С.Ф. Амиров

Список книг автора С.Ф. Амиров



    Электрлашган темир йўллар электр таъминоти

    С.Ф. Амиров

    Darslikda elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti tizimlari va ular tortish tarmog'ini ta'minlash sxemalarining xususiyatlari, tortish elektr ta'minoti tizimi elementlarining elektr parametrlari, tortish elektr ta'minoti tizimlarini berilgan harakat grafigi va harakat o'lchamlari bo'yicha hisoblash usullari, elektr energiyasi sifati va uni elektrovoz ishiga ta'siri, elektr energiyasi sifatini oshirish usullari, tortish elektr ta'minoti tizimi parametrlarini tanlash, elektrlashgan temir yo'llarning yondosh liniyalarga elektromagnit ta'siri va undan himoyalash, tortish tarmog'idagi qisqa tutashish toklaridan himoyalash hamda yuqori tezlikli temir yo'l magistrallari elektr ta'minoti tizimlarining xususiyatlariga oid asosiy nazariy ma'lumotlar keltirilgan. Har bir bob tegishli masalalar, nazorat va test savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200 – elektr energetikasi (temir yo'l transporti) ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan 5A310201 – elektr ta'minoti (temir yo'l transporti) mutaxassisligi magistrantlari, elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti qurilmalarini loyihalash, montaj qilish va ularga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan injener-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ham o'quv qo'llanma sifatida foydalanishlari mumkin.

    Назарий электротехника

    С.Ф. Амиров

    Darslikda nazariy elektrotexnikaga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, induktiv bo'g'langan zanjirlar, to'rtqutbliklar, elektr filtrlari, uch fazali zanjirlar, nosinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, chiziqli elektr zanjirlaridagi o'tkinchi jarayonlar, tarqoq parametric zanjirlar, passiv ikki qutbliklar va to'rtqutbliklar sintezi, o'zgarmas tok nochiziq elektr va magnit zanjirlari, o'zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari, elektrostatik maydon, o'zgarmas tokning elektr va magnit maydonlari va o'zgaruvchan elektromagnit maydonni hisoblash usullariga oid tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli darajada bo'lgan ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, har bir bob tegishli masalalar va nazorat savollari bilan to'ldirilgan.Darslik 5310200, 5310600, 5310700, 5310800, 5311000, 5311100, 5430200 ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan professor-o'qituvchilar, ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslarining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.

    Электротехниканинг назарий асосларидан масалалар тўплами

    С.Ф. Амиров

    O'quv qo'llanmada «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanining barcha qismlariga tegishli bo'lgan tayanch tushunchalar, atamalar, qisqacha nazariy ma'lumotlar, qoidalar, misol va masalalar hamda shaxsiy hisob-grafik ishlarga oid mustaqil vazifalar keltirilgan. Kitob energetika, elektrotexnika, radiotexnika, avtomatika, elektr aloqa va qishloq xo'jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'jallangan. Undan ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik hodimlar ham foydalanishlari mumkin.

    Темир йўллар электр таъминоти

    С.Ф. Амиров

    Ma'lumotnomada elektrlashgan temir yo'llar va notortuvchi iste'molchilar elektr ta'minoti, kontakt tarmog'i va tortuvchi nimstansiyalarga oid atama va tushunchalarning qisqacha mohiyati, ularda qo'llaniladigan qurilmalar, uskunalar va apparaturalar konstruksiyalari, ulanish sxemalari, qo'llanish xususiyatlari, asosiy texnik xarakteristikalari ushbu sohadagi chet el tajribasidan ma'lum darajada foydalangan holda keltirilgan. Bundan tashqari, kitobda temir yo'llar elektr ta'minotida foydalaniladigan temir yo'llar, nazariy elektrotexnika, elektr transporti, metrologiya va elektr o'lchashlarga oid atama va tushunchalarning qisqacha izohli lug'ati ham berilgan.Ma'lumotnoma 5310200 – elektr energetikasi (temir yo'l transporti) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma bo'lib, undan 5A310201 – elektr ta'minoti (temir yo'l transporti) mutaxassisligi magistrantlari, turdosh ta'lim yo'nalishlari talabalari va elektrlashgan temir yo'llar elektr ta'minoti qurilmalarini loyihalash, montaj va ekspluatatsiya qilish bilan bog'liq bo'lgan injener-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin (Guvohnoma raqami 603-018).