О. Мусурманова

Список книг автора О. Мусурманова



    Узлуксиз таълим тизимида ёшлар маънавиятини шакллантириш

    О. Мусурманова

    Mazkur monografiyada uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar ma'naviyatini shakllantirishning huquqiy va pedagogik shart-sharoitlari hamda uning o'ziga xos xususiyatlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar jarayonida sog'lom turmush madaniyatiga ega ma'naviy barkamol shaxsni shakllantirish, bu borada fuqarolik jamiyati institutlari bilan ta'lim muassasalarining pedagogik hamkorligi ilmiy pedagogik nuqtai nazardan talqin etiladi. Undan maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari, oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ota-onalar, fuqarolik jamiyati instituti mutasaddilari hamda keng jamoatchilik o'z amaliy faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.

    Маънавий баркамол шахсни шакллантириш – жамият тараққиётининг асоси

    О. Мусурманова

    Ushbu qo‘llanmada yoshlar ma'naviyatini shakllantirish, ularni axloqiy va jismoniy jihatdan barkamol etib tarbiyalash masalalariga asosiy e'tibor qaratilgan. U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining«ITD-1. Jamiyatni ma'naviy axloqiy va madaniy rivojlantirish, ma'naviy qadriyatlar, milliy g‘oya, madaniy meros, o‘zbek xalqi va davlatchilik tarixini hamda ta'limni uzviylik va uzluksizligini, barkamol avlod tarbiyasini tadqiq etish» ilmiy dasturi doirasidagi«Uzluksiz ta'lim tizimida yoshlar ma'naviy madaniyatini shakllantirish jarayonini modernizasiya qilish texnologiyasi» mavzusida bajarilayotgan amaliy tadqiqotlar ilmiy loyihasi asosida yozilgan bo‘lib, qo‘llanmada ilgari surilgan g‘oyalardan uzluksiz ta'lim tizimiprofessor-o‘qituvchilari, tarbiyachi va murabbiylari, ilmiy tadqiqotchilar, fuqarolik jamiyati institutlari mutasaddi xodimlari, ota-onalar, shuningdek, keng jamoatchilik foydalanishlari mumkin.