Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    SCRATCH график дастурлаш муҳити ва унда ишлаш асослари

    Равшан Аюпов

    Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada zamonaviy SCRATCH grafik dasturlash tili imkoniyatlari boshlang'ich o'rganuvchilar, ya'ni, maktab o'quvchilari, talabalar va mustaqil o'rganuvchilar tushunishi uchun nihoyatda yengil, tushunarli, kerakli izohlar bilan va sodda halq tilda izhor qilingan hamda uni o'rganish boýicha bir qancha video darslar bilan ta'minlangan. SCRATCH dasturlash tili o'zining bolalar uchun mo'ljallangan samarador tuzilmasini hamda oddiy, ammo samarador bo'lgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Undan tashqari, bu til o'rganish uchun oson va shu bilan birga, imkoniyatlari ancha yuqori bo'lgan oz sonli grafik dasturlash tillari jumlasiga kiradi. Shu bilan birgalikda unda dasturlash jarayoni juda ham oddiy ravishda, xuddi lego konstruktoriga o'xshash xolda amalga oshiriladi. Hozirgi davrda ko'pchilik ota-onalar o'z farzandlarini yoshligidan boshlab dasturlashga o'rgatishni istaydilar va xuddi shuning uchun ham SCRATCH grafik dasturlash tili halq orasida ancha ommabop bo'lib qolgan. Ushbu grafik dasturlash tilining ilk nushasi 2003 yilda AQSh ning Massachusets texnologiya institutida yaratilgan va u kichik hamda o'rta sinflarda o'qiydigan o'quvchilarni o'yinlar, animatsiyalar va birgalkidagi qiziqarli loyihalar tizishga o'rgatishga mo'ljallangan.Agar Siz zamonaviy fan va texnikaning asosi bo'lgan ushbu dasturlash tilini pishiq-puxta egallamoqchi hamda uning mohiyatini anglab, millionlab muvaffaqiyatli va to'kis hayot kechiradigan insonlar safiga qo'shilishni istasangiz – bu kitob huddi siz uchundir!

    Смарт таълим технологиялари

    Равшан Аюпов

    "O'zbekistonda aqlli (smart) ta'lim texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari" deb nomlangan ushbu monografiya yangi smart pedagogik texnologiyalar yo'nalishiga bag'ishlangan bo'lib, unda turlisohalarda dars beruvchi professor-o'qituvchilar uchun dars berishning (yoki ommaga ma'lumot berishning) bir qancha interfaol uslubda bo'lgan zamonaviy smart ta'lim usullari hamda dasturiy-texnik vositalarining imkoniyatlari yoritiladi. Risolada yoritilgan interfaol muloqot tizimlari dars davomida talabalar bilan bevosita muloqot qilishning zamonaviy dasturiy-texnik vositalari bo'lib, ular vositasida o'qituvchi va talabalar (tinglovchilar) orasida real vaqt rejimida to'g'ridan-to'g'ri axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Bunday dasturiy-texnologik tizimlarda kompyuter, o'qituvchi va talabalar orasida simsiz aloqa mavjud bo'lib, standart (yoki mahsus) taqdimotlar dasturiy ta'minoti orqali ma'lumot almashiniladi. Talabalarning tizim bilan aloqasi mahsus distantsion pultlar (televizornikiga o'xshash), mobil telefonlar, shaxsiy kompyuterlar yoki Internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Bunday texnologiyani turli xil nomlar bilan ataladi, masalan, talabalardan ma'lumot qabul qiluvchi tizimlar, real vaqt rejimida javob beruvchi tizimlar, testlashtiruvchi tizimlar, interfaol aloqa tizimlari, talabalarning muloqot tizimlari va boshqalar. Ta'lim tizimda esa talabalarning smarttizimlari (SRS) yoki auditoriya muloqot tizimlari (ARS) kabi atamalar qabul qilingan. Talabalarning qo'llarida bo'luvchi mahsus distansion pultlarni esa ko'pincha «Clicker – Turtgich» deb ham ataladi. Bozorga keyingi paytlarda kirib kelgan bunday aqlli interfaol muloqot tizimlari mahsus dasturiy ta'minotni ham talab qilmaydi, ular ochiq arxitektura tamoyiliga asoslanib ishlaydilar va ma'lumotlarni mobil telefonlardan, smart tele-qurilmalardan, shaxsiy va planshet kompyuterlardan bemalol qabul qila oladilar. Ushbu risolada aqlli sinf (Smart Class) smart ta'lim texnologiyalari kompleksi (shu jumladan, TMSC-Team Model Smart Classroom, ezStation- Lecture Capture System, HiLearning-Student Tablet Solution, ezVizion-Document Camera, Haboard-Interactive Whiteboard System, HiTech-Interactive Teaching System, WebClick-Web Interactive Response System, ClouDAS-Cloud Computing, Diagnozing and Analysing Service, EEE Learning-Engage, Enrich, Enhance Learning, III Learning-Innovative, Interact, Improve Learning kabi zamonaviy smart ta'lim texnologiyalari tizimlari) ning tashkil etuvchilari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash bo'yicha yetarlicha amaliy va nazariy ma'lumotlarberilgan. Risolamaktab va oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari hamda mustaqil lektorlar uchun mo'ljallangan.

    Таълимда ахборот технологиялари

    Равшан Аюпов

    "Ta'limda axborot texnologiyalari" deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanma yangi innovatsion pedagogik texnologiyalar yo'nalishiga bag'ishlangan bo'lib, unda turli sohalarda dars beruvchi professor-o'qituvchi ma'ruzachilar uchun dars berishning (yoki ommaga ma'lumot berishning) bir qancha interfaol uslubda bo'lgan zamonaviy usullari hamda dasturiy-texnik vositalarining imkoniyatlari yoritiladi. Risolada yoritilgan interfaol muloqot tizimlari dars davomida talabalar bilan bevosita muloqot qilishning zamonaviy dasturiy-texnik vositalari bo'lib, ular vositasida o'qituvchi va talabalar (tinglovchilar) orasida real vaqt rejimida to'g'ridan-to'g'ri axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Bunday dasturiy-texnologik tizimlarda kompyuter, o'qituvchi va talabalar orasida simsiz aloqa mavjud bo'lib, standart (yoki mahsus) taqdimotlar dasturiy ta'minoti orqali ma'lumot almashiniladi. Talabalarning tizim bilan aloqasi mahsus distantsion pultlar (televizornikiga o'xshash), mobil telefonlar, shaxsiy kompyuterlar yoki Internet orqali amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Bunday texnologiyani turli xil nomlar bilan ataladi, masalan, talabalardan ma'lumot qabul qiluvchi tizimlar, real vaqt rejimida javob beruvchi tizimlar, testlashtiruvchi tizimlar, interfaol aloqa tizimlari, talabalarning muloqot tizimlari va boshqalar. Ta'lim tizimda esa talabalarning interfaol muloqot tizimlari (SRS) yoki auditoriya muloqot tizimlari (ARS) kabi atamalar qabul qilingan. Talabalarning qo'llarida bo'luvchi mahsus distansion pultlarni esa ko'pincha «Clicker – Turtgich» deb ham ataladi. Bozorga keyingi paytlarda kirib kelgan bunday interfaol muloqot tizimlari mahsus dasturiy ta'minotni ham talab qilmaydi, ular ochiq arxitektura tamoyiliga asoslanib ishlaydilar va ma'lumotlarni mobil telefonlardan, smart telequrilmalardan, shaxsiy va planshet kompyuterlardan bemalol qabul qila oladilar. Ushbu risolada aqlli sinf (Smart Class) innovatsion ta'lim texnologiyalari kompleksi (shu jumladan, TMSC-Team Model Smart Classroom, ezStation- Lecture Capture System, HiLearning-Student Tablet Solution, ezVizion-Document Camera, Haboard-Interactive Whiteboard System, HiTech-Interactive Teaching System, WebClick-Web Interactive Response System, ClouDAS-Cloud Computing, Diagnozing and Analysing Service, EEE Learning-Engage, Enrich, Enhance Learning, III Learning-Innovative, Interact, Improve Learning kabi zamonaviy ta'lim texnologiyalari tizimlari) ning tashkil etuvchilari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash bo'yicha yetarlicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berilgan.

    Интернетдаги иқтисодий фирибгарликлардан ҳимояланиш усуллари

    Равшан Аюпов

    Ноқонуний даромадлар олишга бўлган хатти-ҳаракатлар мажмуи кўпинча яна ҳам чиройли, бой ва тўкис яшаш учун бўлган табиий инсоний интилиш инстинктини осонлик билан қондиришга бўлган табиий интилиш сабабли пайдо бўлади ва ривожланади. Айниқса мўмайгина даромадга қаттиқ ва сурункали оғир меҳнатсиз тезкорлик билан эришиш мумкин бўлса, бунинг ишқибозлари яна ҳам кўпаяди. Худди шу объектив ва субъектив сабаблар оқибатида турли туман фирибгарлик усуллари пайдо бўлади ва ривожланади. Бундай фирибгарликлардан ҳимояланиш эса уларнинг қандай амалга оширилишини тушуниш ва шунга асосан тегишли эҳтиёт чораларни кўришни тақозо қилади. Шунинг учун ҳам ушбу китобни ёзишдан асосий мақсад – кўпчиликни антиқа фирибгарлик усулларига ўргатиш эмас, балки уларнинг туб моҳиятини яхши билиш ҳамда тушуниш орқали турли хил фирибгарлардан самарали химояланишни таъминлашдир.

    Паскаль алгоритмик тилида дастурлаш асослари

    Равшан Аюпов

    Француз олими Блез Паскаль шарафига шундай деб номланган ПАСКАЛЬ тили Швецариянинг Цюрих шахридаги Олий техника мактабининг профессори Никлаус Вирт томонидан 70-йилларда яратилган бўлиб, хозирги пайтда жуда кўп ўқув юртларида содда ва қулай алгоритмик программалаштириш тили сифатида ишлатилади. У ўзининг оддийлиги, мантиқийлиги ва етарли даражада самаралилиги туфайли бутун дунё буйлаб кенг тарқалди. Хозирги пайтда барча хисоблаш машиналари, хусусан, шахсий, мини, универсал ва микро-ЭХМлар ҳам ушбу тилда ишлаш имкониятига эгалар. Бу алгоритмик тилда тузилган дастурлар матнининг тўғрилигини осонлик билан текшириш мумкинлиги, уларнинг маъноси ва моҳияти тушунарлилиги хамда буйруқларининг оддийлиги билан бошка турга мансуб алгоритмик тиллардан кескин ажралиб туради. Паскаль тили анча-мунча мураккаб ва кўп вакт оладиган хилма-хил хисоблаш ишларини бажаришга мулжалланган таркиблаштирилган дастурлар тузишга имкон беради.

    Инновацион таълим усуллари ва воситалари

    Равшан Аюпов

    Ушбу китоб инновацион таълим дастурий-техник воситаларининг таърифи ва тавсифига бағишланган. Китобда келтирилган материаллар таълим муасасаларининг барча йўналишларда таълим олаётган ўқувчи-талабалар ва педагоглар учун муҳим ва фойдали маълумотлар манбаи бўлиб ҳизмат қилиши мумкин.

    Ахборот-коммуникацион технологиялар атамаларининг изоҳли луғати

    Равшан Аюпов

    Ахборот-коммуникацион технологиялар ва рақамли иқтисодиёт атамаларининг ушбу изоҳли луғати бу соҳани ўрганаётганлар, бу соҳада ишлаётганлар, бу соҳага қизиққанлар ҳамда бу соҳада таълим олаётган ўқувчи-талабалар учун жуда кўпчилик тушунарсиз ёки ноаниқликка эга бўлган атамаларни имкон даражасида аниқлаштириш ва тушунтириш учун хизмат қилади. Албатта биз бу миқёси жуда ҳам кенг бўлган АКТ, рақамли иқтисодиёт, компьютер технологиялари ва дастурлаш соҳасидаги барча атамаларни ҳам қамраб ололмадик, шунинг учун, агар бу соҳа атамаларидан ушбу китобга кирмаганларини билсангиз, бизга жўнатинг ва биз уларни миннатдорчилик билан бу китобнинг кейинги таҳрирларида уни янада яхшилаш мақсадида керакли бўлимларга қўшиб қўямиз.

    Интернет тизими бўйича тестлар

    Равшан Аюпов

    Internetda tizimida ishlash bo'yicha testlar" deb nomlangan ushbu o'quv qo'llanmada informatika va axborot texnologiyalari fanining INTERNET da ishlashni yoritishda o'rganiladigan barcha mavzular bo'yicha testlar keltirilgan va ularning javoblari batafsil yoritilgan. Bir qancha amaliy tеstlar yordamida mavzular bo'yicha bajariladigan amaliy operatsiyalar atroflicha tushuntirilgan. INTERNET bilan unchalik tanish bo'lmagan yoki unda ishlash tajribasi bor insonlar uchun ham qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar foydali bo'lib, ularning ish malakasini yanada ishirish uchun hizmat qiladi. Testlarning ketma-ket hamda bir maromda berilishi va ma'nosi foydalanuvchilarning o'rganilayotgan amaliy dastur bo'yicha chuqur hamda atroflicha nazariy hamda amaliy bilim olishlari nuqtai-nazaridan ishlab chiqilgan. Qo'llanma INTERNET ni chuqurroq o'rganmoqchi bo'lgan barcha insonlarga, shu jumladan, maktab, litsey va oliy o'quv yurtlarida bu fandan saboq olayotgan o'quvchi va talabalar, hamda ish jarayiniga kompyuter texnologiyalarini hamda internetni tadbiq etishni istagan tadbirkorlar va ularning hisobchilari uchun mo'ljallangan.

    Тадбиркорлик маданияти асослари

    Равшан Аюпов

    Ушбу «Тадбиркорлик маданияти асослари» деб номланган қўлланма шу соҳадан таълим олувчи талабалар ҳамда мустақил тадбиркорларнинг бизнес ва тадбиркорлик бўйича бир қанча жуда муҳим бўлган қимматли маълумот, қоида ҳамда қонуниятларни атрофлича ўрганишлари ҳамда улардан ўз фаолиятларида самарали равишда фойдалана олишлари учун ёзилган. Унда барча мавзулар ҳаётий мисоллар ва атрофлича тушунтиришлар кўринишида берилган бўлиб, материални бу тарзда баён қилиш фойдаланувчилар учун уни тўлиқ ва атрофлича ўзлаштиришда катта қулайликлар туғдиради. Қўлланма талабалар, ўқитувчилар, тадбиркорлар ва барча қизиқувчиларнинг бизнесдаги яширин имкониятларни мустақил равишда ўрганишлари ҳамда уларни иш фаолиятларида самарали равишда қўллай олишлари учун мўлжалланилган.

    Қимматли қоғозлар бозори ва унда ишлаш асослари

    Равшан Аюпов

    Қимматли қоғозлар бозори ва унда ишлаш асослари деб номланган ушбу китобча бу соҳани ўрганмоқчи булганлар учун бошланғич қўлланма ҳисобланади ва у бу соҳада таълим олаётган талабалар учун фойдали бўлиши мумкин