Олим Равшанов

Список книг автора Олим Равшанов



    Мумтоз адабиёт сарҳадларида

    Олим Равшанов

    Mumtoz adabiyotimiz sarhadlari bepoyon, bag'ri keng va ulug'vor. Azaldan uning hamma mintaqalarida badiiyat nahrlari to'lib oqqan, elini, yurtini kuylagan buyuk shoirlar, adiblar etishgan. O'zbek tuprog'ida nazm va nasr irmoqlari qo'shilib, so'z san'atining ulkan ummoni vujudga kelgan. Undagi yaxlitlik, mushtaraklik, o'ziga xoslik sifatlari asrlar osha sayqal topib, ma'naviyat olamining yuksalishiga beqiyos ulush baxshida eta boradi. Adabiyotimiz takomilini Qashqadaryo vohasi badiiy ijodiyoti tarixisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Taassufki, nahrning bu irmog'i e'tibordan chetda qoldirib kelindi. Vatanimiz mustaqilligi qadriyatlarning bo'g'ilib yotgan o'zanlarini ochib yubordi. Hayoti o'rganilmagan, adabiy merosi toptalgan, asarlari uloqtirilgan, mustabidlar qatag'oni domiga tortilgan siymolar poklandi. Yirik ijodkor Hofiz Ro'ziboy Mashrabi Soniy, asarlarida davr ruhini aks ettirgan Mir Sharif Qamashigiy, qatag'on qurboni bo'lgan mahbus shoir Botirxo'ja Holis avlodlarga yuz burdi. Ko'p yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar, izlanishlar natijalari ilmiy va adabiy jamoatchilik, kitobxonlar e'tiboriga havola etildi. Kitob mumtoz adabiyot ixlosmandlariga, ilmiy tadqiqotchilarga, talaba va o'quvchilarga mo'ljallangan.

    Қашқадарё воҳаси адабий манбалари

    Олим Равшанов

    Mumtoz adabiyotimizda hali ma'lum bo'lmagan nomlar, o'rganilmagan qo'lyozma asarlar talaygina. Mustabid tuzum davrida izdihomlardan saqlab qolingan devonlar, ijodiy meros namunalari mustaqillik yillarida yuzaga chiqa boshladi. Qashqadaryoda XIX asrning ikkinchi yarmi – HH asr boshi adabiy manbalari izlab topildi, qo'lyozmalar nashr etildi. Endilikda o'zbek adabiyoti tarixi xazinasi Hayoliy, Hofiz Ro'ziboy Mashrabi Soniy, Mahzun Shahrisabziy, Botirxo'ja Holis, Mir Sharif Qamashigiy singari shoirlar adabiy merosi bilan boyidi. Tadqiqotchi Olim Ravshanov qariyb chorak asrdan buyon voha adabiy hayoti manbalarini o'rganish, badiiyat, tabdil, matniy tahlil masalalari bilan shug'ullanib keladi. Bu sohada qator maqolalari va risola, monografiyalari nashr etildi. «Qashqadaryo vohasi adabiy manbalari» shu yo'nalishdagi navbatdagi asar hisoblanadi. Kitob mumtoz adabiyot ixlosmandlariga, ilmiy xodimlarga, talaba-yoshlarga mo'ljallangan.