Л. Муминова

Список книг автора Л. Муминова



    Махсус педагогика

    Л. Муминова

    "Boshqa hammualliflar: D.Nurkeldieva, X.Kalbaeva Ushbu darslikda maxsus pedagogikaning umumiy masalalari, rivojlanishi, intellektida, eshitishida ko'rishida va nutqida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari, maktabgacha ta'lim maxsus muassasalari tizimi, fan metodlari, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning psixologik-pedagogik tavsifi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablari, rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tarbiyalash masalalari yoritiladi."

    Махсус психология

    Л. Муминова

    "Boshqa hammualliflar: Z.Djаlolova, M.Hamidova O'quv qo'llanmada rivojlanishida nuqsoni bor bolalarning bilish jarayonlari, ruhiy rivojlanishdagi o'ziga xos xususiyatlarining ilmiy-nazariy asoslari ochib bеrilgan. Qo'llanma pеdagogika kollеjlari o'quvchilariga mo'ljallangan. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari va maktab-intеrnat logopеdlari, dеfеktologlari, psixologlari ham foydalanishlari mumkin."

    Мактабгача таълим муассасаларининг катта ва мактабга тайёрлов гуруҳ болалари нутқини халқ ўйинлари асосида ривожлантириш технологияси

    Л. Муминова

    Boshka soavtorlar: S.Po'latova Ushbu qo'llanma maktabgacha umumiy va maxsus ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruh bolalari hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini xalq o'yinlari asosida rivojlantirishga bag'ishlangan bo'lib, bu maqsadda qadimiy va boy folklor merosimizdan bolalar o'yinlarining qo'shiq hamkorligida ijro etiladigan namunalari tanlab olindi. Bu o'yinlar bolalarning nutqiy, jismoniy, psixologik, ma'naviy rivojlanishida katta o'rin tutadi. Qo'llanma «Bolajon» tayanch dasturi asosida tuzilgan. Unda o'yinlarning tasnifi, ta'lim-tarbiyadagi o'rni, shuningdek logopedik-korreksion ishda qo'llanish xususiyatlari, metodikasiga ham keng o'rin ajratilgan. Qo'llanma tarbiyachilar, logopedlar, defektologiya fakulteti talabalari, pedagogik kollejlarning o'quvchilari, ota-onalar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan.