Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Зомин миллий боғи ва геоэкологик муаммолар ечимининг географик асослари

    Л. Алибеков

    "Boshka xammualliflar: M.R.G'o'dalov Zomin milliy bog'i O'rta Osiyo regionida tashkil etilgan birinchi «to'ng'ich» milliy bog' bo'lib, uning go'zal, maftunkor tabiati, landshaftlari va geoekologik muammolari haqida hozirga qadar o'zbek tilida birorta ham adabiyot yozilmagan edi. O'quv qo'llanmada o'zbek tilida birinchi marta Zomin milliy bog'ining o'ziga xos takrorlanmas noyob tabiiy sharoiti, balandlik (vertikal) landshaftlari, geoekologik muammolari va ularning echimi haqida so'z yuritiladi. Bu masalalarni yoritishda mualliflar shu soha bo'yicha mavjud bo'lgan barcha ma'lumotlardan va shaxsiy kuzatishlardan foydalandilar. O'quv qo'llanma ikki bobdan iborat bo'lib, uning I bobida Zomin milliy bog'ining tabiiy geografik sharoiti to'g'risida ma'lumotlar berilgan bo'lsa, II bobida Zomin milliy bog'i va uning atrofidagi regionlarning geo-ekologik muammolari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurti talabalari va tabiatni sevuvchi kitobxonlarga mo'ljallangan."

    Консерваланган озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

    Кучкор Додаев

    Ushbu darslik zamonaviy va xorijiy adabiyotlar asosida tuzilgan boʻlib, «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» yoʻnalishi magistraturasi oʻquv dasturi boʻyicha rejalashtirilgan barcha ma'limotlar keltirilgan. Darslikda «Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi» fani boʻyicha magistratura talabalariga yetarli darajada nazariy va ilmiy hamda amaliy ma'lumotlar toʻplangan.Darslik oxirgi yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kengaygani, ularning sifat va xavfsizligiga talab oshganligi natijasida soha rivojlangani, yangi ishlanmalar paydo boʻlib, texnologiyaning ilmiy tomoni kuchayganini hisobga olgan holda boyitildi.Darslik magistraturaning namunaviy oʻquv rejasi asosida yozilgan boʻlib, «KOOMT» mutaxassisligida ta'lim oluvchi magistrantlar uchun moʻljallangan.Darslikda keltirilgan konservalash texnologiyasi boʻyicha sxema va matnlar, formula va misollar, oʻquv yurtining bakalavr talabalariga ham fanni oʻzlashtirish, kurs, bitiruv malaka ishlari loyihalarini bajarishda texnologiya asoslari va ularni tanlash, hisoblash usullarini oʻrganish uchun katta yordam beradi.

    Озодлик

    Кутлибека

    Қутлибеканинг «Озодлик» деб аталган мазкур китобчаси икки қисм («Қишнинг охирлари», «Уйғонишнинг бошланишлари»)дан иборат. Шоиранинг дардлари, қувончлари улкан. Чунки тўпламдаги барча шеърлар Ватан ва миллат армонлари, қувончлари, умидларига туташ.Ифода воситаларининг табиийлиги, лирик қаҳрамон «мен»ининг самимияти шеърларни яна ҳам ўқувчи қалбига яқинлаштиради.Ясамаликдан йироқ, маҳзунлигида ҳам ботиний бир қудрат яширин бу шеърлар ўз ўқувчиларини топади дсган умиддамиз.

    Инновационные формы управления трудоустройства персонала

    К. Абдурахманов

    Данная монография посвящена проблемам управления инновационных форм трудоустройства молодых специалистов и развития профессионализма персонала.В монографии рассмотрены вопросы образования как важнейшей составляющей инновационного потенциала страны, роль высшего образования в воспроизводстве человеческого капитала, даны аналитические материалы современного состояния рынка труда как важный фактор в трудоустройстве выпускников вузов и основные тенденции в развитии сферы высшего образования. В работе отражены механизмы содействия трудоустройству выпускников и методики оценки качества подготовки специалистов, предложены основные направления совершенствования управления подготовкой специалистов и развития профессионально-квалифика­ционного потенциала персонала организации.Данная монография выполнена в рамках проекта Ф–1-104 «Развитие человеческого потенциала в условиях модернизации и диверсификации экономики Узбекистана».

    Меҳнат иқтисодиёти ва социологияси

    К. Абдурахманов

    Darslik oliy o‘quv yurtlarida iqtisod sohasi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar va professor–o‘qituvchilar, mehnat muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan stajyor-tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, amaliyotchilarga, umuman, keng doiradagi kitobxonlarga mo‘ljallangan.

    Озиқ-овқат саноатида тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш истиқболлари

    И. Умаров

    Ushbu monografiyada oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya professor-o'qituvchilar, iqtisodiyot yo'nalishidagi talabalar va malaka oshirish kurslari tinglovchilari, iqtisodiy sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan.

    Оилада бола тарбиясининг маънавий асослари

    И. Туракулова

    O'quv qo'llanma oilada bola tarbiyasining ma'naviy asoslarini yoritishga bag'ishlangan bo'lib, unda oila va oilaviy muhitning ma'naviy asoslari, oilada bolaga ma'naviy – immunologik tarbiya berish asoslari hamda oila darsi mashg'ulotlarini uyushtirish masalalari yoritilgan.

    Мактабгача таълим муассасаларида маънавий-маърифий ишлар

    И. Туракулова

    "Ushbu o'quv qo'llanmada maktabgacha ta'lim muassasalaridagi bolalar ma'naviy – axloqiy tarbiyasining mazmun – mohiyati ochib berilgan va ularni tashkil etish ilmiy – uslubiy jihatdan asoslangan hamda tarbiyachi va murabbiylarning metodik tayyorgarliklarining ilmiy-metodik asoslari yoritilgan. O'quv qo'llanma maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va ota-onalar uchun mo'ljallangan."

    Педагогик амалиётларни ташкил этиш

    И. Алиев

    "O'quv-uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurtlarida «Kasb ta'limi» yo'nalishida tahsil oluvchi talabalarning pedagogik amaliyotlarini tashkil etish va o'tkazish jarayonlarini qamrab oladi. Unda pedagogik amaliyotning har xil turlari yoritilgan, amaliyot hisobotida keltiriladigan hujjatlardan namunalar ko'rsatilgan, talabaning pedagogik amaliyot kundaligi ishlab chiqilgan. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmadan oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda magistrantlar foydalanishlari mumkin."

    Духовно-нравственный ресурс успешности жизнедеятельности человека

    И. Абдуллаева

    В монографии представлено исследование, посвященное изучению возрастных и индивидуальных особенностей духовно-нравственной сферы личности, определяющих успешность жизнедеятельности человека. Также представлены результаты влияния особенностей духовно-нравственной сферы на успешность в таких видах деятельности, как педагогическая и управленческая. Одним из результатов исследования является создание авторской методики, выявляющей особенности духовно-нравственных ресурсов личности, рассматриваемых как детерминирующий фактор успешности жизнедеятельности человека. В работе представлена сама методика, ее апробация и валидизация. Использование методики может способствовать решению как исследовательских, так и практических задач, возникающих в учебно-воспитательном процессе; в рамках индивидуального консультирования по решению трудностей человека связанных с взаимоотношениями с другими людьми или выхода из затруднительных ситуаций; а также в рамках социально-психологического тренинга, ориентированного на личностное развитие субъектов жизнедеятельности. Монография предназначена для специалистов-психологов, педагогов, руководителей, студентов, а также для широкого круга читателей, интересующихся вопросами духовно-нравственной сферы личности.