Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Россияда Шарқ адабиётлари назариясининг ўрганилиши

    И. Стеблева

    Ushbu risolada taniqli rus Sharqshunosi, o'zbek mumtoz adabiyotining iste'dodli tadqiqotchisi va targ'ibotchisi I.V.Steblevaning HH asrda Sharq xalqlari adabiyotining o'rganilishiga doir mulohazalari o'z ifodasini topgan, HH asrda Rossiyada Sharqshunoslik bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarga yuksak ilmiy did, ibrat bo'lgulik nafosat bilan xolis munosabat bildirilgan. Unda HH asrda sharqshunoslikka doir e'lon qilingan eng sara ishlar ro'yxati keltirilgan. Risola filolog bakalavriant, magistrant, katta ilmiy xodim, mustaqil izlanuvchi, professor-o'qituvchi, ilm tolibi va Sharqshunoslarga mo'ljallangan.

    Микроиқтисодиёт

    И. Бакиева

    Ushbu o'quv qo'llanmada asosiy e'tibor mikroiqtisodiyotning asosiy masalalari hamda ularning amaliyotda qo'llanilishiga qaratilgan. Unda mikroiqtisodiyotning asosiy masalalarining hozirgi sharoitdagi xususiyatlariga alohida ahamiyat berilgan.0'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo'nalishlari bakalavrlari va o'qituvchilari, shuningdek mikroiqtisodiyot bilan barcha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.

    Никоҳ шартномаси

    Зулфия Муминова

    "Muhtaram muxlis, barchamiz – bu dunyoga baxt uchun kelganmiz. Ezgulik daryolaridan suv ichib, mehr bog'laridan oltin olmalar termoqni umid etamiz. Shu bir marta berilgan umrda yostiqdoshimiz mard, halol, sog'lom, iboli, hayoli bo'lishini xohlaymiz. Buning uchun huquqiy va tibbiy ma'rifatimiz etuk bo'lmog'i lozim. Oila tilsimining kalitini egallamoq uchun bizga madadkor O'zbekiston Respublikasining Oila Kodeksidir. Taniqli shoira Zulfiya Mo'minova ushbu risolada hayotda ko'rganlarini sizga yozib taqdim etdi. Bu satrlar kelin-kuyovlarni ogohlikka chaqiradi. Risola boshida huquqshunos Gulnora Inomjonovaning maqolasi berilgan. Huquqshunos oila kodeksining siz uchun zarur bo'limlariga aniq sharhlar bergankim, bu sizga turmush chorrahalarida dastur bo'ladi, deb o'ylaymiz."

    Бир кун дарс қолдирган бир умр пушаймондир

    Зулфия Муминова

    "Qo'lingizdagi ushbu to'plamni yoshlarning sevimli shoirasi Zulflya Mo'minova aynan Siz, dunyodagi eng yaxshi bolalar -O'zbekistonlik bolalar uchun yozgan. Ushbu to'plamdan joy olgan «„Xo'roz nega ucholmaydi?“» deb nomlangan doston mag'rurlanib dars qoldirgan xo'roz haqida. Siz to'plamni o'qisangiz dars qoldirishning oqibati qanday yomon ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilasiz. To'plamdagi doston, ertak va she'rlar ezgulik va yaxshilikni targ'ib etadi. Siz unda tabiatdagi barcha mavjudotni: qushlar, jonivorlar, gullar, daraxtlarni o'zingizga aka-ukadek yaqin tutasiz. To'plamni varaqlab o'rmondagi barcha jonivorlar o'z bolalarini qanchalik yaxshi ko'rishi, qanday ajib allalar aytishini bilib olasiz. Ha, tabiat bizning Onamiz. Undagi gul-giyohlar, chumolilardan tortib, flllargacha bizning mehr-shavqatimizga zor. Ular inson himoyasiga muhtoj, ular bizning munosabatimizni sezadi. Muallifning maqsadi ham, sizga Ona Vatanni, uning tabiatini sevmoq va ardoqlamoq muqaddas burchligini uqtirishdir. Siz gullarni, bog'larni, qushlarni, jonivorlarni juda sevasiz chunki siz Dunyodagi Eng Yaxshi Bolasiz."

    Аёлга бахт беринг, саодат беринг

    Зулфия Муминова

    "Ayolga baxt bering, saodat bering, Demang yuribdiku kulib, jilmayib. Ayol kulib turib o'lishi mumkin. Dunyoni olishi mumkin jilmayib. Aziz kitobxon! Siz shoira Zulfiya Mo'minovaning «„Ayol“» haqida yozgan she'rini darhol tanidingiz. Ushbu to'plamni varaqlar ekansiz, albatta yana ko'plab qo'shiqqa aylangan she'rlarni o'qiysiz. Bugungi kunda Zulfiya Mo'minova she'rlari kirib bormagan o'zbek xonadoni yo'q. Chunki, uning ijodi tom ma'noda milliy ruh, milliy qadriyat bilan qorishgan. U O'zbekistonni o'z ovozi, o'z iste'dodi bilan kuylayotgan ijodkorlardan biriga aylandi."

    Истиқлол олтин гулим

    Зулфия Муминова

    "Shoir – shamolda sham ko'tarib kelayotgan kimsadir. U orqasidan ergashib kelayotgan, o'ziga o'xshagan dardmand kishilarni his qilib yashaydi. Ularning ishonchlarini opichlab, iztiroblarini bag'riga bosib yashaydi. Shoir dilgir emas ekan, xalqidan, zamonidan to'rt qadam ilgari yurmas ekan, u shoir emas, elining, millatining tilmochi emas. Zulfiya – shoira! U kuyib, kuyunib yozadi, yozganiga o'xshab yashaydi, yashaganga o'xshab yozadi. Vatan deganda – jonni, Jon deganda Vatanni anglaydi. "

    Ёнаётган аёл

    Зулфия Муминова

    "Zulfiya Mo'minova hayrati ko'ksiga sig'magan shoira. U ilk she'rlari bilan keng jamoatchilik e'tiborini qozondi el nazariga tushdi. Shu hayrat va shu e'tiborning umri uzun bo'lsin."

    Зулфия. Шеърлар

    Зулфия

    ЗУЛФИЯ (Зулфия Исроилова) 1915 йил 1 мартда Тошкентда туғилган. 1934 йили илк шеърий тўплами чоп этилган.1935 йили шоира ҳаёт ришталари шоир Ҳамид Олимжон ҳаёт ришталари билан боғланади.Ҳ. Олимжоннинг бевақт вафотидан кейин (1944) чоп этилган «Ҳижрон кунларида» номли шеърий тўпламига шоира қалбининг абадий фироқ изтироблари билан тўла шеърлари киритилган.50-йилларнинг 2-ярмида Зулфия Осиё ва Африка ёзувчиларининг тинчлик ва халқаро бирдамлик остида ўтган ҳаракатида фаол қатнашади ва шу даврда ёзилган «Мушоира» шеъри шоирага катта шуҳрат келтирди.У мустақиллик йилларида «Хотира синиқлари» номли достонини яратди.Зулфия Жавоҳарлаъл Неру номидаги ва «Нилуфар» номли халқаро мукофотларга сазовор бўлган. Шунингдек, «Ўзбекистон Қаҳрамони» унвони билан тақдирланган ва унинг номида ёшлар учун Давлат мукофоти таъсис қилинган.У 1996 йил 1 августда вафот этган.

    Ёз фасли ёр фасли

    Захириддин Мухаммад Бобур

    Заҳириддин Муҳаммад Бобур буюк шоҳ, моҳир саркарда ва беназир шоирдир. Мана беш асрки шоирнинг ғазаллари ҳар сафар ўқувчига катта таъсир қилиб, маънавий эҳтиёжини қондириб, руҳий қувват бўлиб келаётир.Азиз китобхон! Ватан, Юрт, Соғинч, Муҳаббат ва инсоният ҳақида беназир шеърлар битган улуғ шоирнинг шеърий марваридлари кўнгил хазинангизга муносиб бойлик бўлиб қўшилишига ишонамиз.