikda Arxitektura yo'nalishida ishlatilayotgan zamonaviy qurilish ashyolari va kelajakda istiqbolli nanotexnologiyani qo'llab, sifatli pardozbop ashyolar olish to'g'risida ham qisqa tushunchalar berilgan. Ushbu kitob Arxitektura, dizayn sohasida ta'lim olayotgan o'rta maxsus ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan hamda koshinkor, pardoz beruvchi, duradgor, tabiiy rangli toshlarga ishlov beruvchilar ham foydalanishlari mumkin."

    Маърифат йўлида

    Э. Бабаева

    Ushbu kitobda Arab Sharqi xalqlari ijtimoiy hayotida chuqur iz qoldirgan taniqli ma'rifatparvarlarning hayoti, faoliyati, ijodi va dunyoqarashi hamda ularning arab ijtimoiy-siyosiy va falsafiy tafakkuri rivojida tutgan o'rni yoritilgan. Bunda arab madaniyati rivojida «an-Nahda al-arabiya» («Arab Uyg'onishi») ning mavqeiga alohida e'tibor berilgan. Shu bilan birga, XIX – XX asr boshlarida arab ijtimoiy tafakkuridagi asosiy oqimlar – arab ma'rifatchiligi, islom islohchiligi, milliy ozodlik harakati mafkurasi va boshqalarning shakllanishi hamda rivoji o'z aksini topadi. Kitob ilmiy tadqiqotchilar – tarixchilar, sharqshunoslar, arabshunoslar va shu yo'nalishda bilim olayotgan talabalarga hamda Sharq xalqlari merosi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

    Шифобахш мақомлар

    Шухрат Уроков

    Har ikkala taniqli mutaxassisning hamkorlikda yaratgan ushbu risolasida «Buxoro Shashmaqom»i «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlarining tarixi va qadim ijrochilari haqida bir-biridan qiziqarli ma'lumotlar berilishi bilan bir qatorda, musiqaning shifobaxshlik xususiyati to'g'risida asosli dalillar vositasida maroqli hikoya qilingan. Shuningdek, billuriy ovoziyu jarangdor sozi bilan dunyoga dong taratgan buyuk hofizimiz Komiljon Otaniyozov hayotiga taalluqli ibratli hikoyalarning kiritilganligi ham, albatta, kitobxonni mamnun etishiga ishonamiz.

    Шукрона - сайланма

    Шукур Дадаш

    Кириб келган қутлуғ йилимизнинг биринчи санасида олтмиш беш ёшни қаршилаган севимли шоиримиз ўзининг тўйига тўёна билан келибди. Фалсафий йўналиш, ўзига хос шакл-шамоил касб этган шеърларидан ажойиб бир гулдаста тайёрлабди. Ушбу тўплам сиз азиз шеърият мухлислари кўнглига завқ бағишлашига ишончимиз комил.