Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Аслингиздек бўлишга тайёрмисиз?

    Юлдузхон Назар

    Инсон ўз-ўзини англаши, тафаккур қилиши, маънавий-руҳий оламини бойитиши, қалб кечинмаларини, ҳиссиётларини уйғотиши, дунёқарашини ўстириши орқали комилликка эришади. Ҳозир мактабларнинг юқори синфларида «Тарбия» дарслари йўлга қўйилаяпти. Ушбу рисоладан қўлланма сифатида фойдаланиш ҳам эътиборда тутилган. Бир сўз билан айтганда, ушбу асар бугуннинг китобидир.

    Ўрик гули

    Юлдуз Зохир

    Yulduz G'afur qizi Zoir tabiatga shaydoligi, Vatanga bo'lgan yoniq tuyg'usi, hayot manzaralarini nozik ilg'ashi bilan ijodkor tengdoshlari orasida alohida ajralib turadi. E'tiboringizga havola qilinayotgan uning ilk to'plami ana shunday ezgu tuyg'ular ta'sirida tug'ilgan she'rlardan tashkil topgan.

    Ялпиз

    Ю. Толипов

    Табиатдаги барча ўсимлик ва жонзотларнинг даволовчи хусусиятлари борлиги қадимдан исботланиб келиняпти. Кўрки, ҳиди, истеъмоли учун ҳовлиларимизга экадиганимиз ялпиз ҳам бир қатор шифобахш хислатларга эга. Буни билишни истасангиз, сизга ушбу қўлланмани тавсия этамиз. Умид қиламизки, мазкур китобча уй табобатида дурустгина қўл келади.

    Геология ва геоморфология

    Ю. Иргашев

    "Darslikda geologiya va geomorfologiya fanlarining maqsadi, vazifasi, tarmoqlari va soha uchun ahamiyati bayon qilingan. Shuningdek, Yerning paydo bo'lishi, tuzilishi tarkibi, rivojlanish tarixi, mineral, tog' jinslari va geologik yilnomalar haqida qisqacha ma'lumot berilgan. Darslikda, shuningdek, Yer relyefining paydo bo'lishi, shakli, elementlari, genezisi, rivojlanish tarixi haqida so'z yuritilib, ularni topografik, umumgeografik va geomorfologik xaritalarda to'g'ri tasvirlash talablari bayon etilgan. Кitobda relyefning asosiy genetik guruhlariga (endogen va ekzogen) ta'rif berilib, quruqlikda rivojlangan ekzogen relyeflar shakli, ularning elementlari, paydo bo'lishi, tashqi va boshqa belgilari keng yoritilgan. Shuningdek, darslikda geomorfologik izlanishlarning asoslari, geomorfologik xaritalar tuzish usullari, relyefning tasnifi va boshqalar ham ifodalangan."

    Саломатлик сари йўл

    Эшмурод Рахматов

    Insonning har bir a'zosi, muskuli, nerv va qon tomirlari shu qadar mukammal yaratilganki… Bugungi kunda olimlar ana shunday mukammallikka ega bo'lgan inson eng kamida 150 yil yashashi kerak degan xulosaga kelishgan. Ammo biz o'z vujudimiz qadriga o'zimiz etmaymiz. Turli zararli moddalarni iste'mol qilishdan tashqari sog'ligimizning yana juda katta dushmani borki, bu harakatsizlikdir. Harakatsizlik inson a'zolarini nerv, qon tomirlariyu muskullarning hayotiy qobiliyatini pasaytiradi, oxir oqibat fojia ro'y beradi. Shuning uchun ham har bir xalq tarixida qadimdan bunday fojia sodir bo'lmasligi uchun turli harakatli o'yinlar, mashqlar yaratilgan. Bularning orasida Hitoy xalq harakatli mashqlari o'zining foydaliligi bilan ajralib turadi. Muallif ana shunday ezgu mashqlardan biri «Tayszi-syuan» haqida bu kitobni tasnif etib, juda xayrli ishga qo'l urgan. Va bu shubhasiz, o'zbek tilida chop etilgan ana shunday kitoblar orasida o'ziga xos o'rin tutadi va keksayu yoshlar uchun birdek qadrli bo'lib qoladi degan umiddaman…

    Куз ёмғири

    Эркин Худойбердиев

    Эркин Худойбердиев илмий ишлар қаторида бадиий асарлар ёзиш билан ҳам шуғулланиб келади. Унинг «Олтин водий эртаклари», «Адашганлар қисмати», «Жиноятга жазо муқаррар» номли китоблари чоп этилган. Адибнинг йиллар давомида кўнгилнинг нозик ҳис-ҳаяжонларини илмий ишлари ҳошиясига қоралаб юриб, мўъжазгина шеърий гулдаста яратди. Ўйлаймизки, унинг хушбўй муаттар иси зукко шеърхонлар қалбига етиб боради…

    Кўнгил ибтидоси

    Эркин Ниёзалиев

    Shoir Erkin Niyozalining she'rlari jozibali. Shoirning ko'ngil dardlari she'riy misralarga mehr-muhabbat, sog'inch, iqror, iltijo bo'lib ko'chadi. Ularni o'qir ekansiz, ruhiyat jilolarini his etgandek bo'lasiz. «Ko'ngil ibtidosi» shoirning sara to'rtliklardan tuzilgan. Ushbu to'plam sizga manzur bo'ladi degan umiddamiz.