Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Ахборот тизимларини коммунал тўловлари ҳисоб-китоби жараёнларига самарали жорий этиш механизмлари

    О.С. Умаров

    "Mazkur monografiyada milliy iqtisodiyotni modernizasiya qilishda aholiga kommunal xizmatlarini ko'rsatish holatlarining tahlili tadqiq qilingan. Shuningdek, kommunal to'lovlari jarayonlarini avtomatlashtirilgan holda yuritishni axborot-kommunikasiya texnologiyalari negizida takomillashtirish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda hozirda kommunal to'lovlari jarayonlarini to'liq amalga oshirishda aholidan o'z vaqtida to'lovlarni undirish, to'lovlarni undirishdagi sarf xarajatlarni kamaytirish, hisob-kitob schyotchiklarini to'g'ri ishlashini ta'minlash bo'yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiya va takliflar keltirilgan. Monografiya barcha iqtisodiy yo'nalish hamda mutaxassisliklarda ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar ilmiy tadqiqotchilar va coha bo'yicha mutaxassis-amaliyotchilariga tavsiya etiladi."

    Умумий ер билими курсида дунё карталаридан фойдаланишга оид ўқув қўлланма

    О.Н. Хакимов

    Boshka soavtorlar: Z.А.Qo'ziyeva Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bakalavr bosqichi davlat ta'limi standartiga kiritilgan «Umumiy yer bilimi» predmeti yuzasidan tuzilgan dastur mazmuni asosida yozilgan. O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarida «Umumiy yer bilimi» kursi yuzasidan amaliyot mashgulot darslarini olib borish uchun mo'ljallangan bo'lib, tabiatshunoslik fakulteti ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun tavsiya etiladi.

    Ўзбекистоннинг АСЕАН мамлакатлари билан иқтисодий ҳамкорлиги

    О.К. Абдурахманов

    Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamkorligi va xalqaro mehnat taqsimotida bevosita ishtiroki, uning tabiiy jo'g'rofiy imkoniyatlari va savdo-sotiq an'analari bilan bog'likdir. O'zbekiston bir necha asrlardan beri Mashriq va Mag'rib o'rtasidagi savdo-sotiqni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan. Ammo G'arb mamlakatlari bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy aloqalar rivoji keng bo'lishiga qaramay Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti va imkoniyatlari juda kam o'rganilgan. Halqaro iqtisodiy munosabatlar fanidan O'zbekistonning ASEAN mamlakatlari bilan bo'layotgan iqtisodiy aloqalariga deyarli o'rin berilmagan. Ana shuning uchun ham ushbu o'quv qo'llanma ASEAN mamlakatlari iqtisodiyoti va savdo-sotiq munosabatlarini o'rganayotgan ilmiy xodimlar va ko'p sonli talabalar uchun mo'ljallangan.

    Банклараро рақобат шароитида банк хизматлари ва уларни такомиллаштириш йўллари

    О.А. Ортиков

    Мазкур монографияда банклараро рақобат шароитида банк хиз­мат­ларининг мазмуни, мижозларга кўрсатиладиган банк хизматла­ри­нинг таркиби ва тузилиши, банк хизматларининг миқдор ва сифат кўрсат­кичлари кенг ўрганилган. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси тижорат банклари томонидан кўрсатилаётган хиз­матлар таҳлил этилган ва улар­нинг ўзгариш тенденциялари баҳо­ланган. Ривожланган давлатларда банк хизматлари тараққиёти таҳлил этилган ва улардан Ўзбекистон банклари амалиётида ижодий фойдаланиш йўналишлари ишлаб чиқилган.Ушбу монография Давлат илмий техника дастурининг ЁА-ОТ-1-92638 ЁА2-7 «Ўзбекистонда макроиқтисодиётнинг ривожланиш тенденцияларини моделлаштириш ва прогнозлашнинг услубий-амалий асосла­рини такомил­лаштириш» номли ёшлар инновацион тадқиқот лойиҳаси доирасида бажарилган.Монография иқтисодий йўналишда таълим олаётган талабалар, ма­гистрантлар, тадқиқотчилар ва мутахассис амалиётчиларга тавсия этилган.

    Таълим муассасаларида инновацион педагогик технологиялар

    О.А. Исмоилов

    Mazkur qo'llanmada innovatsion pedagogik texnologiya pedagogik loyihasi sifatida fan asoslari bo'yicha o'quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirish ustida mulohaza yuritiladi. Ayni paytda, O'zbekiston ta'lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratilishi haqida ilmiy xulosalar qilinadi. Ushbu qo'llanma maktab o'qituvchilari, oliy o'quv yurtlarining talabalariga mo'ljallangan.

    Таълим ва тарбияга технологик ёндашувнинг педагогик асослари

    О.А. Исмоилов

    Mazkur qo'llanmada zamonaviy pedagogik texnologiya pedagogik loyihasi sifatida fan asoslari bo'yicha o'quvchi (talaba) larning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq holda tashkil etish va amalga oshirish ustida mulohaza yuritiladi. Ayni paytda, O'zbekiston ta'lim tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta'lim ustivorligi» dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta'limning yangi modeli yaratilishi haqida ilmiy хulosalar qilinadi. Ushbu qo'llanma maktab o'qituvchilari, oliy o'quv yurtlarining talabalariga mo'ljallangan.

    Қишлоқ меҳнат бозорини модернизациялашнинг асосий йўналишлари

    О.А. Аманов

    "Monografiyada qishloq mehnat bozorlarining iqtisodiy mohiyati, uning bozor munosabatlaridagi o'rni va rolini oshirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ortiqcha ishchi kuchini hosil bo'lish xususiyatlarini aniqlash, qishloq joylaridagi mehnat bozorlarida sog'lom raqobat muhiti yaratish, qishloq joylaridagi demografik vaziyatning mehnat bozoriga ta'siriga aniqlik kiritish, qishloq joylarida istiqbolli yangi ish o'rinlari yaratish, mavjudlarini saqlash uslubiyotini joriy qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar asoslab berilgan. Kitobda keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalardan mamlakatimiz qishloq mehnat bozorlarining barqarorligini ta'minlash va modernizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlaridan keng foydalanish, xususan Qashqadaryo viloyati qishloqlari mehnat bozorini rivojlantirish va yangi ish o'rinlarini yaratish jarayonlarida foydalanish mumkin. Monografiya iqtisodiyot, menejment, marketing, mehnat iqtisodiyoti kabi ta'lim yo'nalishlarida ta'lim olayotgan Oliy o'quv yurti talabalari, professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilari hamda qishloq xo'jaligi korxonalari rahbarlari va keng kitobxonlarga mo'ljallangan."

    Узлуксиз таълим тизимида ёшлар маънавиятини шакллантириш

    О. Мусурманова

    Mazkur monografiyada uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar ma'naviyatini shakllantirishning huquqiy va pedagogik shart-sharoitlari hamda uning o'ziga xos xususiyatlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida sog'lom turmush madaniyatiga ega ma'naviy barkamol shaxsni shakllantirish, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari bilan ta'lim muassasalarining pedagogik hamkorligi ilmiy pedagogik nuqtai nazardan talqin etiladi. Undan maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ota-onalar, fuqarolik jamiyati instituti mutasaddilari hamda keng jamoatchilik o'z amaliy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.

    Маънавий баркамол шахсни шакллантириш – жамият тараққиётининг асоси

    О. Мусурманова

    Ushbu qo‘llanmada yoshlar ma'naviyatini shakllantirish, ularni axloqiy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash masalalariga asosiy e'tibor qaratilgan. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining«ITD-1. Jamiyatni ma'naviy axloqiy va madaniy rivojlantirish, ma'naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta'limni uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish» ilmiy dasturi doirasidagi«Uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar ma'naviy madaniyatini shakllantirish jarayonini modernizasiya qilish texnologiyasi» mavzusida bajarilayotgan amaliy tadqiqotlar ilmiy loyihasi asosida yozilgan bo‘lib, qo‘llanmada ilgari surilgan g‘oyalardan uzluksiz ta'lim tizimiprofessor-o‘qituvchilari, tarbiyachi va murabbiylari, ilmiy tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddi xodimlari, ota-onalar, shuningdek, keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin.

    Электротехника фанидан лаборатория машғулотлари учун қўлланма

    О. Кувондиков

    O'quv qo'llanma texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda mualliflarning bir necha yil davomida Samarqand davlat universitetida yaratilgan laboratoriya ishlari to'plamidan iborat.