Хотам Мусаев

Список книг автора Хотам Мусаев



    Кимёвий микробиология

    Хотам Мусаев

    Kimyoviy mikrobiologiya fani – mikroorganizmlar kimyosi va biokimyosini o'rganuvchi fan bo'lib, turli muxit sharoitlarida tirik hujayralarni o'rganuvchi bo'limlarga asoslangan va mikroorganizmlarni struktura va kinetik jarayonlari molekulyar va genetik mexanizmlarni kimyoviy va fizik kimyoviy darajada tushuntiradi.

    Таблеткаларсиз қандай соғломланиш мумкин?

    Хотам Мусаев

    Китобда халқ табобати амалиётида қадимдан қўлланиб, синовдан ўтган даволаш усуллари ҳақида сўз юритилади. Шифобахш ўсим-ликлардан хонадон шароитида турли дориворларни тайёрлаш йўллари баён этилган. Табиатда бундай ўсимликларни йиғиш, улардан доривор­лар тайёрлаш, сақлаш ва халқ табобатида турли касалликларни даво­лашда лозим маслаҳатлар берилган. Китоб халқ табобати билан қизи­қувчилар ва шифокорлар учун мўлжалланган.Мазкур китобда тажрибадан ўтган, синалган даволарнинг 110 хил касалликка оид 700 дан ортиқ муолажа рецептлари берилган.

    Гўшт биокимёси

    Хотам Мусаев

    Ushbu o'quv qo'llanmada mushak to'qimasi va oqsillarning fizik-kimyoviy, biokimyoviy xossalarining tavsifi berilgan. To'qimalar tuzilishi va ularning morfologik elementlari, mushak to'qimalari fermentlarining ajralib chiqishi va fraksiyalanishining asosiy prinsiplari, lipidlar, uglevodlar, azotli va azotsiz ekstraktiv moddalar haqida ma'lumotlar, mushak faoliyatining asosiy jara- yonlari, shuningdek, so'yilgan hayvonlar qonining kimyoviy tarkibi va unda kechayotgan asosiy biokimyoviy jarayonlar, bog'lovchi to'qimalar biokimyosi, bog'lovchi, yog', suyak va tog'ay to'qimalarining kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy xususiyatlari tavsifi, jigar, buyrak, o'pka biokimyosi to'g'risida ma'lumotlar, hayvon ichki a'zolandan biologik preparatlar olishning biokimyoviy asoslan, maxsus ishlatish uchun mo'ljallangan hayvon xomashyosi biokimyosi kabilar yoritib berilgan.

    Сув ва ҳаёт

    Хотам Мусаев

    Ушбу илмий-оммабоп китоб дунёда энг мўъжизакор, ҳаётбахш, кўп моддаларнинг эритувчиси, табиат, тирик жонзотлар ва ўсимликлар ҳаётини таъминлайдиган оддий ва ҳаммага маълум бўлган модда – сув тўғрисидадир. Унинг ўзига хос, ажойиб хоссаларидан турмушда, саноатда, қишлоқ хўжалигида ва техникада кенг қўлланиб келинади.Азиз китобхонлар, агар мазкур асарни қунт билан, синчикпаб мутолаа қилсангиз, ҳаммага таниш бўлган сувни табиатнинг сирли муаммолари орасида ўзига хос ўринга эгалигини билиб оласиз. Китобда кўп қўйилган саволлар жавобсиз қолган, буни фикр мулоҳаза қилиб жавобини ечишга ҳаракат қиласиз деган умиддамиз.Китоб академик лицей коллежи ўқувчиларига ва фанга қизиқувчи кенг китобхонларга мўлжалланган.

    Анорганик ва органик кимё

    Хотам Мусаев

    Qo'lingizdagi o'quv qo'llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun yozilgan. Unda anorganik va organik kimyoning akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dasturi asosida kimyo fanidan umumiy o'rta ta'lim maktablarida olingan bilimlarni yanada kengaytirib, chuqurroq o'qitish uchun tegishli mavzular to'plami berilgan.Nazariy ta'limda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun o'tkazilishi tavsiya etiladigan amaliy mashg'ulotlar va laboratoriya ishlarining mavzulari va masalalar ham keltirilgan.Berilgan amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya ishlari, berilgan masalalar anorganik va organik kimyo fanining nazariy qismini puxta, o'zlashtirilgan bilimlarni sinab ko'rishlariga va uni mustahkamlashlariga imkon yaratadi.Mazkur kitobdan oily o'quv yurtlariga kiruvchilar ham foydalanishlari mumkin.