Ushbu qo'llanmada zamonamizning eng trendda turgan sohasi bo'lmish virtual reallik (VR), to'ldirilgan reallik (AR), to'ldirilgan virtuallik (AV), aralash reallik (MR) va ularning farqli tomonlari, ularning qo'llanish sohalari, afzalliklari va kamchiliklari, ularni qo'llash orqali qanday amaradorlikka erishish mumkinligi haqida eng so'nggi ma'lumotlar keltirilgan.Kitobni o'qir ekansiz zamonaviy AKT ning ertaklar olamiga sho'ngiysiz. Qo'llanilish sohalari bo'yicha real misollarni qo'lingiz bilan tajriba qilib ko'rgandek o'zingizni his etasiz. Qo'llanma bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talaba-yoshlarga «Elektron ta'lim resurslari» fanidan dars mashg'ulotlarini olib borishda foydalanish hamda sohaga qiziquvchi mutaxassislar, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
Мазкур рисола ўз қиёфасига бошқалар нигоҳи билан қарашни хоҳлаган ва имиж яратиш истагида бўлган барча китобхонларга мўлжалланган. Имиж инсонни жамиятга тақдим этадиган ва ўзгаларга таъсир ўтказишга хизмат қиладиган восита – таъсир технологиясидир. Сиз уни аслингизга мос, гўзалликка монанд бир тарзда шакллантира олсангиз, ҳар қандай мақсадга эришишда имижингиздан самарали фойдаланиш имконига эга бўласиз. Чунки одамлар аслиятингизга қараб эмас, улар тасаввурида яратган қиёфангизга қараб сизга баҳо беришади.Китоб мавзуга доир хорижий ва миллий манбаларга асосланган ҳамда кузатишларимизга таянган ҳолда яратилди. Энг муҳими, ҳар бир сўз юракдан ўтказилиб қоғозга туширилди. Ўйлаймизки, қалбдан чиққан гаплар кўнгилга етиб боради.
"Vocabulary for software" is accessible for intermediate level students and above who works with computer programs and software the basics. This book includes exercises for developing all four skills: reading, listening, writing and speaking. The aim is to extend and improve the accuracy of students' vocabulary and speech.
"Monografiya bozor o'zgarishlari chuqurlashuvi va iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida O'zbekiston Respublikasi paxta tozalash sanoatini barqaror rivojlantirish marketing strategiyasini shakllantirish muammolariga bag'ishlangan. Paxta tozalash korxonalari marketing strategiyasini shakllantirishning ilmiy-metodologik va uslubiy asoslari tadqiq qilingan. Paxta tozalash sanoati korxonalarini kelgusida rivojlantirish marketing strategiyasi samarali variantlarini tanlashda ekspertlar bahosi usuli va matematik formulalarni qo'llash zarurligi nazariy jihatdan, paxta tozalash sanoati korxonalarini kelgusida rivojlantirish marketing samarali strategiyalarini tanlash uslubi asosida diversifikasiya strategiyasini qo'llash yuqori samara berishi esa ilmiy jihatdan asoslangan. Mazkur monografiya hissadorlik jamiyatlari rahbarlari, mutaxassislari va marketologlari, oliy o'quv yurti talabalari, o'qituvchilari va ilmiy xodimlari hamda ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan."
Мазкур ўқув-услубий қўлланма муаллифларнинг илмий изланишлари махзулидир. Ўқув-услубий қўлланмада ҳуқуқий таълим назарияси ва методикаси меҳнат ҳуқуқи фани мисолида кўрсатиб берилган. Шунингдек, ҳуқуқни ўқитиш методикаси ва меҳнат ҳуқуқи фанларини ўқитишда қўлланиладиган замонавий таълим технологиялари ва меъёрий ҳуқуқий ҳужжатлар таҳлил қилинган.Ўқув-услубий қўлланма педагоглар, ҳуқуқшунослар, турли соҳа ходимлари, «Миллий ғоя; маънавият асослари ва ҳуқуқ таълими» таълим йўналиши талабалари ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
"Mazkur monografiya pedagogika oliy o'quv yurtlarining bo'lg'usi biologiya o'qituvchilarini umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarini tabiat estetikasini anglashga, ularda jonajon tabiatni sevish va ardoqlashga, o'quvchilarning o'simliklar dunyosi estetikasini, o'simliklarni estetik idrok qilishga tayyorlashga; shuningdek, ushbu muammo yechimining didaktik asoslari va tamoyillari, tizimi, mazmuni, texnologiyasi; talabalar bilan auditoriyadan tashqari ishlarda optimal tashkiliy shakllarda, samarali metodlarda, metodik tizimda, metodik sharoitlarda, eng ta'sirchan an'anaviy va innovatsiyali metodikalarda, zamonaviy axborot vositalari istirokida tayyorlashga hamda o'quvchilarning o'ziga xosligi, xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'rgatishga bag'ishlangan bo'lib, pedagogika oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, magistrlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanuvchi ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan."
Биология ва уни ўқитиш методикаси фанидан тайёрланган лаборатория машғулотлари педагогика олий ўқув юртлари профессор-ўқитувчилари ҳамда бўлажак биология ўқитувчилари учун мўлжалланган бўлиб, унда бўлажак биология ўқитувчиларининг мутахассислиги бўйича билим, кўникма ҳамда малакаларини ошириш, умумтаълим мактаблари ДТС, дастур ҳамда дарсликларини таҳлил қилишга ўргатиш, уларни мустақил изланишлар олиб бориш ҳамда мустақил тажриба ўтказишга тайёрлаш юзасидан тавсиялар берилган.Лаборатория ишланмалари республика педагогика олий ўқув юртлари амалиётида кенг қўлланилиши мумкин.
"Ushbu kitob muallifning qariyb o'n yillik ilmiy izlanishlari natijasi sifatida vujudga keldi. Unda nazariy masalalar, tajriba-sinov mashg'ulotlarining miqdoriy natijalari o'z ifodasini topgan. Nazariy mulohazalar addiktiv xulqli insonlarning psixologik xususiyatlari hamda ularni reabilitasiya qilishning imkoniyatlari, sog'lom turmushga qaytishning tibbiy-psixologik vositalari (davolash, tashxis qilish), ilg'or texnologiyalardan foydalanish uslublari, usullari dastlabki ikki bobda joylashtirilgan. Kitobning qolgan boblari eksperimental ish yakunlari, umumlashmalari, xulosalari va tavsiyalariga bag'ishlangan. Kitob psixologlar, shifokorlar, sosiologlar va pedagoglarga mo'ljallangan."
Mazkur o'quv qo'llanmada pedagоgika o'qitish metоdikasi fanining metоdоlogik asоslari, оbyekti, predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagоgik fanlar tizimi va ularning o'ziga xоsliklari, pedagоgik fanlarni o'qitish mazmuni, metоd va vоsitalari, o'qitish shakllari, pedagоgikani o'qitishda pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalaridan fоydalanish hamda pedagоgik bilim, ko'nikma va malakalarni tashxislash masalalari yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma pedagоgika-psixоlоgiya ta'lim yo'nalishi talabalari va pedagоgika fani o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
Ushbu o'quv qo'llanmada pedagogika nazariyasi, pedagogik texnologiya va ijtimoiy pedagogikaning nazariy va amaliy masalalari sxema va jadvallarda yoritilgan. O'quv qo'llanma pedagogika instituti hamda pedagogika kolleji o'qituvchilari hamda talabalari uchun mo'ljallangan.