Н.С. Сайидахмедов

Список книг автора Н.С. Сайидахмедов



    Касб таълими ўқитувчисининг педагогик фаолияти модели

    Н.С. Сайидахмедов

    "Kasb ta'limi o'qituvchisi o'ziga xos shaxs sifatlariga ega bo'lgan oliy ma'lumotli pedagog-murabbiy. Uning zamonaviy pedagogik faoliyati tuzilmasi, bilim va ko'nikmalari, zarur bo'lgan kasbiy shaxs sifatlari nihoyatda sirqirrali va murakkab bo'lib alohida tadqiqotlar o'tkazishni taqozo etadi. Mazkur kitobda ana shu muammolar modellashtirish metodi asosida ilmiy jihatdan o'z ifodasini topgan. Kitob kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalari, malaka oshirish Markazlari o'qituvchilari, modellashtirish muammolari bilan shug'ullanayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan."

    Педагогик маҳорат ва педагогик технология

    Н.С. Сайидахмедов

    Ushbu monografiyada oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilarining kasbiy pedagogik mahoratini Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida rivojlantirish muammolari nazariy tahlil etiladi. O'qituvchining pedagogik faoliyati modellashtirish metodi yordamida loyihalanadi, pedagogika fani metodologiyasi va metodologik muammolari ilmiy jihatdan asoslanadi. Oliy maktabda o'qitishning umumdidaktik prinsiplari, noan'anaviy shakl va metodlari, yosh o'qituvchilar faoliyatida uchraydigan biluv to'siqlarining o'ziga xos jihatlari ta'kidlanadi. Innovasion pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari, rivojlanish tarixi, sifat ko'rsatkichlari ishlab chiqiladi, o'qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi ko'rsatiladi. Ta'limiy texnologiyalarni loyihalash qonuniyatlari alohida ishlab chiqiladi, «Oliy maktab pedagogikasi» fani mavzulari bo'yicha yaratilgan texnologiyalarning didaktik samarasi tajriba-sinov asosida aniqlanadi va muhim nazariy-amaliy xulosalar ifodalanadi.