Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    "Меҳнат муносабатларини ҳуқуқий тартибга солишда янги тенденциялар: миллий ва хорижий тажриба" мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференцияси, мақолалар тўплами

    Группа авторов

    Mazkur konferensiya materiallari to'plamida O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi «O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to'g'risida»gi Qonuniga ko'ra yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan yangi Mehnat kodeksining mazmun mohiyati, amaldagi kodeksidan farqli jihatlari, shuningdek yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar hamda ular bilan bevosita bog'liq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yuzasidan tavsiya va takliflar ishlab chiqilgan.Bundan tashqari, mazkur konferensiyada yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini huquqni qo'llovchilarga tushuntirish, uning ijrosini ta'minlash masalalari to'g'risidagi milliy va xorijiy mutaxassislarning ma'ruzalari konfrensiya ishi doirasida ilmiy maqola va tezislar orqali yoritilgan.Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali xodimlari, turdosh oliy ta'lim muassasalari olimlari hamda tajribali mutaxassislarning turli sohalariga oid bo'lgan mavzulardagi ilmiy qarashlari, nazariy yondashuvlari va tavsiyalari mujassamlashtirilgan.Ushbu to'plam materiallaridan professor-o'qituvchilar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda talabalar foydalanishi mumkin.

    Рақамли иқтисодиёт асослари

    Хамдамович Равшан

    Diqqatingizga havola etilayotgan ushbu darslik hozirgi paytda tezkorlik bilan rivojlanayotgan va bir qancha shov-shuvlarga sabab bo'layotgan raqamli iqtisodiyot sohasiga va uning infratuzilmasini tavsiflashga bag'ishlangan. Unda raqamli iqtisodiyotning asosi bo'lgan muammolar bilan bog'liq masalalar, raqamli iqtisodiyotga o'tish mexanizmi, kriptografiyaning muhim elementi bo'lgan xeshlashtirish funktsiyalari haqida bir qancha ma'lumotlar berilgan. Undan so'ng, kriptografiyadan raqamli valyutalarga o'tish mantiqi, kriptovalyutalarning asosiy turlari va ularning xossalari bayon etilgan. Turli hildagi loyihalarga investitsiyalar jalb qilish uchun ishlatiladigan ICO haqida tushuncha va uning mohiyati ko'rsatilgan. Darslik oxirida kriptovalyutalar bo'yicha bir qancha savollarga javoblar va glossariy berilganki, ular yordamida bu sohani yanada chuqurroq o'rganish mumkin bo'ladi. Ushbu darslik oliy ta'limning bakalavr va magistr mutahassisliklarida ta'lim olayotgan talabalarga tavsiya etilib, shu yo'nalishda tadqiqot ishlari olib borayotgan bank-moliya va ilmiy xodimlarga hamda kriptovalyuta sohasidagi innovatsiyalar bilan qiziqqan barcha tadbirkorlik sub'ektlari foydalanishi uchun mo'ljallangan.

    Жавоҳирлар хазинасидан - Сокровищница жемчужин

    Носиров Шомурод

    Жамиятимиз янада шаклланиши ва равнақ топиши учун ёшларнинг ҳар томонлама камолотга эришишида, чуқур билимли, ахлоқ-одобда бошқаларга ўрнак бўла оладиган, Ватанни севувчи, пок виждонли бўлишида юксак маънавият доимо зарур.Мазкур китоб эзгуликка, меҳнатсеварликка, инсон­парварликка чорловчи ҳикматли сўзлар­дан таркиб топган.Инсон доимо ўз устида ишлаб, изланиб, бетиним ҳаракатда ҳаёт кечиради. Бу ҳаракатлари уни кўрмаган, билмаган ҳодиса ва воқеаларни билишга етаклайди. Изланиш, интилишларнинг бардавомлиги уммондек чексиз.Уммоннинг очилмаган зулфи жавоҳирлар хазинасига бошлайди. Хазина­дан ҳар ким ўзига тегишли улушни олиб, маънан бойиб бориши шубҳасиз.* **В развитии нашего общества для достижения высоких духовных ценностей, глубоких знаний, любви к родине необходимо, чтобы у молодежи формировалась высокая культура. Предлагаемая вашему вниманию книга содержит афоризмы, призывающие читателя к высокой нравственности, трудолюбию.Человек всегда стремится к прекрасному, бывает непрерывно в поисках. Это его стремление открывает тайны общества и жизни, откуда он может черпать необходимые ему духовную пищу.

    Ўзбек маънавияти дурдоналари / Pearles of uzbek spiritality

    Назарова Сарвиноз

    Donishmand zotlarning har ishi – ibrat, har so'zi – hikmat. Shuning uchun ularning hayoti va faoliyati bilan bog'liq rivoyat va hikoyatlar, bu teran tafakkur sohiblarining keng qomusiy bilim va katta hayotiy tajriba bilan to'yingan purma'no fikrlari asrlar davomida og'izdan-og'izga, ustozdan-shogirdga, kitobdan-kitobga o'tib kelgan. Bu badiiy ijod namunalari eng avvalo chuqur mazmundorligi, falsafiy mushohadaga boyligi bilan diqqatga sazovor bo'lib, zavq-shavq bilan o'qiladi.Mazkur kitob ajdodlarimizning siz-u bizga qoldirgan ana shunday ibratli rivoyatlar, hikmatli so'zlarini ingliz tilida o'qish imkoniyatini berishi bilan ham qadrlidir.

    Мактабгача таълим муассасаларидаги турли ёш гуруҳи болаларининг вақт бўйича илк тушунчаларини шакллантириш

    Группа авторов

    Ushbu metodik qo'llanma «Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi» fanidan yaratilgan bo'lib u maktabgacha ta'lim muassasalaridagi turli yosh guruh bolalarini vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish, ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va o'tkazishga oid tavsiyalar asosida berilgan.Metodik qo'llanma pedagogika kolleji o'qutuvchi va o'quvchilari hamda MTMlar tarbiyachilari uchun juda foydalidir.

    Биология фанидан янги тестлар тўплами

    Группа авторов

    Aziz o'quvchilar! E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob biologiya fani bo'yicha sizning bilimlaringizni mustahkamlabgina qolmay, sizga fan yuzasidan yangi ma'lumotlar ham beradi. Shuningdek, ushbu kitob orqali siz test yechish jarayoniga o'zingizni tayyorlaysiz. Kitobdan o'rin olgan testlar biologiya fani bo'yicha mavzulashtirilgan bo'lib, bu o'quvchi uchun har tomonlama qulaydir. Shu nuqtayi nazardan taqdim etilayotgan yangi testlar to'plami sizga o'qish davomida asqotadi, deb umid qilamiz.