Kitobxon

Все книги издательства Kitobxon


    Инглизча-ўзбекча ҳарбий атамалар луғати

    Курганов Анвар

    Ушбу луғат ҳарбий ва ҳарбийлаштирилган мактаб ва олий таълим муассасалари ўқувчи ва курсантлари ҳамда прфессор-ўқитувчилари учун ҳарбий мутахассисликларга оид мавзулардаги адабиётларни ўқиш ва тушуниш ҳамда таржима қилиш учун зарур бўлган атамаларни ўз ичига олган.Луғатдан Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги ва Мудофаа вазирлигига тегишли олий ўқув юртлари тингловчи ва курсантлари, ҳарбий хизматчилар ва барча инглиз тилига қизиқувчилар фойдаланишлари мумкин.

    Инглизча-ўзбекча луғат

    Группа авторов

    Respublikamizda mustaqillikdan so'ng ta'lim sohasida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Xususan, chet tillarini o'rganishga katta e'tibor berilmoqda va ularga qo'yiladigan talablar ham ortib bormoqda.Ayniqsa, Prezidentimizning va xalq ta'limi vazirligining bu boradagi qarorlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu e'tiborning samarasi o'laroq so'nggi yillarda qisqa fursatda chet tillarni o'qitishga oid bir necha darslik, qo'llanmalar va lug'atlar chop etildi. Ammo shuni ta'kidlash joizki, ularning soni hozircha ko'p emas va saviyasi ham talabga to'liq javob bermaydi. Xususan, o'rta maktab, litsey va kollejlar uchun chiqadigan lug'atlar yetarli emas.0'quvchilarga taqdim qilinayotgan ushbu lug'at ana shu bo'shliqni oz bo'lsa-da, to'ldirishga yordam beradi degan umiddamiz. Lug'atda taxminan 4 mingga yaqin so'z berilgan. Ushbu lug'atdan tibbiyot kolleji talabalari ham foydalanishlari mumkin."Maktab o'quvchilari lug'ati seriyasi" da tayyorlangan bu lug'at, shubhasiz, o'rta maktab o'quvchilarining ham, litsey va kollej talabalarining ham e'tiborini tortadi. Ularga ingliz va o'zbek tillarini o'rganishda yaqindan yordam beradi.

    Инглизча-ўзбекча идиомалар луғати

    Юсупов А.Л.

    Ushbu lug'at hozirgi zamon ingliz tilidagi 1600 dan ziyod eng ko'p qo'llaniladigan idiomalarni o'z ichiga olgan. Kitob ingliz tili bilan yaqindan tanishish istagini bildirgan o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.–This dictionary contains more than 1600 most frequently used idioms in present day English. This book is recommended for those who have some basic level in English.

    Англо-узбекско-русский словарь

    Жураев Лутфулла

    Mazkur inglizcha-o'zbekcha-ruscha o'quv lug'ati umumiy o'rta ta'lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan o'quvchi va talabalar, shuningdek, ingliz tilini o'rganishni boshlagan oliy o'quv yurti talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Lug'at eng ko'p qo'llaniladigan so'zlarni, shu bilan bir qatorda, ayni paytda amalda qo'llanilayotgan ingliz tili darsliklarida uchraydigan so'zlarni ham imkon darajasida qamrab olgan. Lug'atdan o'quvchi ingliz tilini o'rganish samaradorligini oshirish maqsadida dars jarayonida hamda uyda foydalanishi mumkin. Ushbu uch tillik lug'atning boshqa lug'atlardan farqli tomoni shundaki, bu lug'atdan ona tilisi o'zbek tili bo'lgan o'quvchi inglizcha so'z va uning ona tilidagi ma'nolari bilan bir qatorda, xohishga ko'ra, uning ruscha ma'nolarini ham o'rganishi mumkin. Ona tilisi rus tili bo'lgan o'quvchi uchun esa buning aksi bo'lishi mumkin, ya'ni u inglizcha so'z va uning ma'nolarini ona tili va o'zbek tillarida o'rganish uchun qulay sharoitga ega bo'ladi. Ham o'zbek tili, ham rus tilini yaxshi biladiganlar uchun esa, bu lug'at ularni inglizcha so'zning keyingi ikki tildagi ma'nolarini taqqoslash va u haqda umumiy tasavvurga ega bo'lish orqali uni o'rganish imkoniyatini yaratadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu uch tillik lug'at qiyosiy xarakterga ega bo'lib, u har bir o'quvchiga bir vaqtning o'zida uchta tilni egallashdek ajoyib imkoniyatni beradi.

    English

    Максумов А.Г.

    Учебное пособие включает материал по практической фонетике английского языка, необходимый и достаточный для проведения вводно – фонетического курса на факультетах иностранных языков и гуманитарных факультетах.Он состоит из 6 частей, библиографии, включает схемы и таблицы.

    Темур тузуклари

    Группа авторов

    "Temur tuzuklari" («Tuzuki Temuriy») «Malfuzoti Temuriy», «Voqioti Temuriy» nomlari bilan ham atab kelingan. Ushbu asar fransuz, ingliz, urdu, rus va eski o'zbek tillarida chop qilingan."Temur tuzuklari" podsholarning turish-turmushlari va odob-axloq normalarini belgilab beruvchi asar hisoblanadi. Asarda jahongir Amir Temurning yetti yoshidan to hayotining so'nggigacha kechgan ijtimoiy-siyosiy hayoti, harbiy yurishlari, taxt vorislariga vasiyat va pand-nasihatlari ixcham bayon etilgan. Asarni o 'qigan o 'quvchi Amir Temur davri va o 'sha davr ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida to'laqonli tushunchaga ega bo'libgina qolmay, muhim va original ma'lumotlardan xabardor bo'ladi.

    Русско-узбекский тематический словарь по спортивной и художественной гимнастике

    Ахмедова Х.О.

    "Tavsiya etilayotgan ushbu lug'at jismoniy tarbiya instituti hamda respublikamiz universitetlarining jismoniy tarbiya fakultetlari talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan magistratura talabalari, mazkur sport turi mutaxassislari, murabbiylar ham samarali foydalanishlari mumkin."

    Архитектуравий лойиҳалаш асослари

    Группа авторов

    "Mazkur darslik «Arxitekturaviy loyihalash asoslari» fanidan ilk bor o'zbek tilida yaratilgan darslik bo'lib, u uch bo'limdan iborat. 1-bo'limda «Arxitekturaviy loyihalash asoslari» fanining nazariyasi, ya'ni fanning ma'ruza darslarida o'tiladigan bilimlar: arxitektura to'g'risida umumiy ma'lumot, me'moriy chizmalarning asosiy turlari va loyihalash asoslari bayon qilingan. 2-bo'limda arxitekturaviy loyihalash asoslari fanining amaliy mashg'ulotlari: fan bo'yicha talabalar bajaradigan grafik topshiriqlar, ularni bajarish uslubiyatlari, kichik me'moriy shakllarni loyihalash bo'yicha tavsiyanomalar va bajarilgan ishlardan namunalar keltirilgan. 3-bo'limda mazkur fandan talabalar bajarishi zarur bo'lgan mustaqil ishlarning mavzulari, hajmi, shakllari va ularni baholash mezonlari o'rin olgan. Darslik «Arxitektura» ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan. Undan «Arxitektura» yo'nalishi asosida shakllantirilgan barcha magistrlik mutaxassisliklari talabalari ham foydalanishlari mumkin."